Yaratilgan sanasi: Mon, 5 Sep 2023 12: 18: 34 +0500 Page 1-savol


Yaratilgan sanasi: Mon, 25 Sep 2023 12:18:34 +0500


Download 106.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana29.09.2023
Hajmi106.98 Kb.
#1689767
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Саволлар

Yaratilgan sanasi: Mon, 25 Sep 2023 12:18:34 +0500
Page 26
86-savol:
O‘tgan asr 70-yillarida SSSRlik Vyacheslav Pechuchev vaqt mashinasining tahminiy modelini ishlab chiqqan
va pul mukofoti bilan taqdirlangan. Savol: Unga mukofotni qanday yoki qaysi muassasa topshirgan?
Javob:Mosfilm kinostudiyasi.
Izoh: Ivan Vasilievich kasbini o‘zgartiradi filmida foydalanigan vaqt mashinasi modelini ishlab chiqqan.
Zachot: Kinostudiya.
87-savol:
Samuray Masakadu o‘zini imperator deb e’lon qilgach, imperatorligining dastlabki kunida tushlik paytida
bir nechta guruchlarini yerga to‘kib oladi. Darhol guruch ushoqlarini qo‘li bilan terib oladi. Buni ko‘rgan
xizmatkorlari bu samuraydan imperator chiqmasligiga ishonchi komil bo‘lishadi. Savol: Haqiqiy imperator
bunday vaziyatda nima qilishi kerak edi?
Javob:Guruchni terib olishni xizmatkorlariga buyurishi kerak.
88-savol:
Fizik Leo Stilard uzoq sayoxatlar vaqtida hayoliga aqlli g‘oyalar kelib qolsa uni qog‘ozga yozib, uyiga xat
shaklida jo‘natib turgan. Savol: Bundan qanday amaliy maqsad ko‘zlangan?
Javob:Xatda sana yozilgan bo‘ladi va bu o‘sha g‘oyani patentlashtirishni osonlashtirgan.
89-savol:
Marshal Jukov Coco-cola ichimligini yaxshi ko‘rgan. U bir kuni kompaniyaga ichimlikni rangsiz chiqarishni
taklif qilgan. Savol: Nima sababdan?
Javob:Colani hamma oldida icha olishi uchun.
Izoh: SSSR va AQSH orasidagi sovuq munosabatlar sabab hammaning ko‘z oldida icha olmagan.
90-savol:
Bir serial qahramoni o‘ziga do‘st qidirish maqsadida kutubxonadan “Do‘st topish sirlari” nomli kitob oladi.
Bu kitob yordam bermagach bir odam SHUNDAY odamlar ro‘yhatini olishni maslahat beradi. Bir tomondan


Yaratilgan sanasi: Mon, 25 Sep 2023 12:18:34 +0500
Page 27
bu juda o‘rinli maslahat edi. Savol: Qanday odamlar?
Javob:Kutubxonadan ushbu kitobni olgan odamlar ro‘yhati.
91-savol:
Bilasiz, o‘tgan asrda ham futbolchilar transferi ancha qimmat bo‘lgan. Birodar Abduraimov Paxtakorning
eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan. Lekin u Moskvaning SSKA jamoasida ikki yil bepul o‘ynagan. Savol: Nima
sababdan?
Javob:Harbiy xizmatda bo‘lgan.
Izoh: SSKA armiyachilar jamoasi bo‘lganligini bilsangiz kerak.
92-savol:
Vladimir Dal o‘z xotiralarida yozishicha, qishloqlardan birida uning pulini o‘g‘irlab ketishadi. Asosiy
gumondor o‘g‘irlik bo‘lgan joyda bo‘lganini, lekin o‘g‘irlamaganini aytadi. Shu paytda Dalning ofitseri kelib,
unda “sehrli strelka” borligini va u o‘g‘rini to‘g‘ri topishini aytadi. “Sehrli strelka” gumondarni ko‘rsatgach
gumondor aybini tan oladi. Savol: Sehrli strelka aslida nima edi?
Javob:Kompas
Izoh: O‘g‘rini atayin shimol tarafga qoldirib kompasni ochgan.
93-savol:
Qoraqalpoq folklori afsonalariga ko‘ra, ular dastlab egizak qiz bo‘lishgan. Shayton ularning BIRINCHIsiga
IKKINCHIsi chiroyliroq ekanligini aytgach BIRINCHI IKKINCHIning yuzini kuydiradi. Savol: Birinchi va
ikkinchini toping.
Javob:Quyosh va Oy.
Izoh: Quyosh oyning yuzini kuydirgach dog‘lar paydo bo‘lgan deyiladi.
94-savol:
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropaning ko‘plab davlatlari kabi Gollandiya ham o‘tgan asrning 70-
yillarida Isroil davlatining yonini oladi. Shundan so‘ng Gollandiyada bir transport turi ommalasha
boshlagan. Savol: Qaysi transport?
Javob:Velosiped
Izoh: 70-yillarda Isroilning yonini olgan davlatlarga arab davlatlari neft sotmay qo‘yadi va natijada benzin



Download 106.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling