Yaratilgan sanasi: Mon, 5 Sep 2023 12: 18: 34 +0500 Page 1-savol


Yaratilgan sanasi: Mon, 25 Sep 2023 12:18:34 +0500


Download 106.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana29.09.2023
Hajmi106.98 Kb.
#1689767
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Саволлар

Yaratilgan sanasi: Mon, 25 Sep 2023 12:18:34 +0500
Page 18
ketishdan saqlaydi.
Manba: https://www.meteovesti.ru/news/63704406417-avstraliyskoy-ehidne-ne-strashny-lesnye-pozhary
https://en.wikipedia.org/wiki/2019%E2%80%9320_Australian_bushfire_season
56-savol:
Sumo polvonlari ovqatda o‘zlarini cheklamaydilar. Cho‘chqa, mol, qush go‘shti, krevetka, mollyuska,
dukkaklilar, qo‘ziqorin, tuxum, guruch va boshqa narsalar. Lekin musobaqalar paytida irimchi polvonlar
mol yoki cho‘chqa go‘tini o‘rniga tovuq go‘shtini afzal ko‘radilar. Savol: Buning sababi nima?
Javob:Mol yoki cho‘chqa 4 oyoqda (yiqilgan polvonga o‘xshab), tovuq ikki oyoqda turadi (yengilgan polvon
kabi).
Izoh: Вокруг Света, 11/2002, стр. 103
57-savol:
Pulemyot ixtirochisi Xayrem Maksim 1912 yildayoq ko‘rshapalaklar o‘z qanotlaridan chiqgan tovushning
aks-sadosidan mo‘ljal olishini aniqlagan edi. Shunga asosan u IKS larni yaqinlashayotgani haqida
ogohlantiruvchi qurilma loihasini yaratmoqchi edi. Savol: IKS larni yozib bering.
Javob:Aysberg.
Izoh: 1912 yil “Titanik”ga olib borishi kerak edi.
58-savol:
18 asrda Amsterdamda uylar bir birlarga o‘xshamasligi bu kasb egalariga o‘z vazifasini bajarishga yordam
bergan. Hindularda bu kasb egalari qanot bilan tasvirlangan. Savol: Bu kasb egalarini yozib bering.
Javob:Pochtalyon.
59-savol:
Jak Iv Kusto dengizchilar uchun kerak bo‘ladigan bu kichik predmetni spirtli idishda suzib yurgan va dengiz
tubiga cho‘kib ketgan kemalardagi yagona jonli narsa deb aytgan. Savol: Bu qaysi kichik predmet?
Javob:Kompas
Izoh: Kompaslar strelkalari bir tekis harakat qilishi uchun, uning ichiga spirt solinadi.


Yaratilgan sanasi: Mon, 25 Sep 2023 12:18:34 +0500
Page 19
60-savol:
Germaniyaning katta trassalarida tezlikka cheklov qo‘yilmagan, ammo ba’zi bir holatlarda haydovchilarni
tezlik sababi bilan jarimaga tortishlari mumkin ekan. Savol: Qanday holatlarda?
Javob:Sekin yurganlik uchun
Izoh: Juda sekin yurib boshqa avtomobillarning harakatiga xalaqit qilishi mumkin.
61-savol:
Janubiy sharqiy Osiyo davlatlarida katakli matodan tayyorlanadigan uzun yubkaga o‘xshab ketadigan
sarong nomli milliy kiyim turli marosimlarda, plyajda ham kundalik kiyim sifatida kiyiladi. Savol:
Sarongning odatiy kiyimlardan ajralib turuvchi farqi qanday?
Javob:Ayollar bilan birgalikda erkaklar ham sarong kiyadi.
62-savol:
Xitoyning Tan sulolasiga oid qadimiy chinni idishda Buyuk ipak yo‘lining ramzi bo‘lgan bir hayvonning
tasviri tushirilgan. Savol: Qaysi hayvon surati tushirilgan?
Javob:Tuya.
63-savol:
AQSHda ishlab chiqariladigan bir maxsus uskunalar faqat tez tibbiy yordam, polisiya va o‘t o‘chirish
xizmatlariga beriladi. Ular bu uskunalar yordamida yo‘ldagi bir qurilmani o‘zgartirishlari mumkin. AQSH yo‘l
xizmatiga javobgar muassasalar ushbu uskuna oddiy insonlar qo‘liga tushib qolishidan xavfsirashadi.
Savol: Ushbu bu uskunadan nima maqsadda foydalanishadi?
Javob:Svetoforning chirog‘ini o‘zgartirishda.
64-savol:
Zimbabveda daraxt g‘ovagi ichida 40 kishini o‘zida sig‘dira oladigan noodatiy avtobus bekati faoliyat
yuritib kelmoqda. Savol: Ushbu avtobus bekati qaysi daraxt turidan yasalgan?
Javob:Baobab.



Download 106.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling