Yaratilgan sanasi: Wed, 0 Nov 2022 11: 25: 18 +0500 Page 1-savol
Download 47.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Zakovat to\'garagi 06.09.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-savol: .
- 8-savol: .
- 9-savol: .
- Yaratilgan sanasi: Wed, 30 Nov 2022 11:25:18 +0500 Page 3
- 10-savol: .
6-savol:
. Shotland yozuvchisi Robert Luis Stivensonning asarida tropik o‘lkalardagi bo‘ron paytida bu mevalar pushka to‘pi bilan taqqoslanadi. Savol: Bu qaysi meva? Javob:Kokos yong‘og‘i. Izoh: Stivensonning ko‘plab asarlar voqelari tropik orollarida joylashgan. Bir manzarada kuchli shamol uchirib ketgan kokos yong‘oqlarini qanday uloqtirgani tasvirlangan. 7-savol: . Avvallari amerikalik gazeta xodimlarida bu shtat haqida yetarlicha ma’lumot bo‘lmagani uchun ham “Jonsonning qutb ayiqlari zooparki” kabi sifatlash ishlatishgan ekan. Savol: Ushbu shtatni yozib bering. Javob:Alyaska. Izoh: Amerikaliklar ruslardan Alyaskani sotib olganlarida bu hudud xaqida ma’lumot kam edi. 8-savol: . Hindistonga qayta ishlash uchun rivojlangan davlatlardan katta miqdorda tashlab yuborilgan kiyim-kechak jo‘natiladi. Hindistonlik ishchilar ichida hatto “g‘arbda U tanqis” degan noto‘g‘ri tushuncha tarqalgan. Savol: Uni yozib bering. Javob:Suv. Izoh: Bir necha tonna bus butun tashalab yuborilgan kiyimlarni qabul qilib olgan ishchilar, g‘arb davlatlarida kiyimlarni yuvish uchun suv yetarli emas, shu sabab yuvmasdan tashlab yuborishadi degan tushuncha paydo bo‘lgan. 9-savol: . Italyan jurnalisti va yozuvchisi Jovanni Moskaning yozishicha, bir o‘qituvchi UNI tushuntirish kerak bo‘lganda sinfga apelsin va sham olib kelgan. 16-asrda UNI bir astronom tushuntirib bergan. Savol: Bu Yaratilgan sanasi: Wed, 30 Nov 2022 11:25:18 +0500 Page 3 astronom kim? Javob:Nikolay Kopernik. Izoh: U – dunyoning geliosentrik tizimi. O‘qituvchi apelsin orqali yerni, sham bilan esa quyoshni tasvirlaydi. Oldinroq dunyoning geliosentrik tizimiga Nikolay Kopernik asos solgan. 10-savol: . Ushbu shahar ikkita kongress-markaz, ikkita teleminora, ikkita observatoriya, ikkita zoopark, ikkita otchopar, ikkita milliy galereyasi borligi bilan ajralib turadi. Savol: Qaychi shahar? Javob:Berlin. Izoh: Berlin devori shaharni deyarli 30 yil ikkiga ajratib turgan va ikki tomonda ham bir xil muassasalar bo‘lgan. Ikkisi birlashgandan keyin ham bir shaharda ikkitadan muassasalar qolgan. Download 47.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling