Январь ойи


Loy ishi: «Choyga marhamat» (jamoa ishi)


Download 6.53 Mb.
bet120/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Loy ishi: «Choyga marhamat» (jamoa ishi)
Maqsad: bolalar plastilindan qo‘g‘irchoqlar uchun choynak va piyola yasaydilar, jamoa bo‘lib ishlay oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: chizma,
plastilin, taxtakach, stek, salfetka, idishni
bezash uchun turli xildagi ashyolar.
Faoliyatning borishi:
1. Tarbiyachi bilan birgalikda M.Nuriddinovaning «Choyga marhamat» she’rini o‘qish.
Keling do‘stlar, choyga marhamat,
Birgalikda chaqchaqlashaylik.
So‘ng aytib sizga katta rahmat,
Kulib, dildan inoqlashaylik.
2. Qo‘g‘irchoq uchun choynak va piyola yasash.
Qo‘shimcha qism: choynak va piyolani munchoqlar
bilan bezatish.
E’tiborga molik jihati: mayda motorikani
rivojlantirish, ko‘z bilan chamalash.
San’at markazi
Applikatsiya: «Do‘stim uchun tabriknoma»
Maqsad: bolalar mustaqil holda tabriknoma
tayyorlaydilar.
Kerakli jihoz va materiallar: ishni bosqichma-bosqich bajarish bo‘yicha yo‘riqnoma, rangli karton, rangli qog‘oz, qaychi, yelim, mo‘yqalam, salfetka, bo‘yoq, kleyonka.
Faoliyatning borishi:
1. Kompozitsiyani tanlash.
2. Ishni sxema asosida bosqichma-bosqich
bajarish (tarbiyachining tanlovi asosida
namunalar har xil bo‘lishi mumkin).
3. Tayyor ishlar muhokamasi va
rag‘batlantirish
Qo‘shimcha qism: bolalarga o‘zlarining tabriknomasini o‘ylab topish taklifini berish.
E’tiborga molik jihati: bolaning ijodiy
layoqati va rang tanlash qobiliyatini
rivojlantirish

FEVRAL OY MAVZUSI: «AJIB DUNYO»



Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling