Yaratilgan sanasi: Fri, 7 Mar 2023 13: 08: 12 +0500 Page 1-savol


Yaratilgan sanasi: Fri, 17 Mar 2023 13:08:12 +0500


Download 53.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana20.03.2023
Hajmi53.75 Kb.
#1284660
1   2   3   4
Bog'liq
Xotin-qizlar o‘rtasidagi Zakovat intellektual turniri hududiy saralash bosqichi 1-15

Yaratilgan sanasi: Fri, 17 Mar 2023 13:08:12 +0500
Page 3
8-savol:
.
1862-yili Nosir Abdulaziz o‘g‘li Londondagi ko‘rgazmada Ozarbayjonning milliy “kelagayi”si bilan ishtirok
etgan. Kelagayi Londonlik ayollarning HAYOLINI o‘g‘irlaydi va tez fursatda sotilib ketadi. Kelagayining
bizdagi analogi ham bir qo‘shiqchining HAYOLINI o‘g‘irlagan. Savol: Kelagayining bizdagi analogini yozib
bering.
Javob:Ro‘mol.
Izoh: Kelagayi ozarbayjonning milliy ro‘moli sanalib, Londonda XIX asrda ancha bozori chaqqon bo‘lgan.
Alisher Fayzning taronasida esa Zuhraxonning ro‘moli qahramonning hayolini o‘g‘irlagani ta’kidlanadi.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D1%8F%D0%BB%D0%B0%D0%B3%D0%B0%D0%B8
9-savol:
.
Ro‘zg‘ordagi bir ishni qilishdagi tavsiyalar orasida quyidagilar ham bor: mahsulotni 10 daqiqa muzlatkichga
qo‘yish, o‘tkir tig‘, pichoqni vaqti-vaqti bilan ho‘llash, ildizni kesib yubormaslik kabi. Savol: Bu
maslahatlarga amal qilsangiz, sizda qaysi ishni qilmaslik ehtimoli ortadi?
Javob:Ko‘z yosh to‘kmaslik.
Izoh: Yuqoridagilar qanday qilib, ko‘z yosh to‘kmasdan piyozni to‘g‘rash haqidagi tavsiyalar edi. Siz saqich
chaynash kerak degan gapni ham eshitgan bo‘lsangiz kerak.
Manba: https://daryo.uz/2017/12/21/qanday-qilib-koz-yoshi-tokmasdan-piyoz-togrash-mumkin
10-savol:
.
Odamzod uzoq davr davomida sham orqali yoritish sharoitida yashagan va ko‘p narsani sezmagan. Elektr
toki bilan yoritish ixtiro qilingach insonlar avval sezmagan kamchiliklarni payqay boshlashgan. Shu
davrdan boshlab bu sohada katta rivojlanish boshlandi. Savol: Bu yerdagilarga yaxshi tanish sohani yozib
bering.
Javob:Kosmetologiya.
Izoh: Odamlar endi bir-biridagi ajinlarni, dog‘larni va turli nuqsonlarni aniq ko‘ra boshlagan. Keyin esa bu
kamchiliklarni yopish bilan shug‘ullanuvchi soha – kosmetologiya rivojlanib ketgan.
Manba: https://tinyurl.com/3k2yaefd

Download 53.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling