Yaponiya ijtimoiy soha iqtisodiyoti
Download 13.52 Kb.
|
21993019-Yaponiya-ijtimoiy-soha-iqtisodiyoti
Yaponiya — iqtisodiy qudrati boʻyicha jahonda AQShdan keyingi oʻrinda turadigan yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi boʻyicha jahonda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Ulkan korxonalar bilan birga mayda korxonalar ham mavjud (ayniqsa, yengil va oziq-ovqat sanoatida). Yaponiya iqtisodiyoti chetdan keltiriladigan xom ashyo va yoqilgʻiga asoslangan. Yaponiya jahon bozoriga sanoatning fanga asoslangan murakkab tarmoqlari mahsulotlari, zamonaviy konstruksion materiallar yetkazib beruvchi mamlakat. Yaponiya jahon yalpi milliy mahsulotining 13% dan ortigʻini ishlab chiqarish bilan birga, yirik xalqaro iqtisodiy, savdo va moliya tashkilotlari hamda "sakkizlik" davlatlarida yetakchi mavqega ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 38%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlashniki 2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 60% ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsuloti 4,3 trillion AQSH dollariga teng (2003).
Sanoatida iqtisodiy faol aholining 25% band. Energetika, metallurgiya, avtomobilsozlik, kemasozlik, kimyo, neft kimyosi, qurilish materiallari sanoati kabi tayanch tarmoqlar chetdan olinadigan xom ashyo hamda texnologiyaning eng yangi yutuqlari asosida deyarli butunlay yangidan barpo etildi. Energetika sanoati ham asosan, chetdan keltirilgan neftga asoslangan. Yiliga oʻrtacha 1,097 trillion kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi; uning 706,4 mlrd. kVtsoati issiqlik elektr st-yalarida, 91,8 mlrd. kVtsoati GESlarda, 295 mlrd. kVtsoati atom elektr st-yalariga toʻgʻri keladi (2002). 2003 yil 52 atom elektr st-yasi ishladi. Yaponiya sanoatida qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Kon sanoatida koʻmir, gaz, temir va mis rudasi, pirit, rux, qoʻrgʻoshinrux, marganets, kumush, oltin, simob, kaolin, talk va h.k. qazib olinadi. Mashinasozlik va kimyo sanoati yuksak taraqqiy etgan. Avtomobillar, maishiy texnika, elektron asboblar, aloqa vositalari, kema, poʻlat, sement, plastmassa, sintetik tola, robot ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash, biotexnologiya mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor tarmoqlaridandir. Yaponiya sanoati 4 asosiy r-n: Keyxin (Tokio, Kanagava), Chukyo (Aychi, Mie), Hanshin (Osaka, Hiogo), Kita Kyushu (Fukuoka)ga boʻlingan. Mazkur r-nlarda jami sanoat mahsulotining 40% dan ortigʻi ishlab chiqariladi.Download 13.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling