Январь ойи


Kerakli jihoz va materiallar


Download 6.53 Mb.
bet99/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Kerakli jihoz va materiallar: qog‘oz, akvarel bo‘yoq, guash, salfetka, oddiy qalam, yangi yil tasvirlangan rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar «Yangi yil» bayrami tasvirlangan
rasmni ko‘radilar.
2. Bolalar o‘zlarining ishlari uchun
mustaqil syujet tanlaydilar.
3. Bolalarning ijodiy faoliyati.
Qo‘shimcha: bolalar o‘zlari tanlagan syujetni
ta’riflaydilar.
E’tiborga molik jihati: o‘zlari tanlab olgan
rasmni qiziqarli tomonlarini tahlil qilish va
uni tushuntirish.
YaNVAR

OY MAVZUSI: «BOLALAR BOG‘ChASI»



Guruh

Tayyorlov guruh

Mavzu

«Qishki ko‘ngilochar o‘yinlar»

Muddati

Yanvar oyining 1-haftasi

Rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar

Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi

Safda bir qator bo‘lib yurish malakalarini mustahkamlash, signalga qarab safda juft, to‘rttadan yurish, doyra bo‘lib turish.

Ijtimoiy-xissiy rivojlanish

Yuklatilgan majburiyatlarni bajarish va faollikni oshirish.

Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari

Gai bo‘laklarini erkin va grammatik jihatdan to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatish. Berilgan so‘zlarga mos sinonim va antonimlarni topa olishga o‘rgatish.

Bilish jarayonining rivojlanishi

Atrof-olam haqidagi ma’lumotlarni mustaqil izlashga o‘rgatish. Yil fasllari va oylarni ketma-ketliqda nomlashga o‘rgatish.

Ijodiy rivojlanish

Hayotdagi ijtimoiy hodisalarni ifodalashning turli vositalarini qo‘llagan holda tasviriy ijodda aks ettirish (shakl, kolorit, kompozitsiya).

Rivojlanish markazlari

Ta’lim-tarbiyaviy faoliyat

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Resurslar, ilovalar

Erkin faoliyat

Qurish va konstruk
siyalash, matematika

Qishki qal’a

Qo‘g‘irchoq va
ayiqcha uchun qishki
maydoncha



Kubik, g‘isht va
qutilar.

Syujetli-rolli o‘yinlar va drammalash
tirish

O‘n ikki oy ertagini
sahnalashtirish

«Qishki olimpiada o‘yinlari»
syujetli-rolli o‘yinlar

Maxsus kiyim,
sport anjomlari.

Nutq va til

Qish fasli tasvirlangan rasm
asosida hikoya

Qish haqida she’r
bilan tanishish

Syujetli
rasmlar.

Fan va tabiat

Qor va muz bilan amaliy tajriba

«Qishki o‘yinlar»
ta’limiy o‘yini

Loto, o‘yinlar.

San’at markazi

Rasm: «Sehrli qish»

Loy ishi:
«Qordan
bayram
torti»

Applikatsiya: Qishki
olimpiya o‘yinlari
(jamoa ishi)

Bo‘yoq, qaychi, yelim
plastilin, rangli
qog‘oz.

Umumiy guruh bo‘lib ishlash


















YaNVAR. BIRINChI HAFTA
«Qishki ko‘ngilochar o‘yinlar»
Tayyorlov guruh
Qurish, konstruktsiyalash va
matematika markazi
Qishki qal’a
Maqsad: bolalar rasm, sxema, ijodiy yondashuv
asosida quradilar, shakllarning kattaligi va
ko‘rinishiga qarab nomlarini aytadilar, raqam
va sonlarni farqlaydilar.
Kerakli jihoz va materiallar: kubik, geometrik shakl, yog‘och va plastmassa konstruktor,
tabiat materiallari, dekorativ jihozlar
to‘plami, fotosurat va rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1. Qal’a rasmi tasvirlangan fotosurat va
rasmlarni ko‘rish chiqish.
2. Bolalar bilan qal’ani qurish rejasini
tuzish.
3. Konstruktsiyalash.
4. Qal’ani tavsiflash.
Qo‘shimcha: qal’aga nom berish. Qal’a surati
fonida bolalarni rasmga tushirish.
E’tiborga molik jihati: ijodiy tasavvurni
rivojlantirish, jamoa ishida vazifalarni
bo‘lib olish malakalarini o‘stirish.
Qurish, konstruktsiyalash va matematika
markazi
Qo‘g‘irchoq va ayiqcha uchun qishki maydoncha
Maqsad: bolalar maydonchani turli xil
konstruktsiya asosida quradilar, predmetlarni
belgilangan tartibda biriktiradilar, joy-makon tushunchalariga ega bo‘ladilar, tartib sonini biladilar, predmetlarni katta-kichikligi bo‘yicha solishtira oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: kubik,
geometrik shakl, lego, quti, o‘yinchoq, sxema, surat va rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1. «Qishki o‘yinlar», «Qishki maydoncha»
suratlarini tomosha qilish.
2. Qishki maydonchani qurish.
3. Qurilgan maydonchada Qo‘g‘irchoq va
ayiqchani o‘ynatish.
Qo‘shimcha: badiiy adabiyot namunalaridan
N.Nosovning «Sirpanchiq» hikoyasini o‘qib
berish.
E’tiborga molik jihati: qurilish namuna-
larini mustaqil tahlil qilish va eng maqbul
yechimini topish.
Syujetli-rolli o‘yinlar va
sahnalashtirish markazi
«O‘n ikki oy» ertagini sahnalashtirish
Maqsad: bolalar «O‘n ikki oy» ertagi asosida
sahnalashtirilgan o‘yinni, qaxramonlarning
fe’l-atvorini tushunadilar, kompozitsiyaning
asosiy xususiyatlarini ilg‘ab oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: o‘n ikki oyning o‘ziga xos bo‘lgan kiyimi; sun’iy archa, o‘rmonni aks ettiruvchi yo‘lak va ochiq maydon, gulxan (bolalar bop), ertak mazmuni aks etgan surat, savatcha va boychechaklar.
Faoliyatning borishi:
1. Ertak asosidagi suratlar mazmuni bilan
tanishish, oylar soni va ularning nomlarini
so‘rash.
2. Sahnalashtirish uchun syujet tanlash.
3. Rollarni taqsimlash.
4. Ertak ijrosini tahlil qilish.
Qo‘shimcha: «O‘n ikki oy» multfilmini
ko‘rsatish.
E’tiborga molik jihati: syujetli-rolli
o‘yin orqali ezgulik va yomonlikni, do‘stona
munosabatlar, hamkorlikni tushunish.
Syujetli-rolli o‘yinlar va
sahnalashtirish markazi
«Qishki olimpiya o‘yinlari»
syujetli-rolli o‘yinlar
Maqsad: bolalar zamonaviy olimpiya o‘yinlari
haqida tasavvurga ega bo‘ladilar, olimpiya
umuminsoniy madaniyatning bir qismi sifatida
ekanligini biladilar, har xil sport turlariga
qiziqish bildiradilar.
Kerakli jihoz va materiallar: qishki
olimpiada o‘yinlariga xos bo‘lgan jihoz, sport
kiyimlari, O‘zbekiston va olimpiada bayroqlari, mavzuga mos bo‘lgan suratlar.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling