Январь ойи


Download 6.53 Mb.
bet124/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Loy ishi: «Toychoq»
Maqsad: bolalar toychoq yasashni o‘rganadilar,
pila ilinning butun qismidan foydalanadilar,
o‘z ishiiing natijasini ko‘ra oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: toychoq
namuiasi, loy, taxtachalar, steklar, salfetka.
Faoliyatning borishi:
1. Toychoqning tanasi va shaklini tomosha
qilish.
2. Loy ishini kombinatsion usulda amalga
oshirish.
3. Bolalarni ishga ijodiy yondashuvi.
4. Ishlar ko‘rgazmasi.
Qo‘shimcha qism: barmoqlar mashqi:
Mana mening yordamchilarim,
Ularni har xil bukaman.
Silliq va oppoq yo‘llarda,
Toychoqlar kabi chopqillar.
Taqa-taq, taqa-taq,
Chopqillar uchqur uyur.
(Bolalar stol atrofida stulda o‘tiribdilar,
qo‘llar stol ustida. Navbat bilan o‘ng va chap
qo‘llar va barmoqlar harakatlantiriladi)
E’tiborga molik jihati: loy bilan ishlash,
tasavvurni rivojlantirish, hayot xavfsizligi
asoslari.
San’at markazi
Rasm chizish: «Tulporni bo‘ya!»
Maqsad: bolalar amaliy san’at, bezash usuli
bilan tanishadilar, Hamro buvining o‘ziga
xos yorqin o‘yinchoqlari haqida tasavvur hosil
qiladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: Hamro buvining o‘yinchoq toychasi, bo‘yoq, paxtali tayoqchalar, sochiqchalar.
Faoliyatning borishi:
1. Toychoqni oq rangga bo‘yab olish.
2. Bezak elementlarini o‘ylab topish.
3. Ishni tugatish.
4. Bolalar ishlarining ko‘rgazmasi.
Qo‘shimcha qism: loydan yasalgan, naqshinkor
bezalgan o‘yinchoqlarni tomosha qilish (bolalar
musiqa sadolari ostida rasm chizadilar).
E’tiborga molik jihati: ijodkorlik qo-
biliyatlarini, mustaqil ijod eta olish malakalarini shakllantirish.
Fan va tabiat markazi
«Zilzilada o‘zini tutish» (amaliy tajriba)
Maqsad: bolalarning bilish faoliyati
rivojlanadi va tezkor xulosa chiqarishga
o‘rganadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: qurilish
xomashyolari, qurilgan bino turishi uchun
platforma, baland binolar aks etgan suratlar.
Faoliyatning borishi:
1. Tarbiyachi zilzila haqida hikoya qilib
beradi.
2. Inshootlarni qurish.
3. Binoni chidamlilikka tekshirish (turli
uch bilan).
Qo‘shimcha qism: zilzila vaqtida o‘zini tutish
qoidalarini mustahkamlash.
E’tiborga molik jihati: bolalarning bilish
faoliyatini rivojlantirish, hayot havfsizligi
asoslari.
Fan va tabiat markazi

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling