Январь ойи
Download 6.53 Mb.
|
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm chizish: «Tulporni bo‘ya!»
- «Zilzilada o‘zini tutish» (amaliy tajriba)
Loy ishi: «Toychoq»
Maqsad: bolalar toychoq yasashni o‘rganadilar, pila ilinning butun qismidan foydalanadilar, o‘z ishiiing natijasini ko‘ra oladilar. Kerakli jihoz va materiallar: toychoq namuiasi, loy, taxtachalar, steklar, salfetka. Faoliyatning borishi: 1. Toychoqning tanasi va shaklini tomosha qilish. 2. Loy ishini kombinatsion usulda amalga oshirish. 3. Bolalarni ishga ijodiy yondashuvi. 4. Ishlar ko‘rgazmasi. Qo‘shimcha qism: barmoqlar mashqi: Mana mening yordamchilarim, Ularni har xil bukaman. Silliq va oppoq yo‘llarda, Toychoqlar kabi chopqillar. Taqa-taq, taqa-taq, Chopqillar uchqur uyur. (Bolalar stol atrofida stulda o‘tiribdilar, qo‘llar stol ustida. Navbat bilan o‘ng va chap qo‘llar va barmoqlar harakatlantiriladi) E’tiborga molik jihati: loy bilan ishlash, tasavvurni rivojlantirish, hayot xavfsizligi asoslari. San’at markazi Rasm chizish: «Tulporni bo‘ya!» Maqsad: bolalar amaliy san’at, bezash usuli bilan tanishadilar, Hamro buvining o‘ziga xos yorqin o‘yinchoqlari haqida tasavvur hosil qiladilar. Kerakli jihoz va materiallar: Hamro buvining o‘yinchoq toychasi, bo‘yoq, paxtali tayoqchalar, sochiqchalar. Faoliyatning borishi: 1. Toychoqni oq rangga bo‘yab olish. 2. Bezak elementlarini o‘ylab topish. 3. Ishni tugatish. 4. Bolalar ishlarining ko‘rgazmasi. Qo‘shimcha qism: loydan yasalgan, naqshinkor bezalgan o‘yinchoqlarni tomosha qilish (bolalar musiqa sadolari ostida rasm chizadilar). E’tiborga molik jihati: ijodkorlik qo- biliyatlarini, mustaqil ijod eta olish malakalarini shakllantirish. Fan va tabiat markazi «Zilzilada o‘zini tutish» (amaliy tajriba) Maqsad: bolalarning bilish faoliyati rivojlanadi va tezkor xulosa chiqarishga o‘rganadilar. Kerakli jihoz va materiallar: qurilish xomashyolari, qurilgan bino turishi uchun platforma, baland binolar aks etgan suratlar. Faoliyatning borishi: 1. Tarbiyachi zilzila haqida hikoya qilib beradi. 2. Inshootlarni qurish. 3. Binoni chidamlilikka tekshirish (turli uch bilan). Qo‘shimcha qism: zilzila vaqtida o‘zini tutish qoidalarini mustahkamlash. E’tiborga molik jihati: bolalarning bilish faoliyatini rivojlantirish, hayot havfsizligi asoslari. Fan va tabiat markazi Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling