Yaponiyaning iqtisodiyoti
Download 101.88 Kb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu ta\'limotlar tarixi
7.1. XVIII asrda Yaponiyaning iqtisodiyoti rivoji XVIII asrda Yaponiya agrar mamlakat edi. Uning aholisi asosan dehqonlardan (aholining 80%) va samuraylardan tashkil topgan edi. Astasekin hunarmandlar va savdogarlar paydo bo‘ldi. Davlat va harbiy apparat, hamda ziyolilar hukmron sinf – samuraylardan shakllandi. Dehqonlarning ahvoli juda og‘ir bo‘lib, ular yerni feodallardan “umrbod” ijara sharti bilan olar edilar. Bu davrda dehqonlar natural obrok berar edilar. Undan tashqari dehqonlar yo‘llar, ko‘priklar, kanallarni ta’mirlashga jalb etilardi. XVI asrda Ieyasuning qishloq xo‘jaligi sohasida takror ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan agrar islohoti dehqonlarga yerlarni biriktirishga va dehqonlardan soliqlar yig‘imini maksimal darajaga etkazishga imkon berdi. 1 Yer va undan olinadigan mahsulotlarga bog‘liq bo‘lgan samuray va dehqonlarni tovar munosabatlariga jalb etilishi ularni qashshoqlanishiga olib keldi. Ko‘pgina knyazliklar kambag‘allashib bordi. Zarur moddiy qo‘llabquvvatlashdan mahrum bo‘layotganligi sababli samuraylik instituti sekin-asta yo‘qolib bora boshladi. Dehqonlar shaharga ketishga majbur bo‘ldilar. XVIII asrda Yaponiyada 90 ta manufaktura tashkil etildi, shu jumladan paxtani qayta ishlash va shoyi to‘qish bo‘yicha Shaharning o‘rni Savdo kapitaliga ega bo‘lgan savdogarlarning roli oshib bordi. Bu davrda yapon qishloqlarida «yangi pomeshchiklar» deb nomlanuvchi qatlam savdogarlar, boy dehqonlar va samuraylardan shakllandi. Shu tariqa kapitalistik uklad shakllana boshladi. Asta-sekin shaharlarning iqtisodiy va ijtimoiy o‘rni oshib bordi. Ularning aholisi ko‘paydi. XVIII asrning boshida Edo shahrining aholisi 500 ming kishidan oshdi. Shahar aholisining turmush darajasini o‘sib borishi qurilish tarmog‘ini rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. Syogunlar islohoti 1716 y.da sakkizinchi syogun Tokugava feodal tizimni kuchaytirish maqsadida islohotlar boshladi, keyinchalik 1767 yilda bu islohotlar o‘ninchi syogun Iexaru tomonidan davom ettirildi. Bu islohotlar rivojlanib borayotgan tovar munosabatlarini feodal hukumatning ehtiyojlariga moslashtirishga harakat qildi. 7.2. XIX asrda Yaponiya iqtisodiyoti XIX asr boshi Yaponiyada qishloq xo‘jaligidagi inqirozlar natijasida yuzaga kelgan xalq qo‘zg‘olonlari davri edi. Dehqonlardan keyin shaharliklar ham ko‘tarilishdi. Ammo segunlar mol-mulki o‘zgarmasdan qoldi, bunga konfutsiychilikni paydo bo‘lishi sababchi bo‘ldi. 1830-1840 yy.da o‘n ikkinchi segun Ieyosi boshqaruvi davrida Midzuno Tadakuni tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar feodal tizimni mustahkamlashning oxirgi urinishi edi. Savdogarlarga yuqori soliqlar qo‘yildi. Narxlar ustidan nazorat o‘rnatishga, qishloqlarga dehqonlarni qaytarishga harakat qilindi. XIX asr birinchi yarmida Yaponiyada 181 ta manufaktura qurildi. Ba’zi texnik yangiliklar qo‘llanila boshlandi, ayniqsa tog‘-konchilikda va metall eritishda. Manufakturalar tekstil sohasidan tashqari shakar, chinni buyumlar, sopol buyumlar ishlab chiqarish sohasida ham ochildi. Qurol ishlab chiqaradigan manufakturalar yirik feodallar va davlatga tegishli edi. Davlat manufakturalarida qochoq dehqonlar mehnatidan foydalanilar edi. Download 101.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling