9-mavzu. Texnologiyaning globallashuvi va uning jahon bozoriga ta’siri
Download 24.16 Kb.
|
Глобал иктисод
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik taraqqiyotning xalqaro savdoga ta’siri nazariyalari
- Jahon iqtisodiyotida quyidagilar texnologiyani eltuvchilar sifatida namoyon bo‘ladi
Texnologiyaning globallashuvi va uning jahon bozoriga ta’siriREJA:
Texnik taraqqiyotning xalqaro savdoga ta’siri nazariyalari
Jahon iqtisodiyotida quyidagilar texnologiyani eltuvchilar sifatida namoyon bo‘ladi:
Texnologiya rivojlanishining asosida texnik taraqqiyot yotadi. Texnik taraqqiyotning ko‘plab ta’riflari va tahliliy uslublari mavjud. Texnik taraqqiyotning ma’lum darajada ommabop bo'lgan modelini ingliz iqtisodchisi Jon Xiks ishlab chiqqan. J.Xiksning fikricha texnik taraqqiyot uch guruhga bo‘linadi: neytral, mehnat omilini tejovchi va kapitalni tejovchi. Neytral texnik taraqqiyot — bir vaqtning o ‘zida mehnat va kapital omillari unumdorligining ortishini ta ’minlovchi texnologiyaga asoslangan taraqqiyot. Mazkur texnik taraqqiyot natijasida tovar ishlab chiqarishga sarflanadigan mehnat va kapital xarajatlari qisqartiriladi Mehnat omilini tejovchi texnik taraqqiyot — kapital unum dorligining mehnat unumdorligiga nisbatan yuqori samara berishga asoslangan taraqqiyot. Kapital omilini tejovchi texnik taraqqiyot — mehnat unumdorligining kapital unumdorligiga nisbatan yuqoriroq samara berishiga asoslangan taraqqiyot turi hisoblanadi. Xalqaro savdoda tovarlarning hayotiylik sikli talay mamlakatlarning texnologik yangi tovarlami ishlab chiqarishga va eksport qilishga moslashayotganida, boshqa mamlakatlaming taniqli tovarlarini ishlab chiqarayotganidan kelib chiqadi. Qator yuqori kapitalga va malakali ishchilarga ega rivojlangan mamlakatlar yuqori texnologiyani o‘zida mujassamlashtirgan zamonaviy texnik vositalarga ko‘proq kapital jalb qilish orqali yangi mahsulotlami ishlab chiqarish hamda qiyosiy dinamik (o‘zgaruvchanlik) mulkni boshqa mamlakatlardan olish arafasida turibdilar Download 24.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling