E’tiborga molik jihati: jonzotga yaxshi
munosabatda bo‘lish, qiziquvchanlikni oshirish,
tabiatni yaqindan bilishga intilish.
Fan va tabiat markazi
«Mehrulash» ta’limiy o‘yini
Maqsad: bolalar xushmuomalali bo‘lish, ijobiy
va salbiy ertak qahramonlari, ularning yaxshi
xatti-harakatlarini tahlil qilib, «ezgu ishlar
pog‘onalari» zinalariga mehr berish darajalari
bo‘yicha qo‘yib chiqish.
Kerakli jihoz va materiallar: rangli
kartonlardan ikkita narvon, yassi shakldagi ertak qahramonlari (yalmog‘iz kampir, tulki, ayiq, bo‘ri
va h.k.), moychechak gulbarglari.
Faoliyatning borishi:
1. «Ezgulik guli» ta’limiy o‘yini. Moychechakning har bir gulbargiga qilingan yoki
qilinadigan ezgu ishlar aytiladi.
2. Bolalar ertak qahramonlarini tomosha
qiladilar. Ertak qahramonlarini yaxshi va
yomon ishlarini eslab, ularni zinaning eng
tepa pogonasiga yaxshisini, eng past pog‘onasiga
yovuzini joylashtiradilar.
Qo‘shimcha qism: yaxshilik va yomonlik haqidagi
ertakni o‘qish.
E’tiborga molik jihati: bolalarni ertaklar
misolida ezgulik, hamdardlik va bir-birini
hurmat qilishga o‘rgatish.
San’at markazi
Rasm: «Ezgulik daraxti»
Maqsad: bolalar chizma bo‘yicha barg va daraxtlarni chiza oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: qog‘oz, guash,
salfetka, mo‘yqalam, qaychi, yelim.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalarning turli daraxtlar suratlarini tomosha qilib, daraxtlar qanday foyda
keltirishini gapirib berishlari.
2. O‘zining ezgulik daraxtini chizish.
3. Barglarni chizish.
4. Tayyor ishlar ko‘rgazmasi
Qo‘shimcha qism: o‘zining ezgulik daraxti haqida hikoya o‘ylab topish.
E’tiborga molik jihati: bolalarda ezgu
hissiyotlarni uyg‘otish orqali ijodiy salohiyatni namoyon etish.
San’at markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |