Январь ойи
Download 6.53 Mb.
|
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Un olish maqsadida donni yanchish (amaliy ish)
- Kerakli jihoz va materiallar
- Qo‘shimcha qism
Qo‘shimcha qism: ertak asosida yaratilgan
multfilmni ko‘rish. E’tiborga molik jihati: bolalarning tasavvurlarini rivojlantirish, o‘yin jarayonida do‘stona munosabatda bo‘lish, xalq og‘zaki ijodi orqali bolalarning tasavvuri, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishga imkon yaratish, aktyorlik mahoratini tarbiyalash. Fan va tabiat markazi Un olish maqsadida donni yanchish (amaliy ish) Maqsad: bolalar Berilgan vazifani mustaqil yechadilar, xulosa chiqaradilar, muloqotga kirishadilar, mantiqiy fikrlaydilar, kattalar mehnatini qadrlashga o‘rganadilar, bug‘doyni etishtirish usullari bilan tinishadilar. Kerakli jihoz va materiallar: bug‘doy boshog‘i, kofe maydalagich, qoshiq, 2 xaltachada don. Faoliyatning borishi: 1. Non haqidagi maqollarni yodga solish. 2. Bug‘doyni boshoqtsan ajratish. 3. 1-tajriba: bug‘doyni kofe maydalagichda yanchish. 4. 2-tajriba: bir xaltachaga unni, ikkinchisiga esa bug‘doyni solish. Aralashtirish, paypaslab ko‘rib qaysi birida un, qaysi birida don borligini aniqlash? Qanday topilganini muhokama qilish. 5. Mayda va yirik yanchilgan donni ajratish. Qo‘shimcha qism: tegirmon aks etgan suratlarni tomosha qilish. E’tiborga molik jihati: markazda ishlash chog‘ida xavfsizlik qoidalariga rioya etish. Fan va tabiat markazi Elektr haqida tushuncha (amaliy tajriba) Maqsad: bolalar insonlar hayotida elektr tokining o‘rni va ahamiyati, elektr tokidan noto‘g‘ri foydalanish oqibatlarini tushunadilar, elektr bilan o‘tkaziladigan tajribalarga qiziqadilar. Kerakli jihoz va materiallar: plastmassa chizg‘ich, rangli toshlar, jun mato, pufakcha (shar), qog‘oz parchasi va yaltiroq qog‘oz (folga). AKT. Faoliyatning borishi: 1. Elektr toki haqida slaydlar tomosha qilish. 2. 1-tajriba: chizg‘ichni jun matoga ishqalab, qog‘oz parchalariga yaqinlashtirish. 2-tajriba: «Shiftdagi pufakcha». Havo to‘ldirilgan pufakchani sochga yoki jun matoga ishqalash. 3-tajriba: «Raqsga tushuvchi buyum». Ruchkani jun matoga ishqalash va yaltiroq qog‘oz (folga)ga yaqinlashtirib yengil harakatlantirish Kerak, natijada yaltiroq qog‘oz qimirlay (o‘ynay) boshlaydi. 3. Xulosa chiqarish. Qo‘shimcha qism: mavzuga oida multfilm ko‘rish. E’tiborga molik jihati: diqqatni rivojlantirish va ilmga ishtiyoq uyg‘otish. Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish markazi Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling