Sabzi ekish (amaliy tajriba)
Maqsad: bolalar sabzining urug‘dan chiqishi,
odamlar uchun foydali jihatlarini, ketma-ketlik bo‘yicha harakatlanishni biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: fermerdan
xati bilan posilka, sabzi urug‘lari, bolalarni
guruhlarga ajratish uchun kartochkalar, stol uchun
kleyonka, turli xildagi sabzi rasmlari aks etgan
kartochkalar, uchta belkurak, uchta leyka, uchta stol
artish uchun sochiqcha, fartuklar, sabzi ekish uchun
joy.
Faoliyatning borishi:
1. Tabiat burchagida suhbat o‘tkazish.
O‘simliklarni o‘sishi uchun nima Kerak?
2. Muammoli vaziyatni yuzaga keltirish.
3. Tajriba o‘tkazish algoritmi muhokamasi,
Kerakli ashyolarni aniqlashtirish.
5. Mustaqil ishlash.
6. Sabzining o‘sishini kuzatish yuzasidan
kundalik tutish.
7. Fermer xo‘jaligi uchun qilingan ishlar
yuzasidan suratlar
Qo‘shimcha qism: sabzi qayerdan kelganligini,
sabzini ekish (urug‘, ko‘chat orqali) haqida hikoya
qilib berish.
E’tiborga molik jihati: Kerakli ma’lu-
motlarni mustaqil izlab topish va tahlil qilish, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida faoliyatni to‘g‘ri rejalashtirish.
Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish markazi
Shaharning diqqatga sazovor joylari aks
etgan suratlar asosida hikoya tuzish
Maqsad: bolalar o‘z shahrini illyustratsiyalar
orqali taniydilar, shaharning diqqatga sazovar
joylarini, qo‘shni davlatlarning poytaxtlarini
biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: qo‘shni
mamlakatlarning diqqatga sazovor joylari aks
etgan illyustratsiyalar.
Faoliyatning borishi:
1. Shaharning diqqatga sazovor joylarini
tomosha qilish.
2. Mazmunga oid suratlar ga gaplar tuzish.
3. Qisqa hikoya tuzish.
4. «Shaharlarga sening munosabating»
mavzusida suhbat o‘tkazish.
Qo‘shimcha qism: bolalarning muloqot malakalari va do‘stona munosabatda bo‘lish malakalarini shakllantirish.
E’tiborga molik jihati: so‘zlarni, bo‘g‘inlarni
to‘g‘ri talaffuz qilish, tayanch so‘zlar asosida gap
tuzish.
Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |