Yaponiyada ta’lim tizimlari. Yaponiyada ta’lim tizimlari


Download 22.14 Kb.
bet2/2
Sana07.02.2023
Hajmi22.14 Kb.
#1176007
1   2
Bog'liq
Yaponiyada ta’lim tizimlari

Oliy ta’lim
Oliy ta’lim sirasiga Yaponiyada universitetlarnigina kiritish mumkin.
Universitetlarga katta o’rta maktablar yoki 12 yillik oddiy dasturda faoliyat ko’rsatuvchi maktablarning bitiruvchilari qabul qilinadilar.
Ma’lumotlarga ko’ra, bu mamlakatda 460 ta universitet bo’lib, ulardan 95 tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiydir. Ularda 1 million 843 ming talaba tahsil oladi. Talabalarning 77,4 foizi yigitlar, 22,6 foizi qizlardir. Aspiranturalarda tahsil olayotgan aspirantlarning bor-yo’g’i 12,9 foizi ayollar bo’lib, ular asosan gumanitar fanlar, san’at, maorif va dorishunoslik sohasida izlanishlar olib boradilar.
Kichik kollejlarda esa ahvol buning tamoman aksi bo’lib, bu erda erkaklar 10,1 foizni, ayollar 89,9 foizni tashkil etadi. Umuman olganda, qishloq xo’jaligi va muhandislikdan tashqari barcha fakultetlarda ayollar ham ta’lim oladilar.
Universitetlar o’zining texnik jihozlanishi, moddiy bazasining bekamu ko’stligiga qarab ikki toifaga bo’linadi. 1-toifadagi universitetda har bir o’qituvchiga 8 nafar talaba, 2-toifadagi universitetda esa 20 nafar talaba to’g’ri keladi. 1-toifa universitetlari har jihatdan 2-toifa universitetlaridan ustun turadi.
Kafedralar tarkibiga asosan profsssor, dotsent va o’qituvchilar kiradi. Kafedra 4 nafar yuqori kurs talabasini bakalavr dasturida, 4 nafarini magistr va 3 nafarini doktorantura dasturida tayyorlashga mas’uldir. Kafedralarda shy yo’sinda biriktirilgan talabalar xuddi ilmiy tekshirish guruhlaridagidek faoliyat ko’rsatadilar.
Yapon universitetlariga kirish uchun ikki muhim bosqichdan o’tish lozim. Birinchi bosqich abiturientlarning turar joyida amalga oshirilib, ular yapon, eski yapon tili, matematika, fizika, ximiya, jamiyatshunoslik, tarix va boshqa fanlar bo’yicha test sinovlaridan o’tadilar. Test sinovi natijalariga ko’ra, ular qaysi universitetga munosibligi belgilab chiqiladi. Eng yuqori natijalarga erishgan abiturientlar Tokio universiteti, Kioto, Osako, Sapporo universitetlariga qabul imtihonlari topshirishlari uchun yo’llanmalar beriladi.
Xususiy universitetlar esa, qabul imtihonlarini mustaqil ravishda oladilar. Kirish imtihonlari suhbat tarzida o’tkazilib, unda ko’rsatilgan fanlarni bilishdan tashqari tez fikrlash, topqirlik, zukkolik mahoratlari ham sinab ko’riladi.
Bir qator xususiy dorilfununlar o’z tarkibida maktabgacha tarbiya muassasalariga ham ega. Bunda tarbiyalanuvchilar ta’limning barcha bosqichlarini shu universitetning o’zida o’taydilar, pirovard natijada kirish imtihonisiz universitetga qabul qilinadilar. Universitetlarda tahsil olayotgan talabalar o’rtasida kasb nisbati quyidagicha:
Jamiyatshunoslik fanlari 40 foiz;
Texnika fanlari 20 foiz;
Gumanitar fanlari 1-4 foiz;
Psdagogika fanlari 8 foiz;
Qishloq xo’jaligi, tibbiyot, tabiiy fanlar 3 foiz; San’at, ro’zg’orshunoslik 2 foiz.
Universitetdan talabalarni haydab yuborish mumkin emas. Chunki, birinchidan, yuqori malakali mutaxassislarning imtihonidan o’tgan talabalar o’qib keta oladilar, ikkinchidan, talabalar dorilfununlarda o’qiganliklari uchun katta miqdorda pul tulaydilar. Univsrsitstlarda 4 yillik o’qish ayrim talabalar uchun 5, hatto 6 yilgacha cho’zilishi mumkin.
Yapon universitetlarida talabalar o’quv jarayonida 140-150 sinov birligi topshiradilar. Ularda baho mezoni – «a’lo», «yaxshi», «qoniqarli», «qoniqarsiz». Yapon universitetlari asosan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Shunga qaramay,
Yaponiyada «Universitet kishini bilim va kasbga yo’naltiradi xolos, uni takomillashtirish, mo’kammallashtirish kishining o’ziga bog’liq» deb hisoblaydilar. O’rta maxsus va hunar-texnika ta’limi O’rta maxsus va hunar-texnika ta’limi tizimiga kiruvchi bilim maskanlari Yaponiyada garchi oliy ta’lim tizimiga kiritilsa-da, u bizdagi hunar-texnika bilim yurtlariga to’g’ri keladi. Ular asosan kichik kollej, texnik kollej maxsus tayyorgarlik kollejlariga bo’linadi.
Kichik kollejlar ham maqomiga ko’ra o’ziga xos dorilfunundir. Ularda kasbga yo’naltirish jarayoni juda chuqur va puxta. O’qish muddati 2-3 yil, bitirgach, «bakalavr» nomi berilmaydi.
1984 yilda Yaponiyada 336 ta shunday kichik maktab bo’lib, ularning 37 tasi davlat tasarrufida, 51 tasi munitsipal, 448 tasi xususiy kollejlardir.
Texnik kollejlarda 5 yil o’qitiladi, unga kichik o’rta maktabni bitirganlar qabul qilinadilar. Bunday kollejlar yoshlarga o’rta texnik ta’limni beradilar. Bu bilim maskanida katta maktab dasturi asosida mexanika, elektronika, ximiya, texnologiya, qurilish, metallurgiya kabi maxsus texnik fanlar o’qitiladi. Kollejni bitirgan o’quvchilar universitetning 2-yoki 3-kursiga kirib o’qishlari mumkin. Maxsus tayyorgarlik kolleji. 1976 yilda tashkil etilgan yalpi tipdagi o’quv yurtidir. U faqat yuqori malakali mutaxassis tayyorlabgina qolmay, balki talabalarning madaniy saviyasini o’stirishni ta’minlaydi. O’qish muddati 1 yil, kurs 800 soatdan iborat. Bu kollej bitiruvchilari universitetning tegishli kurslariga qabul qilinmaydilar. Ilmiy faoliyat
Yaponiya yuksak ilmiy qudratga ega mamlakatdir. U dunyoda ta’limni rivojlantirishga mablag’ sarf etishda AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Mamlakatda ilmiy izlanishlarga xususiy ssktorni ham qo’shib hisoblaganda, umumiy fanni rivojlantirishga ajratilgan mablag’ning beshdan to’rt qismi ajratilmoqda. Keyingi 10-15 yilda tabiatshunoslik va texnologiya sohasidagi oliy o’quv yurtlari rivojlantirildi, bu ishga ilmiy izlanishlarga mo’ljallangan jami mablag’ning qariyb 60 foizi sarf etilmoqda.
Universitetlar qoshida ilmiy-tadqiqot markazlari tuzilib, unda olimlar mustaqil ilmiy-tadhiqot ishlari olib boradilar. Mamlakatdagi 32 foiz ilmiy-tadqiqot ishlari universitetlarning olimlari hissasiga to’g’ri keladi.
Boshqaruv va moddiy ta’minot Yaponiyada maktab, oliy ta’lim, o’quv tarbiya ishlarini ta’lim, fan va madaniyat vazirligi markazlashgan holda boshqaradi (Ionbusho). Uning boshqarish huquqiy kafolatiga ta’lim, fan, madaniyat va diniy muassasalar, shuningdek, kosmik fazoni tadqiq qilish ham kiradi.
Ma’muriy jihatdan Yaponiya 47 prefektura (taxminan viloyat), 3262 munitsipalitetga bo’linadi. Munitsipalitetlar prefekturalar tarkibiga kirishiga qaramay, boshqaruv ishida ma’lum mustaqilliklarga egadirlar.
Har bir prefektura va munitsipalitet qoshida 5 kishidan iborat kengash ta’lim masalalari bilan shug’ullanadi. Kengash a’zolarini teng huquqli asosda prefektura gubernatori va munitsipalitet boshlig’i tayinlaydi. Bu tizim 1948 yil joriy qilingan.
Munitsipalitet majburiy ta’limni boshqaradi va uning taqdiri uchun javob beradi.
Prefektura esa katta o’rta maktab, nogironlar maktablari, nodir san’at, tabiat, tarix muzeylari va sport inshootlarini boshqaradi.
O’qituvchilar malakasini oshirishga, maktab, muzey, fuqarolar klubi, yoshlar markazi, qiroatxonalar uchun pul mablag’larini mahalliy hokimiyat ajratadi.
Ta’limga ajratilgan jamoat fondi quyidagi tarkibga ega:
Mahalliy hokimiyat hissasi 47,3 foizi;
Prefektura hissasi 26,1 foiz;
Munitsipal boshqarma hissasi 24,6 foiz.
Umuman, Yaponiya ta’limiga mamlakat yalpi daromadining 8,6 foizi sarflanadi.
Oliy ma’lumotlilar Bitiruvchilarning mutlaq ko’pchiligi xalq xo’jaligining turli sohalarida samarali mehnat qiladilar. Oliy ma’lumotli mutaxassislar soni jihatidan Yaponiya jahonda ikkinchi o’rinda turadi. Ming ishchiga 190 ta oliy ma’lumotli mutaxassis to’g’ri keladi. Bu ko’rsatkich AQShda har ming kishiga 294, Buyuk Britaniyada 138, Frantsiyada 115 nafardir.
Bitiruvchilarga eng yuqori haq tulanadi. Erkaklarga nisbatan ayollar bajarilgan bir xil ish uchun 10 foiz kam haq oladilar.
Muammolar va rejalar
Yaponiya iqtisodini rivojlantirish va yangi-yangi ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etish bo’yicha ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Bunga sabab, aholi ma’lumot darajasining yuqoriligidir. Yaponiya ta’limining asosiy maqsadi va mazmuni aholini zamonaviy texnik hamda texnologik jarayonlar bilan jihozlangan hozirgi zamon sanoatida samarali ishlashra moslashtirishdir. Mamlakatda maktabga muhim ijtimoiy vazifani bajaruvchi, jamiyatning olg’a siljishini ta’minlovchi dargoh deb qaraladi va xalq tomonidan e’zozlanadi.
Yaponiya ta’limidagi muammolar ustida so’z ketadigan bo’lsa, bu birinchi navbatda yuqori kategoriya, baho, reyting uchun o’quv muassasalari o’rtasidagi raqobat va kurashdir. Bu masalani Yaponiya ijtimoiy shiroitida oqilona hal etish juda qiyin. Chunki, yuqori toifali oliy o’quv yurtlarga asosan badavlat oilalarning bolalarigina kirib o’qiydilar. 1960 yillardan boshlab bu muammolar atrofida noroziliklar va ihtiloflar kuchayib ketdi.
Fuqarolar xususiy bilim maskanlarini kamaytirib, davlat tasarrufidagi o’quv yurtlarini ko’paytirishni talab qilmoqdalar.
1984 yilda Yaponiya hukumati ta’limning muvaqqat qo’mitasini tuzdi. Xuddi shu yili Yaponiya o’qituvchilari Kengashi ta’limni isloh qilish bo’yicha o’z kengashini ta’sis etdi. Isloh qilish loyihasi quyidagilardan iborat:
tinchlik va xalqaro birdamlik;
inson huquqlari va ijtimoiy tenglik;
bilim olishga umrbod huquqiy kafolat;
ta’limda mustaqillik, o’zaro tajriba almashish, muloqot;
islohotni amalga oshirishda xalqning keng ishtirokini ta’minlash.
Bu kengash tarafdorlarining fikricha, bilim olish majburiy emas, huquqiy bo’lishi, bilim olishga intiluvchilar birikishlari, uning taraqqiyoti uchun kurashuvlari kerak. Har holda, yapon ta’limi kontseptsiyasida yaqin kelajakda o’zgarshilar bo’lishi ham ko’zda tutilmoqda.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Yaponiyada ta’lim tizimi ham shaklan, ham mazmunan yuksak uyg’unlik kasb etgan. Ibrat olsa, o’rganish arziydigai jihatlari ko’p. E’tiborli yana bir tomoni – Yaponiyada faqat milliy an’analar bilan cheklanib qolmay, jahondagi Amerika, Frantsiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning ilg’or pedagogik ish tyajribalari ham ijodiy o’zlashtirilgan.
Download 22.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling