Faoliyatning borishi:
1. Bolalarning qish haqida yozilgan
asarlarni ko‘rib chiqish.
2. Kitobning muqovasidan muallifini,
kitobning nomini o‘qiy olish.
3. Tarbiyachi yordamida qish haqidagi
she’rni yod olish.
Qo‘shimcha: bolalar bilan yozuvchi va shoirlar
haqida suhbatlashish.
E’tiborga molik jihati: she’riy asarlarga
ijobiy munosabat bildirilishi.
Fan va tabiat markazi
Muz va qor bilan amaliy tajriba
Maqsad: bolalar qor va muzning fizik
xususiyatlarini biladilar, amaliy tajriba
o‘tkazib xulosalar chiqaradilar.
Kerakli jihoz va materiallar: ikkita stakan
(biri qor, ikkinchisi muz bilan to‘ldirilgan),
qor va muz aks etgan suratlar, rangli qog‘ozlar
(kul rang, oq va ko‘k rangdagi), kish ajoyibotlari aks etgan suratlar, bo‘yoq va mo‘yqalam.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalarning qor va muz haqida
topishmoqlarni tinglashlari.
2. Qor va muz bilan to‘ldirilgan stakanlarni tomosha qilish. Rangi va shaffofligini aniqlash.
3. Paypaslab ko‘rib qattiq va yumshoqligini
aniqlash.
4. Haroratning ta’sirini aniqlash.
Qo‘shimcha: sayr paytida qorda tayoqcha bilan rasm
chizishni taklif qilish.
E’tiborga molik jihati: bolalarning bilish
faoliyatini rivojlantirish.
Fan va tabiat markazi
Qishki o‘yinlar
Maqsad: bolalar sportning qishki turlari haqida tasavvur hosil qiladilar, sport jihozlarining ahamiyatini biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: sportning
qishki turlari va sport jihozlari aks etgan
belgili yirik (topishmoqli) va kesma kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalarga kesma kartochkalar taklif
etiladi. Qishki sport turi aks etgan kartochkani
to‘g‘ri tuzish.
2. Bolalarga qishki sport turi aks etgan
kartochkalar taklif etiladi. Ushbu sport turiga
mos bo‘lgan sport jihozi aks etgan kartochkani
tanlash.
3. Bolalarning sport turlari aks etgan
kartochkalarni olib, unda qanday sport turi aks
etganligini so‘zsiz ko‘rsatib berish.
Qo‘shimcha: bolalar bilan qish va uning
ajoyibotlari, qishki sport turlari haqida
suhbatlashish, shu mazmundagi illyustratsiyali
suratlarni ko‘rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |