«Rasmlarni mazmuniga ko‘ra qo‘yib chiq»
ta’limiy o‘yini
Maqsad: bolalarning bog‘lanishli nutqlari
rivojlanadi, so‘zlarni gapda o‘z o‘rnida qo‘llay
oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: syujetli
rasmlar, rasm syujeti bo‘yicha turli buyumlar
tasvirlangan kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
1. Syujetli rasmlarni tomosha qilish.
2. Mazmuniga ko‘ra rasm syujetiga mos
bo‘lgan kartochkalarni tanlash.
3. Kartochkalarni almashtirish, 3 tadan
kartochka olish.
4. Rasmda tasvirlangan so‘zlardan foydalanib
gap tuzish.
Qo‘shimcha: tarbiyachi bolalarga jamoa bo‘lib, 3-5
kartochka asosida hikoya yoki ertak tuzishni taklif qilishi mumkin.
E’tiborga molik jihati: ko‘rgazmali-obrazli
va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish.
Fan va tabiat markazi
Tabiiy qoraqayrag‘och daraxtining shoxi
va gulidan hosil bo‘lgan guldastani ko‘zdan
kechirish (rang, hid, taktil idrokni
tekshirish)
Maqsad: bolalar ignabargli daraxt namunalari
qoraqarag‘ay, qarag‘ay bilan tanishadilar, ularni
ignabarglari va g‘uddasini taqqoslash orqali
xulosalar chiqarishga o‘rganadilar, ahamiyatli
tomonlarini biladilar, tabiatga bo‘lgan mehr,
uni asrab avaylash, himoya qilish his-tuyg‘ulari
tarbiyalanadi.
Kerakli jihoz va materiallar: qoraqarag‘ay,
qarag‘ay tasvirlangan rasmlar, ularning shoxlari, g‘uddalari, qarag‘ay moyi.
Faoliyatning borishi:
1. Qoraqarag‘ay, qarag‘ay tasvirlangan
rasm, so‘ng shoxlarini kuzatish, ularni o‘xshash
va farqli tomonlarini aniqlash (qoraqarag‘ay-
ignalari kalta, qarag‘ay-ignalari uzun).
2. Qoraqarag‘ay va qarag‘ay g‘uddalarini
o‘zaro taqqoslash.
3. Ignabargli daraxtlarning foydali
xususiyatlari bilan tanishish.
4. «Bu nima?» ta’limiy o‘yin (taktil
idrokni tekshirish).
Qo‘shimcha: bolalarga qarag‘ay g‘uddasidan o‘yinchoqlar yasashni taklif qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |