Yaratilgan sanasi: Sat, 10 Dec 2022 10:23:50 +0500
Page 4
14-savol:
.
O‘tgan asr 60-yillarida Normandiya xristianlar ittifoqi qo‘shiqchi Klod Fransuaga maxsus diplom
topshirishadi. Unga bu diplom uning konsertlari tufayli boshqa bir mahsulotning savdosi oshganligi sababli
beriladi. Savol: Qaysi mahsulot?
Javob:Pomidor.
Izoh: Uning qo‘shiqlari ko‘pchilikka yoqmagan va konsertda unga pomidor uloqtirishgan.
15-savol:
.
Ko‘pgina kemalarda, ayniqsa harbiy kemalarda hushtak chalish ta’qiqlangan. Dengizchilar irimiga ko‘ra, bu
qattiq shamol yoki to‘fonni chaqiradi deb hisoblashgan. Lekin kemada ikki kishiga hushtak chalish mumkin
bo‘lgan. Birinchisi – bu botsman. U hushtak orqali ma’lumotlar bergan. Savol: Kemada botsmandan
tashqari yana kimga hushtak chalishga ruxsat berilgan?
Javob:Oshpaz.
Izoh: Bu bilan oshpaz pishirayotgan ovqatini o‘zi yemayotganini bildirib turgan.
16-savol:
.
Statistikaga ko‘ra, XXI asr boshida bu voqeadan so‘ng, bir necha hafta davomida Britaniyalik bolalar
orasida ko‘chada bo‘ladigan jarohatlar keskin kamaydi. Savol: Bu voqea bilan bog‘liq eng mashhur nomni
yozib bering.
Javob:Garri Potter.
Izoh: Garri Potterning navbatdagi romani chiqqanidan so‘ng, yuz minglab ingliz bolalari bir necha hafta
davomida kitob o‘qishga o‘tirishgan, ko‘chada kamroq o‘ynashgan va shunga ko‘ra kamroq jarohat
olishgan.
17-savol:
.
Tarixchining yozishicha, ko‘plab hindular Ularni mustamlakachilardan ozod qiluvchilar deb bilishgan va
Ularga qo‘shilib bir necha yil davomida o‘z uylarini tashlab chiqishgan. Boshqa “ULAR” to‘rt yarim milliard
dollardan ko‘proq mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. Savol: ULARni uch so‘z bilan yozib bering.
Javob:Karib dengizi qaroqchilari.
Izoh: Dengiz qaroqchilari odatda irqchilik qilmaydilar, hindularni o‘zlaridan past deb bilishmaydi va bir-
birlarining tillarini o‘rganib, yaqin aloqada bo‘lishadi. Hozirda beshta filmdan iborat bo‘lgan mashhur kino
Do'stlaringiz bilan baham: |