Yaponiya iqtisodiyotini o’rganish


Download 0.62 Mb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1550726
1   2   3
Bog'liq
Amirshox

Sanoat

Yaponiya sanoati eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan tarmoqlar elektronika, elektrotexnika, dastgohsozlik, kemasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, kimyo va neft-kimyo sanoatiga ixtisoslashgan. Yaponiyaning eng mashhur transmilliy kompaniyalar toifasiga „Toyota“, „Honda“, „Sony“, „Mitsubishi“ va boshqalar kiradi.

Qishloq xoʻjaligi

Yaponiya dehqonchiligining yetakchi tarmog‘i sholikorlik. Sholi jami ekin maydonlarining yarmiga ekiladi. Shuningdek, bug‘doy, soya, turli sabzavot va mevalar ham yetishtiriladi.2000-yilda 9,490 ming tonna guruch, 688 ming tonna bug'doy yetishtirilgan, 2016-yilda 8,044 ming tonna guruch va 791 tonna bugʻdoy yetishtirilgan. Yaponiya sabzavotlardan kartoshka, batat, soya, bodring, pomidor, karam, xitoy karami, piyoz, latuk, yapon rediskasi va sabzi kabilar yetishtiriladi. Mevalardan mandarin, olma, uzum va yapon noki keng targalgan. Yaponiyada tovuq va cho'chqa go'shti asosiy go'sht mahsulotlari hisoblanadi. Mamlakat mol va goʻy goʻshtini katta gismini asosan Avstraliya va AQShdan import qiladi. Yaponiya hududining 20,08 mIn. gektari (mamlakatning 70 foiz hududi) o'rmonli hududlardan iborat. O'rmonlarning 54 foiz tabiiy oʻrmon hududlari hisoblanadi, 41 foizi inson qoʻli bilan yaratilgan.

Xizmat koʻrsatish sohasi

Yaponiyada xizmat ko'rsatish sohasi sanoatni rivojlanishi taʼminlovchi sektor sifatida shakllanib kelgan. Chakana va ulgurji savdoning ulushi xizmat koʻrsatishda ustuvor, 1980 yillardan reklama, maʼlumotlarni qayta ishlash, nashriyot,turizm, dam olish sohalari, koʻngilochar va boshqa sohalar jadal rivojlandi. Xizmat koʻrsatish sohalarining aksariyati dastlab kichik hajmda faoliyat yurituvchi va mehnat sigʻimkorligi yuqori bo’lgan, hukumat tomonidan kompyuter va elektron mahsulotlarning xizmat koʻrsatish sohasida qoʻllanishi yoʻlga qoʻllanishi qoʻyilib texnologik jihatdan rivojlanib bordi. Xizmat koʻrsatish sohasida bandlar ulushi, 75%ni tashkil etadi. Yaponiyada nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari ichida savdo,moliyaviy va sugʻurta xizmatlari hamda bank xizmatlarini koʻrsatish yuqori oʻrin egallaydi. Yaponiya igtisodiyotida axborot, turizm, aloqa xizmatlarining roli oshmoqda.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling