Yaponiyaning iqtisodiyoti


Download 101.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana18.12.2022
Hajmi101.88 Kb.
#1028736
1   2   3
Bog'liq
7 mavzu ta\'limotlar tarixi

XIX 
asr 
80-yy.dagi 
iqtisodiy 
siyosat 
XIX asr 80-yy. boshlarida yapon hukumati “davlat kapitalizmi”dan voz 
kechib iqtisodiy siyosatni o‘zgartirdi. Sanoat departamenti qisqartirildi. 1881 
y.da zavodlarni xususiy shaxslarga berish to‘g‘risida farmon qabul qilindi. 
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga yaratilgan korxonalar o‘z qiymatidan 2- 
4 barobar arzon sotilardi, yoki hukumat qarzlarini qoplash hisobiga berilar 
edi. 
Davlat mulkini talon-taroj qilishda hukumatning quyidagi kreditorlari 
ishtirok 
etishdi 

Mitsui, 
Mitsubisi, 
Sumitomo, 
Yasuda. 
O‘sha davrdan xususiy tadbirkorlik faollashib yirik kapital muomala 
sohasidan ishlab chiqarishga ko‘chib o‘tishini taqazo etdi. Yaponiya pul 
islohotini 
amalga 
oshirdi 
va 
oltin 
standart 
joriy 
etildi. 


Milliy xom ashyo bazasi mavjud tarmoqlar tez rivojlandi. 1880-1913 
yy.da ko‘mir qazib olish 20 marotabaga, mis qazib olish 13 marotabaga o‘sdi. 
Yaponiyada temir rudasi bo‘lmasa ham qora metallurgiya rivojlandi. 
Industirlashtirishning ikkinchi yo‘nalishi – temir yo‘l qurilishi: 1882-1890 
yy.da temir yo‘llarning uzunligi 10 marotaba ko‘payib mamlakatda yagona 
transport 
aloqa 
tarmog‘i 
yaratildi. 
Iqtisodiyotni 
harbiylashtirilishi 
XIX asrning 90-yy. boshida Yaponiya harbiylashtirish yo‘liga o‘tdi. 
Yaponiyada harbiy xarajatlarning darajasi eng yuqori edi (byudjetning 36%). 
Yaponiya va Xitoy o‘rtasidagi Koreya yarimorolini nazorat qilish bo‘yicha 
tortishuvlar 1894 yilda yapon-xitoy urushiga olib keldi. Yaponiya Xitoyga 
xujum qilib g‘alaba qozondi. Shunday qilib og‘ir sanoat rivojlanishga rag‘bat 
oldi. Xitoy bilan shartnomaga binoan Yaponiya Koreyani ekspansiya qilish 
huquqiga, katta kontributsiyaga, yapon fuqarolarini Xitoyda sanoat 
korxonalarini ochish huquqiga ega bo‘ldi. 

Download 101.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling