Yarim avtomatik blokirovkada poyezdlar harakati poyezdlarni qabul qilish va jo'natish


Download 30.06 Kb.
bet1/3
Sana28.08.2023
Hajmi30.06 Kb.
#1671030
  1   2   3
Bog'liq
Yarim avtomatik blokirovkada poyezdlar harakati-hozir.org (1)


Yarim avtomatik blokirovkada poyezdlar harakati



YARIM AVTOMATIK BLOKIROVKADA POYEZDLAR HARAKATI 

POYEZDLARNI QABUL QILISH VA JO'NATISH 
1 . TFQ 260-bandiga muvofiq, yarim avtomatik blokirovkada:
poyezdning peregonni egallashiga ruxsat bo'lib, chiqish va o'tish
svetoforlarining ruxsat beruvchi ko'rsatkichlari xizmat qiladi; 
bir yo'lli uchastkalarda chiqish svetoforini ochish uchun poyezd
jo'natilayotgan qo'shni stansiya navbatchisidan blok-apparat orqali blokirovka 
rozilik signali olinishi kerak yoki blok-tizimni tegishli harakat yo'nalishiga
o'zgartirish kerak.
Poyezdni qabul qilishdan avval stansiya navbatchisi qabul qilish
marshrutini ilgaridan tayyorlab qo'yadi va kirish svetoforini (semaforini) ochadi 
yoki uni ochish to'g'risida ijro postiga farmoyish beradi.
Kelayotgan poyezd kirish svetoforini o'tgandan so'ng, u avtomatik tarzda 
yopiladi. Yo'l va strelkalari elektr izolyatsiyalanmagan stansiyalarda poyezd
kirish svetoforidan o'tgandan so'ng stansiya navbatchisi (markazlashtirish posti 
operatori) signal-knopka (dastak)ni signalning yopiq bo'lgandagi holatiga
keltiradi.
Poyezd stansiyaga to'liq tarkibda kelganiga ishonch hosil qilib, stansiya
navbatchisi jo'natish stansiyasiga kelishning blokirovka Signalini beradi, telefon 
orqali esa, poyezd kelgan vaqt haqida xabar yetkazadi. Agar poyezd suruvchi
lokomotiv bilan harakatlangan bo'lsa, kelish haqidagi xabarni va kelishning 
blokirovka signalini stansiya havbatchisi suruvchini yetib kelganiga ishonch hosil
qilgandan so'ng, jo'natish stansiyasiga uzatadi.
2. Poyezd peregondan to'liq tarkibda kelganiga ishonch hosil qilmasdan
turib, stansiya navbatchisiga poyezd jo'natilgan stansiyaga poyezdni yetib 
kelganligi haqidagi xabar va yetib kelish blokirovka signalini uzatish taqiqlanadi.
Poyezd stansiyaga to'liq tarkibda yetib kelganligiga stansiya navbatchisi 
shaxsan yoki strelkali post navbatchisining axboroti, strelkali post navbatchilari
bo'lmagan strelkalari markazlashirilgan stansiyalarda esa faoliyati poyezdlar 
harakati bilan bog'liq stansiyaning boshqa xodimlari yoki pereyezdlar
navbatchilarining axboroti bo'yicha, DATK tashishlarni tashkil qilish 
boshqarmasi boshlig'i tomonidan belgilangan va stansiyaning texnikaviy-
boshqaruv ko'rsatilgan tartibda poyezdning so'nggi vagonida poyezd sienal 
mavjudligiga ishonch hosil qiladi.
Poyezd stansiyaga to'liq tarkibda yetib kelganligini avtomatik nazorat 
qilish qurilmalari mavjud bo'lsa, stansiya navbatchisi povezd kelganidan so'ng
peregonning bo'shligiga nazorat asboblari ko'rsatmalariga asosan ishonch hosil 
qiladi.
Agar stansiyaga kelayotgan yuk poyezdi o'z-o'zidan tormozlash va tormoz 
magistrali uzilish signalizatsiyasining ishlab ketishi natijasida peregonda
kutilmagan to'xtashi ro'y bergan bo'lsa, lokomotiv mashinisti TFQning 250-
bandida ko'zda tutilgan talablarga rioya etish bilan birga, ushbu to'xtash haqida
stansiya navbatchisiga radio aloqa orqali xabar qilishi, bunday xabarni 
peregondan uzatishning iloji bo'lmagan taqdirda ushbu xabarni stansiya
navbatchisiga shaxsan yetkazish uchun stansiyada to'xtashi lozim. Bunday 

holatlarda poyezdning to la tarkibda harakatlanishini nazorat qilish stansiya


xodimlari singari, lokomotiv brigadasiga ham yuklatiladi.
3. Poyezd stansiyaga qabul qilingandan so'ng kelishni nazocat qiluvchi
qurilmalar ishlab ketmasa, poyezdni to'liq tarzda kelganligiga ishonch hosil 
qilgan stansiya navbatchisi bu haqda poyead dispetcheriga xabar qiladi.
Peregonni chegaralovchi stansiyalaming navbatchilari bilan so'zlashuv orqali 
uning bo'shligiga ishonch hosil qilgan poyezd dispetcheri, ikkala stansiyaga ham
bir paytda kelish blak-signalini berishga ruxsat etadi, shundan so'ng stansiya 
navbatchisi yordamchi knopkani bosish, elektrmexanik blokirovkada esa, pedal-
michkasini sun'iy ishlatib yuborish yo'li bilan ushbu amalni bajaradi.
Ruxsat quyidagi shaklda beriladi:
“________ stansiya navbatchisiga № ____ poyezd uchun stansiyaga 
kelishning blokirovka signalini yordamchi knopkani bosish (pedal-zamichkasini
sun'iy ishlatib yuborish) usuli bilan berishga ruxsat beraman. DNS ___”. 
Poyezd stansiyaga kirish svetoforining taqiq ko'rsatmasida qabul
qilinganda ham xuddi shu tartibga rioya etilishi kerak. Kelish yordamchi 
knopkasi yoki pedal-zamichkadan plomba uzilganligi haqida stansiya navbatchisi
ko'rik jurnaliga yozuv kiritadi.
Agar yo'l blokirovka qurilmalarini boshqarish apparati kelish yordamchi
knopkalari bosilganini va pedal-zamichkalar ishlab ketganini qayd etuvchi 
hisoblagich (schyotchik) bilan jihozlangan bo'lsa, bu knopkalar plombalanmaydi.
Bunday holatlarda kelishning blokirovka signali sun'iy ravishda berilganda 
stansiya navbatchisi poyezdlar harakati jurnalidagi tegishli poyezd raqamining
to'g'risiga hisoblagich-ko'rsatkichning ko'rsatmasini yozib qo'yadi.
Agar sun'iy ishlab ketish signalizatsiya, markazlashtirish va blokirovka
(keyinchalik-SSB) qurilmalari nosozligining oqibati bo'lsa, bu nosozlik to'g'risida 
ko'rik jurnaliga yozuv kiritiladi.
4. Poyezdni jo'natishdan oldin marshrutni tayyorlagan stansiya 
havbatchisi chiqish svetoforini (semaforini) ochadi yoki uni ochish to'g'risida ijro
postiga farmoyish beradi.
Chiqish svetofori ochilishi bilan bir paytda qo'shni stansiyaga avtomatik
ravishda poyezd jo'nagani haqida blokirovka signali uzatiladi (ijro postlari 
bo'lmagan elektrmexanik blokirovkada poyezd jo'nagani to'g'risidagi blokirovka
signali qo'shni stansiyaga alohida chiqish svetofori yopilgandan so’ng uzatiladi). 
Poyezd chiqish svetoforidan o'tgandan so'ng signal knopka (dastak) signal
yopiq holatiga keltiriladi va stansiya navbatchisi poyezdning haqiqiy jo'nagan 
vaqtini qo'shni stansiyaga telefon orqali chiqish svetofori yopilgandan so'ng
uzatiladi). aytadi. Kelish blokirovka signali mavjudligidan qat'i nazar, stansiya 
navbatchisi faqat qo'shni stansiyadan telefon orqali ilgari jo'natilgan poyezd yetib
borganligi haqida axborot olgandan so'ng chiqish svetoforini ochish huquqiga 
ega.
Ilgari jo'natilgan poyezdning yetib kelganligi haqida qo'shní stansiyadan 

xabar olmasdan turib, stansiya navbatchisiga bir yo'llik peregonlarda qarama-


qarshi yo'nalishdan kelayotgan poyezdni qabul qilish uchun rozilik blokirovka 
signalini uzatish taqiqlanadi.


5. Peregon bo'sh va marshrut to'g'ri belgilangan holatda chiqish svetofori


ajratilgan strelka uchastkasining sohta bandligi oqibatida ochilmasa, ushbu 
uchastkaning haqiqatda bo'sh ekanligiga ishonch hosil qilgan stansiya navbatchisi
poyezd dispetcherining roziligi bilan «Jo'natish marshrutlarida ajratilgan strelkali 
uchastkalarning bo'shligi nazoratini o'chirish» knopkasini (bunday knopka
mavjud stansiyalarda) bosgandan so'ng chiqish svetoforini ochish mumkin.
6. Agar chiqish svetofori ochilgandan so'ng poyezd biron sabab bilan
jo'natilmasa, stansiya navbatchisi chiqish svetoforini yopishi, bu haqda poyezdlar 
harakat jurnaliga yozuv kiritishi va poyezdning ushlanib qolishi to'g'risida go'shni
alohida punkt va poyeza dispetcheriga xabar qilishi lozim.
Ushlanib qolgan yoki shu yo'nalishda harakatlanayotgan o poyezd yopiq
chiqish svetoforida I punkti to'ldirilgan yashil blankdagi ruxsatnoma (DU-52 
shaklidagi blank 62-betda keltirilgan) bilan jo'natiladi. Qo'shni alohida punktga
poyezdning haqiqiy jo'natilgan vaqti telefon orqali xabar qilinadi. ljro postlarisiz 
elektrmexanik
blokirovkada 
ushlanib
qolgan

yoki
shu

yo'nalishda
harakatlanayotgan boshqa poyezd haqiqatda jo'nab ketgandan so'ng qo'shni 
alohida punktga blokirovka signali uzatiladi. Keyingi poyezdlar blokirovka
bo'yicha odatdagi tartibda jo'natiladi.
Blokirovkaning sozligida chiqish svetofori o'z-o'zidan (ajratilgan
seksiyaning soxta bandligi, svetofor lampasining kuyishi yoki chiqish 
svetoforining xato yopilishi oqibatida) yopilgan holatlarda ham vetakchi
lokomotivning mashinistiga ushbu Yo'riqnomani Umumiy goidalari 9-bandi 
talablariga rioya etgan holda I punkti to'ldirilgan yashil rangdagi blankada
ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank) taqdim etiladi.
Poyezd radio aloqasi qurilmalari so'zlashuvlarni avtomatik qayd etish
tizimi bilan jihozlangan stansiyalarda yashil rangdagi yozma ruxsatnoma o'rniga 
poyezd lokomotivi mashinistiga radio aloqa orqali qayd etgichda qayd etiluvchi
jo'natish buyrug'i quyidagi shaklda berilishi mumkin:
«Buyruq №____ , vaqt (soat, daqiqa)».
«№_____poyezdga______yo’ldan____asosiy yo’l bo’ylab jo’nashga va 
______stansiyasi (blok-posti) gacha harakatlanishga ruxsat beraman. Peregon
bo'sh. DSP____». 
Peregon bo'shligida chiqish svetoforini takroran ochishga imkon beruvchi
qurilmalar mavjud stansiyalarda poyezdlar qaytadan ochilgan chiqish svetofori 
bo'yicha jo'natiladi. Stansiya navbatchisi faqat poyezd dispetcherining roziligi
bilan chiqish svetoforini qaytadan ochish qurilmalaridan foydalanishi mumkin.
7. Bir yo'llik peregonni chegaralovchi stansiyada chiqish svetofori
ochilgandan so'ng poyezdni to'xtatish va ushbu peregonga qarama-qarshi 
yo'nalishda harakatlanayotgan poyezdni jo'natish zarurati tug'ilsa, yarim
avtomatik blokirovkadan foydalanish to'xtatiladi va poyezdlar harakati telefon 
aloqasi orqali o'rnatiladi. Bunday holatda qarama-qarshi yo'nalishda
harakatlanayotgan poyezdlarga peregonni band etish huquqini beruvchi yo'l 
xatlari (qog'ozlari) beriladi.
Keyinchalik peregonga avval ushlab qolingan yoki shu yo'nalishda 
harakatlanayotgan boshqa poyezd jo'natilganda yarim avtomatik blokirovkaning


amal qilishi tiklanadi, bu holatda poyezd ushbu Yo'riqnomaning 80-bandiida


ko'rsatilgan ruxsatnomalardan biriga asosan jo'natiladi.
8. Guruh chiqish svetoforlari mavjudligida poyezdlar chiqish
svetoforining ruxsat ko’rsatmasi va undagi poyezd jo'nashiga ruxsat berilgan 
yo'lning raqami yashil sonlar bilan aks etgan marshrut ko'rsatkich bo'yicha
jo'natiladi.
Guruh svetoforlarining marshrut ko'rsatkichlari nosozligida poyezdlar
stansiyadan ochiq guruh svetoforida, ushbu Yo'riqnomaning 23-bandida 
ko'rsatilgan shakldagi stansiya navbatchisining qayd etiluvchi buyrug'ini
mashinistga berib yoki lokomotiv mashinistiga ikkinchi punkti to'ldirilgan yashil 
blankdagi ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank) taqdim etilib, jo'natiladi.
Chiqish svetoforida yo'nalishning (oq rangli) marshrut ko'rsatkichi 
nosozligida poyezdlar ushbu Yo'riqnomaning 36-bandida belgilangan tartibda
jo'natiladi.
9. Agar jo'nashga tayyor poyezdning yetakchi lokomotivi rusat ko'rsatmali
chiqish svetoforidan tashqarida bo'lib, uning ko'rsatmasi mashinistga ko'rinmasa, 
poyezd stansiya navbatchisining lokomotiv mashinistiga uzatiladigan ushbu
Yo'riqnomaning 24-bandida ko'rsatilgan shakldagi qayd etiluvchi buyrug'i yoki 
Il punkti to'ldirilgan yashil blankdagi ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank)
bo'yicha jo'natiladi. 
Bunda ajratilgan strelkali uchastka nosozligida yoki jo'natilayotgan
poyezdning boshi band etganda, chiqish svetoforini ochish uchun «Jo'natish 
marshrutlarida ajratilgan strelkali uchastkalar bo'shligi nazoratini o'chirish»
knopkasidan foydalanish mumkin. 
Agar jo'natilayotgan poyezdning boshi chiqish svetoforidan tashqarida
bo'lib, svetoforni ochishning iloji bo'lmasa, blokirovka amal qilishi to'xtatiladi; 
mashinistga yo'l xati (qog'ozi) berilib, poyezd telefon aloqa vositalari orqali
jo'natiladi. Belgilangan jo'natish marshrutlari bo'Imagan yo'llardan ham 
poyezdlar shu kabi tartibda jo'natiladi.
10. Bir yo'llik va (to'g'ri yo'l bo'ylab) ikki yo'llik peregonlarda jo'natilgan 
stansiyaga peregondan qaytadigan poyezdlar yopiq chiqish svetoforida,
mashinistga yopiq chiqish svetoforidan o'tish va orqaga qaytish huquqini 
beruvchi jezl-kalit taqdim etilib, jo'natiladi.
Bunda bir yo'llik peregonlarda orqaga qaytuvchi poyezdni peregonga 
jo'natishdan avval qo'shni stansiyadan belgilangan tartibda blok-apparat bo'yicha
poyezdni jo'natishga rozilik olinishi yoki blok- tizim tegishli harakat yo'nalishiga 
o'tkazilishi lozim.
Ikki va undan ortiq o'zi yurar harakat tarkibi birligini qo'shilgan holda, 
qachonki ularni peregonda ajratilish ko'zda tutilgan bo'lsa, jezl- kalit bo'yicha
jo'natish taqiqlanadi.
11. Agar poyezd boradigan joy birinchi (harakat yo'nalishi bo'ylab) yo'l
postidan (blok-postidan) tashqarida bo'lsa, ushbu post navbatchisi oldindagi 
peregon bo'sh bo'lganda, mashinistga yopiq o'tish svetoforini bosib o'tish va
orqaga qaytish huquqini beruvchi 1 punkti to'ldirilgan yashil blankdagi 

ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank) beradi. Poyezd harakatlanish yo'lida


joylashgan boshqa blok- postlar navbatchilari ham shunday qiladilar.
Jo'natilgan stansiyaga qaytayotganda poyezd ko'rsatilgan barcha blok-
postlardan to'xtamasdan o'tadi va stansiyaga ochiq kirish svetofori yoki kirish 
svetoforining taqiq ko'rsatmasida stansiyaga kirish huquqini beruvchi
belgilangan ruxsatnoma bo'yicha qabul qilinadi.
Yo'l postlari (blok-postlar) navbatchilari barcha holatlarda go'shni alohida
punktlar navbatchilariga haqiqatda poyezdning o'tgani to'g'risida telefon orgali 
xabar qiladilar.
Poyezd stansiyaga kelganidan so'ng jezl-kalit stansiya navbatchisiga 
qaytariladi. Stansiya navbatchisi jezl-kalitni apparatga joylab, qo'shni alohida
punkt navbatchisiga poyezd qaytganlgini telefon orqali yetkazadi.
12. Jezl-kalit nosozligida, shuningdek, blok-apparat jezl-kalit bilan
jihozlanmagan holatlarda, jo'natilgan stansiyaga qaytadigan poyezd, blokirovka 
amal qilishi to'xtatilib, telefon aloqasi bo'yicha jo'natiladi.
Bunday holatda poyezdlar chiqish svetoforining taqiq ko'rsatmasida 
mashinistga yo'l xati (qog'ozi) (DU-50 shaklidagi blank 87-betda keltirilgan)
berilib jo'natiladi.
Agar ikki yo'llik peregonda poyezd boradigan manzil oldindagi blok-
postdan keyin joylashgan bo'Isa, jo'natish stansiyasi blok- postgacha yo'l xati 
(qog'ozi) beradi, blok-post navbatchisi esa postlararo peregonning bo'shligida
harakatni davom ettirishga yo'l xati (qog'ozi) beradi. Poyezd ushbu 
Yo'riqnomaning 85-bandida ko'rsatilgan tartibda orqaga qaytadi.
Poyezdlar vaziyatiga bog'liq ravishda blokirovka amal qilishi poyezd 
o'tishi kerak bo'lgan postlararo peregonlarda bir paytning o'zida barchasida yoki
avval peregon stansiyasiga tutashgan birinchi, so'ngra har bir keyingi bo'sh 
peregonda to'xtatiladi.
Poyezd peregondan qaytgandan so'ng blokirovka amal qilishi tiklanadi.
13. Qo'shni stansiyagacha boradigan suruvchi lokomotivli poyezd
blokirovkasi bo'yicha odatdagi tartibda, ushbu stansiyani suruvchi lokomotivli 
poyezd jo'natilganligi haqida telefon orqali ogoshlantirib, jo'natiladi.
Peregondan jo'natilgan stansiyaga qaytadigan suruvehi Jokomotivli 
poyezd blokirovka bo'yicha (ochiq echiqish svetoforida) io'natiladi. Suruvchi
lokomotiv mashinistiga jo'natilgan stanslyada orqaga qaytish huquqini benivehi 
jezl-kalit taqdim etiladi.
14. Jezl-kalit nosozligida, shuningdek, blok-apparat soruvchi Jokomotiv 
uchun jezl-kalit bilan jihozlanmagan holatlarda, jo'natilgan stansiyaga qaytuvchi
suruvchi lokomotivli poyezd blokirovka amal gilishi to'xtatilib, telefon aloqasi 
bo'yicha jo'natiladi, Yetakchi va suruvchi lokomotivlarning mashinistlariga yo'l
xatlari (qogʻozlari) beriladi.
Peregonda blok-postlar mavjud bo'lganda ruxsatnomalar berish va
suruvchi lokomotivni jo'natilgan stansiyaga qaytishi ushbu Yo'riqnomaning 85-
bandida ko'rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Poyezd qarshi stansiyaga
kelganligi to'g'risida xabar olinib, suruvchi lokomotiv qaytganidan so'ng, 
blokirovka amal qilishi tiklanadi.


14. Maxsus o'zi yurar harakat tarkibi peregonga (shu jumladan, orqaga


qaytadigan bo'lib) odatdagi tartibda poyezdlar singari jo'natiladi.



Download 30.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling