Texnologiyalarni xalqaro uzatish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: - Patent shartnomasi — xalqaro savdo bitimi bo‘lib, unga muvofiq patent egasi ixtirodan foydalanish huquqini xaridorga beradi. Odatda, tor doirada ixtisoslashgan kichik firmalar ixtironi ishlab chiqarishga joriy etish imkoniyatiga ega boimaganliklari sababli patentni yirik korporatsiyalarga sotadilar.
- Litsenziya shartnomasi — xalqaro savdo bitimi bo‘lib, unga muvofiq kashfiyot egasi texnologiyaga bo‘lgan egalik huquqini xaridorga muayyan chegara va shartlarda foydalanish uchun beradi.
- «Nou-xau» — muayyan yutuqqa, natijaga erishish imkonini beruvchi texnik tajriba va ishlab chiqarish sirlarini taqdim etish. Ular texnologik, iqtisodiy, m a’muriy va moliyaviy xarakterga ega bo‘ladi. «Nou-xau»da oldi-sotdi predmeti bo‘lib tijorat ahamiyatiga ega bo‘lgan patentlanmagan ixtirolar xizmat qiladi.
- Injiniring — xarid qilingan yoki ijaraga olingan mashina va uskunalami o‘rnatish hamda ishlatish uchun zarur bo'lgan texnologik bilimlarni taqdim etish. Injiniring loyihalaming texnik-iqtisodiy asosnomasini tayyorlash, maslahatlar berish, nazorat qilish, loyihalashtirish, tajriba o‘tkazish, kafolat davri va kafolat davridan so‘ng servis xizmat ko‘rsatish kabi kompleks tadbirlami qamrab oladi.
Xalqaro texnologiyani uzatish uch bosqichda amalga oshiriladi: - texnologiyani tanlash va sotib olish;
- sotib olingan texnologiyani o'zlashtirish va unga moslashish;
- fan-texnika chegarasida joylashgan texnologiyani takomillashtirish.
Xalqaro texnologiyani uzatishning quyidagi kanallari mavjud: - - tashqi savdo — texnologiyani mashina—uskunalar bilan birgalikda qo'shib uzatish;
- - ichki firma kanali — yangi texnologiyani transmilliy korporatsiyalaming filiallari va «qiz» korxonalariga yetkazib berish;
- - firmalararo kanal
Xalqaro texnologiyalar uzatishning muhim shakllaridan biri litsenzion savdo bo'lib, u litsenzion shartnoma asosida amalga oshiriladi. Litsenzion shartnomada litsenziya turi (patentli va patensiz), texnologiyadan foydalanish huquqi, xarakteri va chegarasi (oddiy, istisnolik, to‘liq), ishlab chiqarish sohasi va territorial foydalanish chegarasi belgilanadi. - Patentli litsenziya — patentdan foydalanish huquqini «nouxau»siz taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjat.
- Patentsiz litsenziya — ixtironing patensiz «nou-xau»dan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
- Istisnosiz litsenziya — litsenziyalami ushbu hududda joylashgan boshqa litsenziatlarga ham taqdim etish huquqini qoldiruvchi litsenziya.
- Istisnoli litsenziya — litsenziatning texnologiyadan foydalanish monopol huquqini mavjudligini hamda litsenziami ushbu hududda patentlangan texnologiyalar va «nou-xau»lardan mustaqil foydalanish va ularni sotishni rad etilganini nazarda tutuvchi litsenziya.
- To‘liq litsenziya — shartnoma amal qilishi davrida litsenziarning patent yoki «nou-xau»dan to'Iiq, mustaqil foydalanish huquqidan voz kechishini belgilovchi litsenziya.
- Litsenzion to‘lov — litsenziat tomonidan shartnoma predmetidan foydalanganligi uchun litsenziarlarga to‘lanadigan haq.
Do'stlaringiz bilan baham: |