Yaratilgan sanasi: Mon, 5 Sep 2023 12: 18: 34 +0500 Page 1-savol
Yaratilgan sanasi: Mon, 25 Sep 2023 12:18:34 +0500
Download 106.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Саволлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaratilgan sanasi: Mon, 25 Sep 2023 12:18:34 +0500 Page 25 82-savol
Yaratilgan sanasi: Mon, 25 Sep 2023 12:18:34 +0500
Page 24 Javob:Soqol. Manba: https://ugmk.ua/press/smi/zachem-kyznecy-boroda/ 79-savol: O‘rta asrlarda yirik yer egasi, zamindor kishilar shunday deyilgan. Bundan tashqari, bu so‘zning ajam, ya’ni fors-tojikcha, qissago‘y kabi ma’nolari ham bor. Savol: Ushbu so‘zni toping. Javob:Dehqon. Manba: Suyun Qorayev toponomika kitobi 184-bet 80-savol: Yunonistonda qadimdan to‘y torti tayyorlashda asosan ushbu xushbo‘y mevadan foydalanib kelishadi. Oxunjon Madaliyev ijodida ham bu mevaning hidi nomli tarona ancha mashurlikka erishgan. Savol: Bu qaysi meva. Javob:Behi. Izoh: Yunonlar to‘y tortida behidan foydalanishadi. O.Madaliyevning taronasi nomi esa "Behini hidi". Zachot: Aniq javob. Manba: http://www.vodiyuz.com/mp3/ohun_madaliyev/ohunjon_madaliyev_behi_hidi/75-1-0-1211 81-savol: Sherdor madrasasining qurilishi haqida shoir Mir Hoji Samarqandiy quyidagi so‘zlarni keltirgan: “Uni barpo etgan Yalangto‘sh Bahodurdurkim va uning qurilgan yilini ham X hisobida “Yalangto‘sh Bahodur” deb bilingizlar”. Bundan kelib chiqib mutaxassislar madrasa aynan 1618-yilda qurila boshlanganini bilishgan. Savol: X ni yozib bering. Javob:Abjad. Izoh: Abjad-qadimgi arab alifbosi tarkibidagi harflardan tuzilgan va har qaysi harfning son qiymatini eslab qolish uchun yasalgan sakkizta soʻzning birinchisi va shartli umumiy nomi. U orqali harfli matnlarni songa aylantirishgan. Zachot: Aniq javob. Manba: 1.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Abjad 2.https://ziyouz.uz/matbuot/qayta-qurish-davri-matbuoti/komilxon-kattaev-sherdor-1990/ Yaratilgan sanasi: Mon, 25 Sep 2023 12:18:34 +0500 Page 25 82-savol: U 1942-yilda armiyaga chaqirilgan va Mo‘g‘ulistonda hizmat qilgan. Bir marta urush maydonidagi harbiy qismlarga chaqiruv uchun harbiy komissar keladi. Ofitserning: “Artilleriyaga kim boradi?”, “Flotga kim boradi?”, “Razvedkaga kim?” degan savollarining hammasiga U “Men boraman” deya javob bergan ekan. Savol: Bu inson kim edi? Javob:Leonid Gayday Izoh: Keyinchalik rejissyor ushbu epizodni “Shurikning boshqa sarguzashtlari” filmi uchun moslashtirgan. Mashhur filmlardagi ko‘pgina epizodlar hayotdan olingan. Manba: https://www.kinopoisk.ru/name/191587/ 83-savol: Lui Linan de Belfon Misr hukmdori Muhammad Ali Poshodan Nil daryosida to‘g‘on qurish buyurtmasini oladi. Misr hukmdori xarajatlarini kamaytirish uchun Belfonga Ularning toshlarini olib borib ishlatishni buyurgan. Belfon bunga qarshi chiqadi va ushbu tarixiy yodgorliklarni saqlab qoladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Ularni toshidan foydalanish kondan tosh olib ishlatishdan ikki piastrga qimmat tushar edi. Savol: Ularni yozib bering. Javob:Piramidalar (Misr piramidalari). Izoh: Misr hukmdori to‘g‘on qurishda Misr piramidalari toshlaridan foydalanishni buyurgan. Manba: https://ria.ru/20060131/43255022.html 84-savol: O‘zbek tilining izohli lug‘atida yozilishicha, tilimizdagi ushbu so‘zning ma’nolaridan biri “sadaqa”. Bu so‘z tahsin aytishda ham ishlatiladi. Savol: Ushbu so‘zni yozib bering. Javob:Tasadduq. Manba: ”O‘zbek tilining izohli lug‘ati”. 85-savol: Xokku shinavandalari fikriga ko‘ra, yapon xokkulari asosan 5 mavzuda yoziladi. 1-si bu albatta muhabbat mavzusi. Savol: Qolgan 4 mavzuni hoxlagan ketma-ketlikda yozib bering. Javob:Javob: Qish, bahor, yoz, kuz Izoh: yapon xokkularida mavsumlar va tabiat o‘zgarishlari asosiy o‘rinni egallaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling