FEVRAL. IKKINChI HAFTA
«DUNYo MAMLAKATLARI»
Qurish, konstruktsiyalash va
matematika
markazi
Qog‘ozdan samolyot yasash
Maqsad: bolalar samolyot turlari va uning
ahamiyatini biladilar, chizma bo‘yicha
ishlash
ko‘nikmalarishakllanadi,mayda qo‘lmotorikalari rivojlanadi.
Kerakli jihoz va materiallar: A4 hajmdagi
qog‘oz, samolyotni yasash algoritmi.
Faoliyatning borishi:
1. Samolyot haqida topishmoq.
2. Samolyot qushdan nimasi bilan farq
qiladi? Suhbat.
3. Samolyotni yasash algoritmi bo‘yicha
tarbiyachi ko‘rsatmasi.
4. Samolyot yasashni mustaqil bajarish.
5. Samolyotni uchirib ko‘rish.
Qo‘shimcha qism: bolalardan o‘zlarining
samolyotlarida qayerga uchishni xohlashlarini
so‘rash.
E’tiborga molik jihati: jamoa bo‘lib ishlash, mas’uliyat hissini tarbiyalash.
Qurish, konstruktsiyalash va
matematika markazi
Eyfel minorasini konstruktsiyalash
Maqsad: bolalar surat va chizmaga qarab, shaxsiy
fikrlariga asoslanib minorani quradilar,
shakllar katta kichikligini ajratadilar, raqam
va hisoblashni biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar:
kubiklar,
geometrik shakllar, yog‘och va yelim konstruktorlar yig‘masi, tabiiy xomashyolar, bezash uchun to‘plam,
suratlar, AKT.
Faoliyatning borishi:
1. Eyfel minorasi aks etgan suratlarni
tomosha qilish.
2. Bolalar bilan qurilishni rejalashtirish.
3. Konstruktsiyalash ishlari.
4. Bolalarning ishlarini muhokama qilish
va rag‘batlantirish.
Qo‘shimcha qism: videofilm qo‘yib berish.
E’tiborga molik jihati: ijodiy tasavvurni
rivojlantirish,
vazifalarni taqsimlash, jamoa
ishida o‘z o‘rnini topish. Hayot xavfsizligi
asoslari.
Syujetli-rolli o‘yinlar va
sahnalashtirish markazi
Alisher Navoiyning «Non isi» rivoyati
bo‘yicha sahnalashtirish
Maqsad: bolalar «Non isi» rivoyatini
sahnalashtirishda qahramonlar xarakterini
tushunadilar, kompozitsiyaning o‘ziga
xosligini
his qiladilar, mustaqil harakat qiladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: qahramon-
larning kiyimlari, patqalam, siyoxdon,
xontaxta, dasturxon, gullar, atir, qalampir, dehqon uchun
belkurak, suvdon, non.
Faoliyatning borishi:
1. «Non isi» rivoyatini eslash.
2. Sahnalashtirish uchun syujet yaratish.
3. Rollarni taqsimlash. Ijro
4. Tahlil qilish.
Qo‘shimcha qism: Alisher Navoiyning «Non isi» rivoyatini audioyozuv orqali o‘qib eshittirish.
E’tiborga molik jihati: sahnalashtirishda
hamkorlarga do‘stona munosabatda bo‘lish.
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi
«Qo‘lqop» teatro‘ (bolalar tanloviga ko‘ra)
Maqsad: bolalarda teatrlashtirilgan o‘yinga
qiziqish uyg‘onadi, ertakni mazmuniga mos ketma-ketlikda sahnalashtiradilar. Teatr turlarini biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: qo‘lqop (paxmoq, stol, soya) teatri qo‘g‘irchoqlari.
Faoliyatning borishi:
1. Ertakni syujetini eslash.
2. Sahnalashtirilgan o‘yin uchun syujegni
yaratish.
3. Rollarni taqsimlash.
4. Ertak mazmuni tahlili.
Do'stlaringiz bilan baham: