Yaponiyaning iqtisodiyoti
Download 101.88 Kb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu ta\'limotlar tarixi
Feodal
tizim inqirozi XIX asr o‘rtalari – Yaponiya tarixida eng og‘ir davr hisoblanardi. Ikki yarim asr davomida mamlakatni feodal tartib iskanjasida ushlagan Tokugava segunlari idorasi tugatildi. Mamlakat aholisi uning tugatilishi bilan o‘z hayotini yaxshilanishni kutar edi, lekin hukmdorlarning rejalari boshqacha edi: ular qisqa muddatda harbiy va iqtisodiy jihatdan qudratli mamlakatni yaratishga harakat qilishdi. Meydzi inqilobi (1867—1868 yy.) 1868 yilda imperatorlik hukmroligi tiklandi. Yaponiya tepasiga 16 yoshli imperator Mutsixito keldi. Uning hukmdorligi Meydzi nomini oldi (ma’rifatli hukmdorlik). Bu davr muhim siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shu sababdan Meydzi to‘ntarishi burjua inqilobi (1867-1868 yy.) deb hisoblanib, Yaponiyani jahondagi buyuk mamlakatlar darajasiga olib chiqdi. Yosh imperator atrofiga iqtidorli vazirlar va maslahatchilarni to‘pladi. Birinchi yilning o‘zida Yaponiya poytaxtini Kiotodan Edogo ko‘chirdi (keyinchalik Tokio deb nomlangan) va islohotlarni boshlab yubordi. Asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar: 1) Mamlakatni birlashtirish jarayonini tugatilishi. Feodal knyazliklar yo‘q qilinib prefekturalar yaratildi; markazlashgan davlatni shakllantirish – Yaponiyani qudratli mamlakatga aylanishida muhim omildir; 2) Feodal tuzum, knyaz va samuraylarning feodal huquqlari bekor qilindi; 1869 yildagi farmon feodallarni o‘z yerlarni imperatorga topshirishga majbur bo‘ldilar; 3) Faoliyat va kasblarga davlat cheklovlari bekor qilindi, sex tizimi, gildiyalar va klanlar bekor qilindi; 4) Xo‘jalik faoliyatida tabaqalashuv bekor qilindi, savdo va mamlakat ichida harakat erkinligi e’lon qilindi; 5) Jamiyatni tabaqalashuvining yangi usuli ishlab chiqildi. Avval to‘rtta tabaqa bo‘lgan bo‘lsa, endi uchta bo‘ldi. Dvoryanlik yuqori tabaqani namoyon etdi (unga sobiq feodal knyazlar, saroy aristokratiyasi kirdi). Ikkinchi tabaqa – dvoryanlik (barcha sobiq samuraylar). Uchinchi – oddiy xalq tabaqasi. Unga aholining qolgan qatlamlari, shu jumladan savdo-sanoat burjuaziyasi kirardi; 6) Barcha ichki bojxonalar olib tashlandi, yagona pul birligi (oltin bilan ta’minlangan) kiritildi. 1870 y. imperator Mutsixito segunlarning an’anaviy tangasini ajdarho rasmi tushurilgan dollarga almashtirdi. Yaponlarda dollar iena deb nomlana boshlandi (dumaloq tanga), sent esa – sen. Ushbu chora-tadbirlarning barchasi yagona umumyapon bozorini, yagona iqtisodiy makonni shakllanishiga olib keldi. Agrar islohotlar 1872-73 yy.da Yaponiyada agrar islohot amalga oshirildi. U feodal yer egaligini bekor qilinishi, yerning yangi egalarini shakllanishi masalalarini hal etishi zarur edi. Yer rasmiy ravishda uni taqsimlovchilarga tegishlidir. Dehqonlar, yerga meros sifatida erishganlar ularning egalariga aylandilar 1873 y.da yer solig‘i joriy qilinib, u davlat byudjetining asosiy manbasiga aylandi. U barcha yer egalariga tegishli bo‘lib, uning hajmi olingan hosilning 50%gacha belgilangan edi. Shunday qilib Yaponiyada yerga xususiy mulkchilik qonuniylashtirildi; uni erkin sotish-sotib olishga ruxsat berildi, yer egalarining yangi kategoriyalari paydo bo‘ldi; yerning sobiq egalariga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoni berildi. Bularning hammasi ishlab chiqarishning kapitalistik shakllarini vujudga kelishiga asos bo‘ldi. 7.3. Imperializmga o‘tish davrida Yaponiya iqtisodiyotining xususiyatlari Sanoat inqilobi. «Davlat kapitalizmi». O‘ta qisqa muddatda Yaponiya sanoat inqilobini amalga oshirdi. Yapon hukumati subsidiyalar berish, soliqlardan ozod etish, davlat buyurtmalarini bajarayotgan firmalarga qurilgan zavodlarni haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etish orqali xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatladi. 1872 y.da davlat tomonidan birinchi telegraf va temiryo‘l liniyalari qurildi, ya’ni infratuzilma yaratilishi boshlandi. Davlat mamlakatni geologik o‘rganilishini amalga oshirdi – ko‘mir, temir rudasi, oltin konlari ochildi. Kapitalni etishmasligi xorijiy kapitalni jalb qilinishini taqazo etdi, uning ishtirokida fabrika tipidagi yirik korxonalar qurildi. Yaponiyada xorijiy zayomlar hisobiga temiryo‘l qurilishi boshlandi. Ingliz kapitali ko‘mir qazib olishga konsessiya oldi. Yapon hukumati xorijiy mutaxassislarni ham jalb etishar edi. Download 101.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling