- Energetika
Atom energetikasi - 2006 yil koʻrsatkichiga binoan, umumiy elektroenergiya ishlab chiqarishning 30 %i Yaponiya AESlari hissasiga toʻgʻri keldi. Mamlakat yadro yoqilg'isining 60 %ini Avstraliya va Kanadadan oladi. Yaponiya isteʼmol qiladigan uranning umumiy miqdori 8,7 ming tonnani tashkil etadi. - YaIM
2004 YaIMning oʻsishi 1,9 % ni tashkil etdi. 2005 yil YaIM 1,3 % ga oʻsdi va 4,96 trln dollarni tashkil etdi. (aholi jon boshiga 38,9 ming dollar). 2006 yilning birinchi yarim yilligida iqtisodiyotning oʻsishi bir qancha tezlashgan. Yaponiya dunyoning elekto texnika sohasi jivojangan mamlakatlatdan biri Dunyodagi eng gigant korporatsiyalar va konsernlar Yaponiyada joylashgan. “TAYOTA”, “Mitsubissi” avto companiyasi, “TOSHIBA”, “SONY”, “PANASONIC” va boshqa ko`plab kompaniyalar misol bo`la oladi Transporti Ichki yuk aylanmasida avtomobil transportining roli katta (yiliga oʻrtacha 5,5 mlrd. tonna yuk tashiladi). Umumiy va ekspress yoʻllarning uz. 1,2 mln. km, shu jumladan, 4,4 ming km tezyurar magistrallar. Yaponiyalarning uzunligi 43,7 ming km. Deyarli 1/2 qismi elektrlashtirilgan. 1964 yildan tezligi soatiga 270 km gacha yetadigan "Shinkansen" poyezdlari harakati yoʻlga qoʻyilgan. 9 shahardagi metropolitenning uz. 540 km. Yaponiyada suv osti va yer usti tunnellari va koʻpriklar koʻp. Dunyoda eng katta Seykan tunneli (53,9 km) Honshu va Hokkaydo o.larini birlashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uz. 1770 km ga yaqin. Dengiz savdo floti 5473 kemaga ega va uning umumiy tonnaji 40 mln. brutto reg . tonnaga yetadi. Asosiy portlari — Kobe, Chiba, Yokohama, Nagoya, Osaka, Kavasaki, Tokio, Hakodate. Tokio, Osaka, Niigata shahri yaqinida xalqaro aeroportlar bor. Mamlaktda neft quvurlari 400 km dan ziyod, gaz quvurlari 1800 km.
Do'stlaringiz bilan baham: |