Январь ойи


Kerakli jihoz va materiallar


Download 6.53 Mb.
bet118/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Kerakli jihoz va materiallar: mavzuga oid
suratlar.
Faoliyatning borishi:
1. Mavzuga oid rasmlarni ko‘rib chiqib
ijobiy xatti-harakatlar aks etganlarini tanlash.
2. Ertak qahramonlari va ularning xatti-
xarakatlarini eslash.
3. «Qiziqarli kartochkalar» ta’limiy
o‘yini. Kartochkalarda Berilgan vaziyat bo‘yicha
imkon qadar ko‘proq «sehrli» so‘zlarni ishlatish.
4. Xushmuomalalikning«oltin» qoidalari.
Taklif qilinayotgan kartochkalardan «oltin
qoidalar» ni tanlash va doskaga joylash. Oltin
qoidalar aks etgan kartochkalar namunalari:
1. Doim salomlashish.
2. Xushmuomalali bo‘lish.
3. O‘yinchoqlarni do‘stlari bilan bo‘lishish.
4. Agar xafa qilsa, uzr so‘rash.
5. Boshqalarni hurmat qilish va h.k.
Qo‘shimcha qism: tarbiyachi rahbarligida
M.Rasulevaning «Sehrli so‘z» asarini o‘qish.
E’tiborga molik jihati: yaxshi xulq va
xush muomalalik.
Fan va tabiat markazi
«Qushlarni parvarishlaymiz»
Maqsad: bolalar qushlarning hayot tarzi,
ishash muhiti, ularning tashqi ko‘rinishidagi
unga xosligi, o‘zini tutishi, muhitga
moslashishi haqidagi bilim va tasavvurlarini
kengaytiradilar, tabiatni asrab-avaylash, unga
zarar etkazmaslikka amal qiladilar, suratlar
asosida hikoya qilib beradilar.
Kerakli jihoz va materiallar: qushlar
rasmlari, don, donxo‘rak, qafas, videoroliklar.
Faoliyatning borishi:
I. Qushlar tasvirlangan kartochkalarni
tomosha qilish, qushlarni eslash, yangi qush bilan
tanishish, suratdagi qushlarni taqqoslash.
2. «Qushlar» ta’limiy o‘yini.
3. Insonlarning qushlarga mehr-muruvvat
ko‘rsatayotganligi aks ettirilgan suratlarni
tomosha qilish. Suratlar asosida hikoya tuzish.
Qo‘shimcha qism: so‘z boyligi, boglanishli
nutqni rivojlantirish, o‘z atrofidagi qushlarni kuzatish, suratlarni tomosha qilish, ijodiy hikoyalarni tuzish.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling