Kerakli jihoz va materiallar: plastilin,
steklar, yog‘ochlar, taxtachalar, sochiqlar.
Faoliyatning borishi:
1. Inson shaklini hosil qilish uchun nima
qilish Kerakligini aniqlab olish.
2. Qanday usullarni qo‘llashni bilish
(yoyish, dumaloqlash, ezish, chimdilash, uzib olish,
kesib olish, tekislash, cho‘zish, silliqlash, ulash,
yog‘och bilan o‘yish).
3. Tayyor namunalarni ko‘rish. Tayyorlangan
insonning tana qismlarini birlashtirib
mustahkamlash.
4. Bolalarning ijodiy ishlari.
5. Bolalar ishlarini muhokama qilish va
rag‘batlantirish.
Qo‘shimcha qism: mavzuga oid qo‘shiqni tinglash.
E’tiborga molik jihati: bolalarni ijodiy
qobiliyatlarini va loy ishi texnikasini qo‘llash
malakalarini rivojlantirish.
San’at markazi
Rasm: «Milliy naqshlar»
Maqsad: bolalar turli millatlarning naqsh
namunalari bilan tanishadilar, o‘yinchoklarning
nomini biladilar, bo‘yashning noan’anaviy
usullarni qo‘llagan holda tasvirni qog‘ozga
tushiradilar, naqshni geometrik shakllarini
qo‘llaydilar (doyra, to‘g‘ri va to‘lqinsimon
chiziqlar, to‘rtburchak, nuqtalar).
Kerakli jihoz va materiallar: bo‘yash daftari, bo‘yoq, mo‘yqalam, suv uchun idish, qog‘oz, sochiqcha, paxtali tayoqchalar, qora qalam, suratlar.
Faoliyatning borishi:
1. Naqsh tushunchasi, uning turlari haqida
suhbat va taqdimot.
2. Naqsh chizish ketma-ketligini chizmalarda
tanishib chiqish.
3. Mustaqil ishlash.
4. Jismoniy daqiqa.
5. Ishlar ko‘rgazmasi, xulosa qilish.
Qo‘shimcha qism: turli millatga mansub
naqsh namunalarini tomosha qilish, o‘xshash
jihatlarini aniqlash, farqlarini topish.
E’tiborga molik jihati: bolalar didini
shakllantirish, rang va naqsh bezaklarining
hamohangligini his etish, xalq amaliy
san’atini chuqurroq his qilishni o‘rgatish, boshqa malakatlarning xalq amaliy san’atiga nisbatan hurmatni tarbiyalash, bolalarga o‘zlarini xalq ustalaridek tutish imkoniyatini berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |