Yaponlar Butun dunyo allaqachon Yaponiyaning eng uzoq umr ko'rishini biladi. Nega yaponlar eng uzoq umr ko'rishadi va yoshlaridan ancha yoshroq ko'rinishadi? Qariyalar faol hayot tarzi bilan shug'ullanishadi, sport bilan shug'ullanishadi
Yaponcha salomatlik qoidalari «Kep qoling, sakkizoyoqlar bor!»
Download 42.72 Kb. Pdf ko'rish
|
4 MATN Yaponlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Olmadan uch, o’rikdan besh kilo torting!»
- «Kam-kam ye…»
Yaponcha salomatlik qoidalari «Kep qoling, sakkizoyoqlar bor!»
Yaponiyada baliq, sabzavotlar, mevalar, guruch va dukkakli o’simliklar — har kungi ovqatlanish ratsionining asosiy mahsulotlari. Yapon oshxonasi hamda baliq va dengiz mahsulotlari bir-biri bilan chambarchas bog`liq. Axir, Yaponiyadagi dengiz qirg`oqlarida baliqning 3000 dan ortiq turini ovlash va ulardan mazali va foydali taomlar tayyorlash mumkin. Har bir yaponiyalik yiliga o’rtacha 68 kilogramm baliq iste’mol qiladi, bu boshqa mamlakatlarda yashovchi xalqlardan uch-to’rt marta ko’p deganidir. Losos balig`i — yapon oshxonasining eng mazali va sevimli balig`idir, shuningdek, gulmohi (forel) skumbriya, tunets krevetkalar, sakkizoyoqlar, ilonbaliq (ugor) qisqichbaqa va boshqa dengiz mahsulotlariga Yaponiyada talab katta. Bunday «dengiz diyetasi» sharofati bilan organizm mo’l-ko’l ravishda oqsillar, turli minerallar, yod, selen va asosiysi, «Omega-3» yog` kislotasi bilan ta’minlanadi. Aynan «Omega-3» yurak va qon tomirlari faoliyati uchun javob beradi. Yapon oshxonasi taomlarining kaloriyasi past va organizm uchun zararli hisoblanadigan hayvon yog`- laridan xoli. Tozalanmagan guruch va turli sabzavotlar esa organizm uchun juda foydali sanaladigan kletchatka manbaidir. Sabzavotlar qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi. Yaponlar har qanday o’simlik va sabzavotdan taom tayyorlashni va uni dasturxonga chiroyli qilib tortishni qotiradilar. Hatto eng injiq bolajonlar ham bu mazali taomlardan bosh tortmaydilar va ular yoshligidanoq shunday tarbiyalanadi. Yaponiyada «taomlar kalendari» bor. Har mavsumda sabzavotlar va mevalardan turli taomlar tayyorlanadi, xalq sayllari uyushtiriladi. Bu an’anaga aylanib ketgan. «Olmadan uch, o’rikdan besh kilo torting!» Yapon xalqi mevalarni sevib iste’mol qiladi. Meva boshqa joylardan olib kelingani sabab juda qimmat narxlarda sotiladi, ammo shunga qaramay, yaponiyaliklar dasturxonidan qishin-yozin mevalar arimaydi. Yangi uzilgan mevalar, shuningdek, mevali salatlar xush ko’rib yeyiladi. Olma, shaftoli, xurmo, banan, o’riklar va sitrus mevalardan saylab olaverasiz… Yaponlar sabzavot va mevalar yurak-qon tomir xastaliklari kelib chiqishining oldini olishda katta ahamiyatga ega ekanligini yaxshi biladilar. Karamning turli navlarida uchraydigan fitoestogen moddasi esa saraton kasalligiga chalinishning oldini olishi haqida ularga yoshligidan uqtiriladi. Yaponlarning xushbichimligiga kelsak, sabzavot va mevalar ortiqcha vazn yig`ilishiga yo’l qo’ymaydi. «Kam-kam ye…» Yaponlarning taom porsiyasi g`arb porsiyasining uchdan bir kismiga teng keladi. Biz oshqozonda taomni «zahira» qilmasak, qo’l artmaymiz to’g`rimi, yaponlar esa dasturxondan biroz och holda turishadi. Ular shoshmay ovqatlanishadi. Taomning mazasini obdon bilish uchun yaxshilab chaynashadi («Saroy javohiri» serialidagi qirolning ovqat yeyishini eslang). Yapon ayollari haqiqiy bekalardir – ular nafaqat mazali ovqat tayyorlashadi, balki uni dasturxonga ishtahani ochadigan tarzda tortishniyam bilishadi. Ularning fikricha, taomdan lazzatlanish lozim. Xasi (maxsus tayoqchalar) bilan ko’p mikdorda ovqat yeb bo’lmaydi, semirib ketmaslikning yana bir sababi balki shudir. Dalil Dunyodagi 110 yoshdan oshgan 40 nafar qariyaning 20 tasi Yaponiyada yashaydi. Dziroemon Kimura bobo — 116, Misao Okava buvi esa 117 yil umr ko’rgan. Download 42.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling