Yaratilgan sanasi: Mon, 5 Sep 2023 12: 18: 34 +0500 Page 1-savol
Yaratilgan sanasi: Mon, 25 Sep 2023 12:18:34 +0500
Download 106.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Саволлар
Yaratilgan sanasi: Mon, 25 Sep 2023 12:18:34 +0500
Page 21 68-savol: 1949-yilda chiqqan bir mashhur antiutopiya janridagi asar personaji nomi bilan ataladigan ushbu mukofot fuqarolarning shaxsiy hayoti va erkinliklarini juda qo‘pol ravishda buzgan hukumat yoki biror tashkilotga beriladi. Mukofot g‘oliblari orasida foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash borasida nizoli siyosatga ega “Google” kompaniyasini, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni, Angliya sobiq bosh vaziri Toni Blerni ko‘rish mumkin. Savol: Bu mukofot nomini ikki so‘zda yozib bering. Javob:“Katta og‘a”. Izoh: Bu asar Jorj Oruelning "1984" asari edi. Asar qahramoni esa "Katta aka". Zachot: “Katta aka”. Manba: https://t.me/nota_bene1/2144 69-savol: G‘arbdagi barlarda kovboylar o‘rtasida janjal chiqib qolsa pianinochiga o‘q uzish holatlari ko‘p kuzatilgan. Shu sabab pianino yonidagi devorda "Pianinochini otmang, u qo‘lidan kelganicha chaladi" mazmunidagi yozuv osib qo‘yilgan. Yuqoridagi ibora bo‘yicha bir latifa ham mavjud : "G‘arbda kovboy barga kiradi va pianino tepasidagi shu yozuvga ko‘zi tushadi, lekin pianinochining o‘zi yo‘q edi. - Pianinochi qani? - hayron bo‘ladi kovboy. - Bilasizmi, kecha barga kovboy kirgandi. U ... ekan." Savol: Savol latifada biz tushurib qoldirgan so‘z yoki so‘zlarni yozib bering. Javob:Savodsiz. Zachot: O‘qishni bilmaydigan. Manba: https://t.me/kundaleaks/5784 70-savol: Italiyalik futbol murabbiyi Karolina Morache 2000-2005 yillar oralig‘ida Italiya termasini Yevropa chempionati finaliga olib chiqqan bo‘lsa-da, uning 1999-yilda Italiya C seriyasida to‘p tepuvchi Viterbeze klubiga murabbiy etib tayinlanishi tarixga muhrlangan. Savol: Bu murabbiyning tarixga muhrlanishiga sababni yozib bering. Javob:U erkaklar termasiga murabbiy bo‘lgan ilk ayol murabbiy sanaladi. Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Мораче,_Каролина#cite_note-uefa-3 71-savol: Ushbu o‘zbek xalq iborasi xasis odamdan ittifoqo biror saxovatli ish chiqib qolsa, hech narsa bilmaydigan odamdan biror ma’noli fikr chiqib qolsa, hech indamay jim yuruvchi kishi biror bir qiliq qilib qo‘ysa, doim |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling