Kerakli jihoz va materiallar: ko‘g‘irchoqlar
uchun milliy o‘zbek libosi, qiz bola qo‘g‘irchoq, o‘g‘il bola qo‘g‘irchoq, sandiq, mavzuga oid kartochkalar, milliy o‘zbek libosiga illyustratsiyalar.
Faoliyatning borishi:
1. Milliy o‘zbek libosi namoyishi
illyustratsiyasini tomosha qilish.
2. Sandiq ichidagilarni ko‘rib chiqish (chopon,
atlas ko‘ylak, ro‘mol, salla, beqasam, adrasdan
kamzul, do‘pni, yaxtak).
3. Qiz bola uchun kiyim, o‘g‘il bola uchun kiyimni
tasniflash.
4. Qiz bola va o‘g‘il bola qo‘g‘irchoqlarini
yasantirish.
5. O‘zbek milliy musiqasini tinglash, qo‘g‘irchoqlar bilan o‘ynash.
Qo‘shimcha: bolalarning kaysi paytlarda milliy libos kiyishlari haqidagi hikoyalari.
E’tiborga molik jihati: milliy an’analarni qadrlash va e’zozlash.
DEKABR OY MAVZUSI: «QISH»
Guruh
|
Tayyorlov guruh
|
Mavzu
|
«Yangi yil nima?»
|
Muddati
|
Dekabr oyining 4-haftasi
|
Rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar
|
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
|
Turli usullar bilan yurish, tizzani baland ko‘targan holda yugurish, mayda va katta qadamlar bilan yugurish, koptokni yerga otish na ikki qo‘l bilan bir necha marta takror tutib olish malakalarini rivojlantirishda davom etish.
|
| Do'stlaringiz bilan baham: |