Yaratilgan sanasi: Tue, 11 Apr 2023 11:48:58 +0500
Page 3
8-savol:
.
1900-yilda Vladimir Ilich Lenin Rossiyadagi tarqoq inqilobiy UCHQUNLAR marksizm gʻoyalari
asosida
birlashib ,ALANGA olishi kerak degan fikrga keldi va shu yili ilk bor ushbu gazeta rus tilida nashr etildi.
Savol: Bu qaysi gazeta?
Javob:Искра.
Manba: https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Искра_(газета)
9-savol:
.
"Yoshlar nima hohlaydi" nomli tv kòrsatuvlarning birida notòĝri tarĝibot sabab ma'naviyat politsiyasi
barchani
bir qolipga solayotgani, kalta paypoqlar uzunlashtirilayotgani, uzun soqollar
esa kaltalanayotgani
tanqid qilinadi. Bu kòrsatuvni kòrgan savol muallifi ma'naviyat politsiyasini Unga qiyosladi. Uni biri atoqli ot
bòlgan ikki sòzda ayting.
Javob:Prokrust yotoĝi.
Izoh: Yunon mifologiyasidagi Prokrust ismli qaroqchi barcha qurbonlarini
krovatiga yotqizib, kalta
bo’lganlarni cho’zar, uzun bo’lganlarni qo’l oyoqlarini kesardi.
Zachot: Prokrust krovati,(tòshagi) va shu mazmundagi javoblar.
10-savol:
.
Breaking Bad seriali bosh qahramoni
Saratonga chalinganini bilgach, o‘lganidan keyin oilasiga ko‘p pul
qoldirishni MAQSAD qiladi va ko‘plab jinoyatlarga qo‘l uradi. Qahramon yaqinlariga bu ishlarni oilasi uchun
qilayotganini ko‘p marta ta'kidlab, o‘zini OQLAMOQchi bo‘ladi. Savol muallifi serial ko‘rish davomida 1469-
yilda tug‘ilgan insonning mashhur gapini eslab o‘tadi.Savol: Kimning?
Javob:Nikolo
Makiavelli
Izoh: "Maqsad vositani oqlaydi" gaplari Makiavelliga tegishli. Savolda maqsad va oqlamoq so‘zlariga urg‘u
berilgani shundan.