Yaponiyada musiqa ta’lim tizimi Shvetsariyada
Lotin, reggae va ska musiqalari
Download 199.01 Kb.
|
yaponiya vengirya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shovqinli musiqa
Lotin, reggae va ska musiqalariQo'shimcha ma'lumotlar: Yaponiya reggi va Yaponcha ska Musiqaning boshqa turlari Indoneziya, Yamayka va boshqa joylarda assimilyatsiya qilingan. Afrika jozibali va shunga o'xshash lotin musiqasi Orquesta-de-la-Luz (y ル ケ ス タ ・ デ ・ ラ ・ ル ス ス), Yamayka kabi mashhur edi reggae va ska, misolida Sichqonlar tishlari, Ovozni o'chirish, La-ppisch, Uyda etishtirilgan va Ska Flames, Belgilanishlar va Tokio Ska Paradise orkestri. Shovqinli musiqaAsosiy maqola: Yaponiya Yaponiyadagi yana bir taniqli musiqa shakli bu shovqinli musiqa. Ushbu mamlakatdan shovqin chaqiriladi Yaponiya. Uning eng ko'zga ko'ringan vakili Masami Akita uning loyihasi bilan Merzbow. Mavzu musiqasiShuningdek qarang: Anime bastakori, J-pop va J-rok Mavzu musiqasi filmlar uchun yaratilgan, Anime (anison (ア ニ ソ ン)), tokusatsu va Yaponiya televizion dramalari alohida musiqa janri deb qaraladi. Yaponiyaning mashhur musiqasining barcha janrlaridan bo'lgan musiqachilar va guruhlar yapon televideniesi va filmlari uchun qo'shiqlar va skorlarni yozib olishgan bo'lsa-da, bir nechta taniqli musiqiy san'atkorlar va guruhlar bor, ular musiqiy kareralarining ko'p qismini tematik qo'shiqlar ijro etish va bastakorlik qilish bilan o'tkazgan. soundtracklar vizual vositalar uchun. Bunday rassomlar orasida Masato Shimon (hozirgi kunda Yaponiyadagi eng muvaffaqiyatli singl uchun jahon rekordining egasi "Oyoge! Taiyaki-kun "), Ichirou Mizuki, barcha a'zolari JAM loyihasi (ya'ni Xironobu Kageyama kim uchun ochilgan Dengeki Sentai Changeman va Dragon Ball Z ), Akira Kushida, a'zolari Loyiha R, Isao Sasaki va Mitsuko Xori. Yapon tematik musiqasining taniqli bastakorlari kiradi Jou Hisaishi, Michiru Oshima, Yoko Kanno, Toshixiko Sahashi, Yuki Kajiura, Kōtarō Nakagava, Shunsuke Kikuchi va Yuki Xayashi. Yaponiyada musiqa ta’limi tizimi Yaponiya - go‘zallikni ulug‘laydigan mamlakat, shuning uchun bolalarda estetik didni shakllantirish va rivojlantirishga bo‘lgan intilish maktab o‘quv rejasidagi «musiqa» o‘quv fanida o‘z ifodasini topgan. Birinchi sinfda o‘quvchilar musiqa bilan haftada uch martta, ikkinchidan to sakkizinchi sinfga qadar - ikki marta, to‘qqizinchi sinfda esa haftada bir marta shug‘ullanadilar. Mashg‘ulotlarni olib boradigan pedagoglar o‘rta ma’lumotli, aksariyati esa maxsus oliy ma’lumotga egadirlar. Yaponiyalik muallimlari 1-sinf bolalarining musiqiy tarbiyasiga alohida e’tibor beradilar, chunki aynan shu yoshdagi bolalarda o‘quv faniga intilish va jiddiy munosabat tarbiyalanadi. Birinchi sinfda o‘quvchilar, ko‘nikma-malakalarning butun bir majmuasini, ya’ni tovushni to‘g‘ri chiqara olish, nafasni rostlash, dirijyorning oddiy harakatlarini tushunish, qo‘shiqni o‘rganish hamda uni ijro etish, usulni his etish kabilarni egallashlari lozim. Bolalarga mutlak tizim asosida nota savodini o‘rgatish, keyinchalik metallofon, lab garmonchasi va fisgarmoniyada kuy ijro etish o‘rgatiladi, shunday qilib qo‘shiq ijrochiligi cholg‘ular jo‘rnavozligi bilan to‘ldiriladi. Maktabdagi o‘quv yili uch simestrga bo‘linib, 38 hafta davom etadi. Birinchi semestrda bolalar ritmik jo‘rnavozligi, ikkinchisida esa musiqa cholg‘ularida murakkab bo‘lmagan ikki ovozli mashqlar bajarishadi. Birinchi sinfda bolalar musiqani eshitib, musiqa asarining badiiy xususiyatlarini, sur’ati, registr, dinamika, tembrni belgilaydilar, oddiy uch-qismli (AVA) shaklni aniqlaydilar. 6-sinfga kelib, bolalar murakkab musiqa asarlarini ijro etadilar. Shunday qilib, musiqa darslarida asosiy o‘rin musiqa cholg‘u asboblarida ijro etishga ajratilib, bu narsa hamma bolalarni ijodiy jarayonda faol ishtirok etishga jalb etadi va ularda musiqaga qiziqish va muhabbatni o‘yg‘otadi. Musiqaga oid o‘quv rejasi va dastur shu tarzda tuzilganki, bolalarning musiqa ijrochiligida ishtiroki ularning musiqani eshitish qobiliyatining muttasil rivojlantirib beradi, ularni yanada murakkabrok musiqa asarlarini tinglab, idrok qilishga tayyorlaydi. Maktab o‘quvchilari I.S. Bax, A. Vivaldi, V. Motsart, L. Betxoven, F. Shubert, F. Mendelson, M. Glinka, M. Musorgskiy, P. Chaykovskiy, N. Rimskiy-Korsakov, I. Stravinskiy, D. Shostakovich, A. Xachaturyan asarlari bilan, shuningdek, G. Karayan, E.Shvartskopf, L. Kogan, D. Oystrax, S. Rixter kabi buyuk ijrochilar va ular yaratgan asarlar bilan tanishadilar. Musiqani eshitish jarayonida o‘qituvchi texnik vositalardan, stereo elektrofon va videomagnitofonlaridan keng foydalanadi. Hozirgi kunda Yaponiya maktab va oliy o‘quv yurtlarida fan-texnika taraqqiyoti o‘z aksini topgan. Barcha darsxonalar yangi zamonaviy texnika asboblari bilan jihozlangan. Bolalar bog‘chasida «Sudzuki» tizimi mashhurdir. Sin’iti Sudzuki (yap. 鈴木 鎮一 Sudzuki Sin’iti?, 1898—1998) — yapon skripachi muss i q a pedagogi, Dunyoga tarqalgan musiqa o‘qitish metodikasini muallifi. Yapon pedagogi Sudzukining metodi juda yaxshi natijalarni bermoqda. Uning tizimida ona tilini o‘qitilishi, musiqa tinglab idrok etishi bilan amalga oshiriladi. Bolalar cholg‘u asboblarda kuy chalishlari muhim rol o‘ynaydi. Sudzuki musiqani eshitish — bolaning musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirishdagi muhim vosita deb ta’riflaydi. Bola, iloji boricha, o’zi ijro etadigan musiqani ko’proq eshitishi ham lozim. Bunda, garchand, musiqa mutaxassisi bo’lmasa ham, onaning roliga So’zduki alohida e’tibor beradi. Mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning onasi ham ishtirok etadi. Onalar mashg‘ulot mazmuni va maqsadidan ogoh bo‘ladilar va oilada o‘z ovozi bilan shug‘ullanadilar. Sudzukining ta’birida onalar musiqa ma’lumotiga ega bo‘lishi shart emas. Oilada gramyozuv, televidenie, kontsertlarda tinglangan asarlarni muhokama etadilar. Bunda bog‘cha va oilaning hamkorligi muhim rol o‘ynaydi. Natijada 5-6 yoshli bolalar Betxoven sonatalarini chalishga erishadilar. Televidenie, grammplastinka va magnitofon yozuvlaridan foydalanib, Sudzuki, bolakaylarni ham bevosita, ham «sirtqi» tarzda o‘qitmokda. Ta’limning an’anaviy usulidan farqli ularoq ushbu uslub bolaga ona tilini o‘rgatish jarayoniga o‘xshab ketadi. O‘quvchilarning bilimlarini baholash uchun har bir trimestrda ikki marta barcha mavzular bo‘yicha yalpi so‘rov o‘tkaziladi. Yaponiyadagi qariyib har bir maktabda xor jamoasi bo‘lib, unda haftada ikki marta mashg‘ulot o‘tkaziladi. Xor jamoasi bilan musiqa o‘qituvchisi ish olib boradi. Yaponiyaning musiqali hayoti yosh skripkachilarining qo‘shma orkestrlari chiqishlari bilan o‘zgacha ko‘rinishga egadir. 1948 yili Yaponiyada xor dirijyori va jamoat arbobi Akiko Seki tashabbusi bilan «Yaponiyaning kuylovchi ovozlari» xor jamoasi tuzilib, u xor qo‘shiqchiligining barcha havaskorlarini birlashtiradi. Yaponiyada ham yagona o‘quv reja va dasturga amal qilinmaydi. Yaponiyada musiqa tarbiyasining o‘ziga xos sistemasi vujudga kelgan. Ularda bolalar bog‘chasidan oliy ta’limgacha estetik tarbiya amalga oshiriladi. Estetik tarbiya intengratsiya qilingan fan bo‘lib unga musiqa, tasviriy san’at va mehnat o‘zviy birlashgan. U bir necha bosqichda amalga oshiriladi Musiqa, tasviriy san’at va mehnat o’zviy birlashgan- a) 1-5 yoshgacha bolalar bog’chasida b) 6-14 yoshgacha to’liqsiz o’rta maktab v) 15-18 yosh o’rta maktabi g) 18-23 yosh oliy ta’lim maktabi Yuqori sinflarga ko‘chgan sari estetik tarbiya ham bir predmet singari murakkablashib boradi. Yuqori sinflarda o‘qigan talabalar rassomchilik, haykaltaroshlik, xalq amaliy san’ati va musiqa san’ati tanqidchilari kasblarini egallab chiqadilar. O‘qituvchi-kadrlar tayyorlash juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ular oliy pedagogika va san’at oliygoxlarida tayyorlanadi. O‘qituvchilar, shuningdek ona Vatanidan olgan bilimlariga qoniqmay, rivojlangan Yevropa mamlakatlarga o‘qishga borib o‘z bilim va malakalarini oshirib qaytadilar. Download 199.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling