Sanoat Sanoat - Yaponiya sanoati eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan tarmoqlar —elektronika, elektrotexnika, dastgohsozlik, kemasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, kimyo va neft-kimyo sanoatiga ixtisoslashgan. Yaponiyaning eng mashhur transmilliy kompaniyalar toifasiga „Toyota“, „Honda“, „Sony“, „Mitsubishi“ va boshqalar kiradi.
Qishloq xoʻjaligi - Yaponiya dehqonchiligining yetakchi tarmog‘i sholikorlik. Sholi jami ekin maydonlarining yarmiga ekiladi.
- 2016-yilda 8,044 ming tonna guruch va 791 tonna bugʻdoy yetishtirilgan. Yaponiya sabzavotlardan kartoshka, batat, soya, bodring, pomidor, karam, xitoy karami, piyoz, latuk, yapon rediskasi va sabzi kabilar yetishtiriladi. Mevalardan mandarin, olma, uzum va yapon noki keng targalgan. Yaponiyada tovuq va cho'chqa go'shti asosiy go'sht mahsulotlari hisoblanadi.
Xizmat koʻrsatish sohasi
- Yaponiyada xizmat ko'rsatish sohasi sanoatni rivojlanishi taʼminlovchi sektor sifatida shakllanib kelgan. Chakana va ulgurji savdoning ulushi xizmat koʻrsatishda ustuvor, 1980 yillardan reklama, maʼlumotlarni qayta ishlash, nashriyot,turizm, dam olish sohalari, koʻngilochar va boshqa sohalar jadal rivojlandi. Xizmat koʻrsatish sohalarining aksariyati dastlab kichik hajmda faoliyat yurituvchi va mehnat sigʻimkorligi yuqori bo’lgan, hukumat tomonidan kompyuter va elektron mahsulotlarning xizmat koʻrsatish sohasida qoʻllanishi yoʻlga qoʻllanishi qoʻyilib texnologik jihatdan rivojlanib bordi.
Savdo - Yaponiya savdosi qoʻshilgan qiymatyaratilgan tovarlar savdosiga asoslanadi. Mamlakat xom-ashyoni import qilib, soʻngra uni qayta ishlaydi va qoʻshilgan qiymat yaratilgan sanoat tovorlarini eksport qiladi. kkinchi jahon urushidan soʻng mamlakat, neft va yoqilgʻi mahsulotlarini import qilib, mashinasozlik, avtomobilsozlik, yarimoʻtkazgichlar, yugori texnologik uskunalarni eksport qila boshladi. Bu davrda savdo ogʻir sanoat va kimyo sanoati mahsulotlariga ixtisoslashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |