Rivojlanish markazlari
|
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar, ilovalar
|
Erkin faoliyat
|
Qurish va konstruk
siyalash, matematika
|
Qog‘ozdan yasash: «Ezgu
ishlar yelpig‘ichi»
|
Do‘stlarimiz uchun uy quramiz
|
Konstruktor, mozaika, quti, legolar.
|
Syujetli-rolli o‘yinlar va drammalash
tirish
|
«Ikki qizg‘anchiq
ayiqcha» qo‘g‘irchoq
teatrini
sahnalashtirish
|
«Avtobusda sayohat» syujetli-
rolli o‘yin
|
«Kichik teatr»,
«Avtobusda», «Teatrda»
syujetli-rolli
o‘yinlar to‘plami.
|
Nutq va til
|
«Nima yaxshi-yu, nima yomon?» so‘z o‘yini
|
Suhbat: «Yaxshi
xulq», «Ezgu so‘z»
|
«Teskari» mavzusidagi
rasmlar.
|
Fan va tabiat
|
Qushlarni parvarishlaymiz
|
«Mehr ulash»
ta’limiy o‘yin
|
Hayvonlar uchun
ozuqa.
|
San’at markazi
|
Rasm: «Ezgulik daraxti»
|
Loy ishi:
«Choyga
marhamat»
|
Applikatsiya:
Do‘stim uchun
tabriknoma
|
Kerakli
anjomlar.
|
Umumiy guruh bo‘lib ishlash
|
|
|
|
|
|
YaNVAR. TO‘RTINChI HAFTA «XUShMUOMALALIK ALIFBOSI»
Tayyorlov guruh
Qurish, konstruktsiyalash va
matematika markazi
Qog‘ozdan yasash: «Ezgu ishlar yelpig‘ichi»
Maqsad: bolalar qog‘oz
va qaychi bilan ishlashni,
qog‘ozni teng yarmiga, bir necha bor ketma-ketlikda buklashni biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: ezgu ishlar
yozilgan yelpig‘ich qismlari, tayyor yelpig‘ich shakli.
Faoliyatning borishi:
1. Yelpig‘ich tayyorlash yo‘riqnomasini
ko‘rish.
2. Bolalar o‘zining yelpig‘ichi
uchun ezgu
ishlar yozilgan qismni tanlaydilar.
3. Yelpig‘ichni tayyorlash.
Qo‘shimcha qism: bolalarning lug‘atini
faollashtirish va boyitish.
E’tiborga molik jihati: fikrlash doirasini
kengaytirish.
Syujetli-rolli o‘yinlar va
sahnalashtirish markazi
«Ikki qizganchiq ayiqcha» Qo‘g‘irchoq
teatrini sahnalashtirish
Maqsad: bolalar asarning nomi va uning
mazmunini
biladilar, nom va mazmunning
uygunligini ko‘ra oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: o‘rmon aks etgan shirma, ikki ayiqcha,
ona ayiq, tulki, pishloq bo‘laklari, har xil rangdagi geometrik shakllar chizilgan teatr chiptasi (shu shakllar stullarga ham chiziladi).
Faoliyatning borishi:
1. Ertak syujetini esga olish.
2. Rollarni taqsimlash va qo‘g‘irchoq
teatrini sahnalashtirish.
Qo‘shimcha qism: sahnalashtirilgan ertakni
boshqa guruh bolalariga namoyish etish.
E’tiborga molik jihati: bir-biriga do‘stona
munosabatda bo‘lish, bo‘lishish va imkon berishga
o‘rgatish.
Syujetli-rolli o‘yinlar va
sahnalashtirish markazi
«Avtobusda sayohat» syujetli-rolli o‘yin
Maqsad: bolalar jamoa bilan o‘ynash, aniq
bir
rolni bajarish, yo‘l harakati qoidalari va
transport turlarini biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: stullardan
avtobus, haydovchi uchun joy va bosh kiyim,
chiptalar sumkasi,
chiptalar, oq, qizil, sariq va
ko‘k rangdagi kapalaklar.
Faoliyatning borishi:
1. Rollarni taqsimlash.
2. Syujetli-rolli o‘yin jarayoni:
«Mustaqillik» bekati: «Gullarni yig‘ib ol!»
syujetli o‘yini. Bolalar avtobusdan tushib
gullarni savatchaga teradilar.
«Xalqlar do‘stligi» bekati: «Qushga aylan»
harakatli o‘yini. Boshlovchi: «Bir, ikki, uch,
o‘z atrofingda aylanib qushga aylan! (chumchuq -
bolalar chumchuqning yurishiga, ovoziga, harakatiga taqlid qiladilar, keyin qaldirg‘och, turnaga).
Do'stlaringiz bilan baham: