Yaratilgan sanasi: Wed, 5 Apr 2023 15: 55: 12 +0500 Page 1-savol
Download 198.57 Kb. Pdf ko'rish
|
Kapitoliy jamoasi Farg‘ona Namangan Andijon marafoni savollari 12
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-savol: .
- 9-savol: Блиц 1.
7-savol:
. Yaratilgan sanasi: Wed, 05 Apr 2023 15:55:12 +0500 Page 4 Yangi asrga yaqin, opa-singillar tomonidan oʻylab topilgan U, "tanlangan" edi. Finikiyaning hozirgi markazida tugʻilgan insonga U yanada mashxurlik olib keldi. Neologizmning uchdan bir qismi ham U. U oʻrnidagi bir soʻzni yozib bering. Javob:Neo! Izoh: Lana va Lili Vachovskilar tomonidan Matritsa filmi uchun yaratilgan Neo personaji Kianu Rivz tomonidan ijro etilgan. Finikiya hozirgi Livan hududiga toʻgʻri keladi. Neologizm soʻzining uchdan bir qismi NEO. Savol boshidagi yangi soʻzi sizlarni javobga eltti deb umid qilaman. 8-savol: . Savolda harflar tushirib qoldirilgan. 2021-yil iyul oyidagi muhim jarayonda "sana"ning oʻzgartirilishi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻldi va koʻpchilik tomonidan salbiy qarshi olindi. Bu holatga izoh berilmasligi esa, jahon tan olgan iqtidor va jasorat egasiga nisbatan hurmatsizlik sifatida baholandi. Diqqat, savol: Savol matnida tushirib qoldirilgan harflarni aniq yozib bering. Javob:O, K Izoh: 2021-yil iyul oyida Tokiodagi Olimpiada ochilish marosimida bayroqdor sifatida chiqishi kutilgan Oksana Chusovitinaning oʻrniga Nigora Tursunqulovaning chiqarilishi keng muhokamalarga sabab boʻldi. 9 oylik farzandi bilan musobaqalarda ishtirok etgani Oksanani jahon hamjamiyati tomonidan mislsiz jasorat va iqtidor egasi deb tan olinishiga asos boʻlgan. Manba: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Oksana_Chusovitina 9-savol: Блиц 1. Qizigʻi shundaki, uning kichigini Tomas Rolingson ismli ingliz 1725-yilda zavodidagi ishchilariga qulaylik maqsadida o‘ylab topgan. U mustaqillik ramzi hisoblanadi. Uni yozib bering. Javob:Kilt. Izoh: Izoh: shotland milliy kiyimi. 2. Hind-yevropa tilida soʻzlashuvchi xalq yoki boltaning bir turi. Uni bir soʻzda yozib bering. Javob:Kelt 3. Ushbu inglizning eng mashxur ixtirosi 16 yoshligida kemada Hindistonga qochib ketishi orqali yaratilgan. Rossiya imperiyasi bilan ham aloqalari mavjud boʻlgan. Uning Rossiya tomonga koʻproq yon bosgani anchagina qiziq holat. Uning familiyasini yozib bering. Javob:Kolt. Izoh: Izoh: Samuel Kolt oʻzining birinchi revolverini kema shturvaliga qarab yasagan. Tenglik tarafdori bo’lgan Kolt Rossiya tarafga yon bosgani qiziq holat, albatta. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling