Январь ойи


Download 6.53 Mb.
bet129/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Qo‘shimcha qism: ertak asosida yaratilgan
multfilmni ko‘rish.
E’tiborga molik jihati: bolalarning
tasavvurlarini rivojlantirish, o‘yin jarayonida do‘stona munosabatda bo‘lish, xalq og‘zaki ijodi orqali bolalarning tasavvuri, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishga imkon yaratish, aktyorlik mahoratini tarbiyalash.
Fan va tabiat markazi
Un olish maqsadida donni yanchish (amaliy ish)
Maqsad: bolalar Berilgan vazifani mustaqil
yechadilar, xulosa chiqaradilar, muloqotga
kirishadilar, mantiqiy fikrlaydilar, kattalar
mehnatini qadrlashga o‘rganadilar, bug‘doyni
etishtirish usullari bilan tinishadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: bug‘doy boshog‘i, kofe maydalagich, qoshiq, 2 xaltachada don.
Faoliyatning borishi:
1. Non haqidagi maqollarni yodga solish.
2. Bug‘doyni boshoqtsan ajratish.
3. 1-tajriba: bug‘doyni kofe maydalagichda
yanchish.
4. 2-tajriba: bir xaltachaga unni,
ikkinchisiga esa bug‘doyni solish. Aralashtirish,
paypaslab ko‘rib qaysi birida un, qaysi birida
don borligini aniqlash? Qanday topilganini
muhokama qilish.
5. Mayda va yirik yanchilgan donni
ajratish.
Qo‘shimcha qism: tegirmon aks etgan suratlarni
tomosha qilish.
E’tiborga molik jihati: markazda ishlash chog‘ida xavfsizlik qoidalariga rioya etish.
Fan va tabiat markazi
Elektr haqida tushuncha (amaliy tajriba)
Maqsad: bolalar insonlar hayotida elektr
tokining o‘rni va ahamiyati, elektr tokidan
noto‘g‘ri foydalanish oqibatlarini tushunadilar, elektr bilan o‘tkaziladigan tajribalarga qiziqadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: plastmassa
chizg‘ich, rangli toshlar, jun mato, pufakcha (shar),
qog‘oz parchasi va yaltiroq qog‘oz (folga). AKT.
Faoliyatning borishi:
1. Elektr toki haqida slaydlar tomosha
qilish.
2. 1-tajriba: chizg‘ichni jun matoga ishqalab, qog‘oz parchalariga yaqinlashtirish.
2-tajriba: «Shiftdagi pufakcha». Havo
to‘ldirilgan pufakchani sochga yoki jun matoga
ishqalash.
3-tajriba: «Raqsga tushuvchi buyum».
Ruchkani jun matoga ishqalash va yaltiroq qog‘oz
(folga)ga yaqinlashtirib yengil harakatlantirish
Kerak, natijada yaltiroq qog‘oz qimirlay (o‘ynay)
boshlaydi.
3. Xulosa chiqarish.
Qo‘shimcha qism: mavzuga oida multfilm ko‘rish.
E’tiborga molik jihati: diqqatni rivojlantirish va ilmga ishtiyoq uyg‘otish.
Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish markazi

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling