Yaponiya iqtisodiyotini o’rganish


Download 0.62 Mb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1550726
1   2   3
Bog'liq
Amirshox

Savdo

Yaponiya savdosi qoʻshilgan qiymatyaratilgan tovarlar savdosiga asoslanadi. Mamlakat xom-ashyoni import qilib, soʻngra uni qayta ishlaydi va qoʻshilgan qiymat yaratilgan sanoat tovorlarini eksport qiladi. Yaponiya imperiyasi davrida Yaponiyada savdo yengil sanoatga ixtisoslashgan edi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng mamlakat, neft va yoqilgʻi mahsulotlarini import qilib, mashinasozlik, avtomobilsozlik, yarimoʻtkazgichlar, yugori texnologik uskunalarni eksport qila boshladi. Bu davrda savdo ogʻir sanoat va kimyo sanoati mahsulotlariga ixtisoslashdi. 1980 yildan Yaponiya savdo balansi ijobiy boʻla boshladi. AQSH va Yaponiya oʻrtasida bir necha bor savdo nizolari kelib chiqa boshladi. Yaponiya kompaniyalari 1990 yillardan boshlab qator ishlab chigarish zavodlarni Osiyo mamlakatlariga koʻchira boshladi. Osiyo mamkatalrida ishlab chiqilgan tovarlarni esa import qilishga oʻtdi.

Moliya

Yaponiyada moliya bozori rivojlangan, xizmatlar diversifikatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan. Mamlakat iqtisodiyoti moliya bozorining infrastrukturasining rivojlanganligi oʻz zaxiralarini va mavjud resurslarini samarali ishlata olgan. Mamlakatda faoliyat yurituvchi eng yirik konglomeratlarham aynan markazi bank boʻlgan moliya-sanoat guruhlari. 2019 moliya yilida boshlangʻich umumiy hisoblar byudjetidan asosiy xarajatlar ijtimoiy taʼminot (34,2 foiz), davlat qarziga xizmat koʻrsatish (23,6 foiz); mahalliy ajratmalar, soliq imtiyozlari va boshqalar (16,1 foiz), jamoat ishlari (6,1 foiz), taʼlim va fan (5,4 foiz) va milliy mudofaa (5,2 foiz) uchun ajratilgan.

Transport

Yaponiyada transportning barcha turlari yuqori darajada rivojlangan. Ayniqsa, mamlakatning yirik shaharlarini bog‘lovchi „Sinkansen“ tezyurar poyezdlari alohida eʼtiborga sazovor. Yaponiyada ayrim orollar orasida suvosti tunnellar ham o‘tkazilgan. Ulardan eng uzuni Xonsyu va Hokkaydo orollarini bog‘laydigan Seykan tunnelidir (54 km).

Turizm

Yaponiyada turizmning deyarli barcha turi yaxshi rivojlangan. Har yili Yaponiyaga 30 mln. atrofida xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi. Yaponiyaning eng muhim turistik resursi uning boy va betakror tarixiy-madaniy merosi hisoblanadi. Mamlakatda turizm iqisodiyotning yetakchi tarmogʻiga aylantirilgan. Yaponiyada turistlar uchun 1600ta muzey, 357 ta milliy va prefektura parklari, 290 ta hayvonot bogʻi va botanika bogʻlari, 76 ta akvarium va „Tokio Disneylendi“ qatorida 227 ta koʻngilochar majmualar faoliyat yuritadi. Turizm xizmatlari hajmi yildan-yilga oshmoqda.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling