Guruh
|
Tayyorlov guruh
|
Mavzu
|
«O‘zbekistonning buyuk arboblari»
|
Muddati
|
Fevral oyining 3-haftasi
|
Rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar
|
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
|
Bolalarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish: umumiy chidamlilik, tezkorlik, kuchlilik, muvozanat saqlash, egiluvchanlik. Jismoniy takomillashtirish, faol harakat tartibini anglangan ehtiyojga ko‘ra shakllantirish.
|
Ijtimoiy-xissiy rivojlanish
|
Hayotda va jamiyatda o‘zini to‘g‘ri tutish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish. Fe’l-atvorida ijobiy xislatlarni shakllanishiga ko‘maklashish (e’tiborli bo‘lish, beg‘araz yordam berish).
|
Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari
|
So‘z boyligini kengaytirishda buyumlarning nomlari, sifati, harakati bilan lug‘atni faollashtirish. Narsalarning xususiyatlari, sifatini ta’riflashda mos so‘zlarni qo‘llashni, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar (antonim) ni topishni o‘rgatish.
|
|