Yaponiya iqtisodiyoti reja


Download 0.92 Mb.
bet12/41
Sana05.01.2022
Hajmi0.92 Mb.
#203609
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
yaponiya iqtisodiyoti

Real sektor. YAponiya qishloq xo’jaligi mehnat unumdorligi bo’yicha boshqa tarmoqlardan ortda qoldi. Oxirgi yillarda mamlakatning o’zini o’zi oziq-ovqat bilan ta’minlash koeffitsienti (40% dan past) pasayib, oziq-ovqat importining ulushi ortib bormoqda. YApon hukumati qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish va o’zini o’zi oziq-ovqat bilan ta’minlashni yaqin istiqbolda 45% ga oshirish chora-tadbirlaridan iborat maxsus dasturlar ishlab chiqdi.

  • Real sektor. YAponiya qishloq xo’jaligi mehnat unumdorligi bo’yicha boshqa tarmoqlardan ortda qoldi. Oxirgi yillarda mamlakatning o’zini o’zi oziq-ovqat bilan ta’minlash koeffitsienti (40% dan past) pasayib, oziq-ovqat importining ulushi ortib bormoqda. YApon hukumati qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish va o’zini o’zi oziq-ovqat bilan ta’minlashni yaqin istiqbolda 45% ga oshirish chora-tadbirlaridan iborat maxsus dasturlar ishlab chiqdi.

YAponiyaning hududiy joylashuvi dengiz bilan bog’liq tarmoqlarning rivojlanishi va aholining oziq-ovqat iste’molida dengiz maxsulotlarining yetakchi mavqega egaligini ta’minlagan. YAponiya dengiz maxsulot­larini iste’mol qilish bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinni egallaydi.

YAponiya sanoati dunyo sanoat maxsulotlarining taxminan 12 foizini beradi va asosan qayta ishlash sanoati maxsulotlaridan iborat. Mamlakat qayta ishlash sanoatida material va energiya sig’imkorligi yuqori tarmoqlardan ilm-fan sig’imkorligi yuqori tarmoqlarga o’tishi jarayoni ro’y bermoqda. YAponiya hozirga qadar katta miqdorda po’lat va prokat, kemalar, matolar ishlab chiqarsa-da, elektron sanoat, avomobilsozlik, sanoat asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, kimyo sanoati tarmoqlari yuqori raqobatbardoshlikka ega.

YAponiya rivojlangan transport tizimiga ega va u muntazam ilmiy-texnik yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi. Avtomobil transporta yulovchi va yuk tashishda yetakchilik qiladi. Misol uchun 2003 yilda mamlakatda 77,6 mln. avtotransport vositalari ro’yxatga olingan va uning 69% i yengil avtomobillarga to’g’ri keladi.

YAponiyaning pul-kredit tizimi YAponiya Banki (mamlakatning markaziy banki), shahar (3 mingta) va hududiy (12 mingta) filiallarga ega o’ndan ortiq banklardan - tijorat banklari, trast-banklar, uzoq muddatli kreditlar beruvchi banklar (0,5 mingta filial) va 25 mingta pochta-jamg’arma kassalaridan iborat.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling