Yarim dudlangan kolbasalar
Download 29.08 Kb.
|
yarim dudlangan maxsulotlar
Dudlangan kolbasalar
Bu kolbasalar tayyorlash usuliga qarab xom dudlangan va qaynatib-dudlangan kolbasalarga bolinadi. Xom dudlangan kolbasalar tarkibida suv miqdori (25-30%) qaynatilgan va yarim dudlangan kolbasalarga nisbatan kam, konsistensiyasi zich va shu sababli uzoq saqlanish xususiyatiga egadir. Ular tarkibida yog (25-60%), oqsil moddalar (21-22%) kop bolganligi uchun toyimli va yuqori energiya berish qobiliyatiga egadir. Xom dudlangan kolbasalar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida oliy va 1-chi navli mol goshtlari, yogsiz va yogli chochqa goshti, chochqa toshyogi, tuz, qand, nitratlar va ziravorlar ishlatiladi. Bu kolbasalarni ishlab chiqarishning oziga xos-xususiyati shundan iboratki, tayyorlangan gosht etilishi uchun 0-20S da 3-7 sutka davomida ushlab turilib, keyin undan qiyma tayyorlanadi. Qiyma qobiqlarga joylanib zich konsistensiya berish uchun 2-40S haroratda bir hafta davomida ilgaklarga osib qoyib tindiriladi. Keyin esa 18-220S haroratda 2-3 sutka davomida sovuq dudlash usuli yordamida dudlanadi. Dudlangandan keyin esa kolbasalar tarkibida namlik 30% qolguncha 120S haroratda va havoning nisbiy namligi 65-75% bolgan sharoitda 20-25 sutka davomida quritiladi. Quritish jarayonida gosht qiymasi fermentativ jarayonlarning borishi natijasida etiladi va ular boshqa issiqlik ishlovi bermasdanoq istemolga yaroqli holga keladi. Qanday xom ashyodan tayyorlanishiga qarab xom dudlangan kolbasalar oliy va 1-chi navli boladi. Oliy navli xom dudlangan kolbasalar assortimentiga Moskovskiy, Kubanskiy, Maykopskiy, Uglichskiy, Servelat, 1-chi nav kolbasalariga esa Lyubitelskiy, Ukrainskiy kolbasalari kiradi. Moskovskiy kolbasa tarkibida 75% oliy navli mol goshti va 25 % chochqa yogi boladi. Ularning batonlari togri, ortasining ikki joyidan boglangan boladi. Servelat kolbasasi oliy navli mol goshti(25%), yogsiz chochqa goshti (25%), saryog chochqa goshtidan (25%) tayyorlanadi. Qiymasiga ziravorlardan muskat yongogi va qalampir qoshiladi. Qiymasi pushti rangda boladi. Servelat kolbasasi batonlari togri yoki sal bukik shaklida bolib, ularning uzunligi 15-50 sm ni tashkil etadi. Lyubitelskiy kolbasasi birinchi navli mol goshti (65%) bilan chochqa toshidan (35%) tayyorlanadi. Uning batonlari togri, tort joyidan boglangan boladi. Ukrainskiy kolbasa tarkibida chochqa goshti koproq va birinchi nav mol goshti kamroq. 15% chochqa toshi boladi. Bu kolbasaning batonlarining shakli xalqasimon, ortasidan bitta boglangan boladi. Qaynatib-dudlangan kolbasalar tarkibi boyicha xom dudlangan kolbasalardan deyarlik farq qilmaydi. Ularni tayyorlashning farqi shundaki, avvaliga kolbasalar 600S haroratda issiq dud bilan dudlanadi, keyin sovitilib qaynatilib-pishiriladi. Songra pishgan kolbasa ikkinchi marta 400S haroratda 1sutka davomida dudlanadi. Dudlanib bolganda keyin esa 7-12 sutka davomida quritiladi. Qaynatib-dudlangan kolbasalar tarkibida suv miqdori (43% gacha) koproq boladi, shu sababli ham ular kamroq muddat saqlanadi. Qaynatib dudlangan kolbasalar ham qanday xom ashyo ishlatilganligiga qarab oliy va 1-chi navlarga bolinadi. Oliy navli kolbasa assortimentiga Delikatesniy, Moskovskiy, Servelat, 1-chi navlariga esa Rostovskiy, Ukrainskiy, Qoy goshtli kabi kolbasa turlari kiradi. Yarim dudlangan kolbasa maxsulotlari Bo`larning tayorlash usuli va ishlatiladigan xom ashyo tarkibi qaynatma kolbasalardan Farqqiladi. Yarim dudlangan kolbasa tayyorlash jarayonida kolbasa batonlarni o`zoqroq vaqt (8- 14 soat mobaynida) tindirib qo`yiladi, sovitiladi. Sovitilgandan keyin batonlar 35-500S li Xaroratdagi tutunda 12-24 soat mobaynida dudlanadi, keyin xarorat 120S va xavosining nisbiy Namligi 70- 75 % bo`lgan kuritish kameralarda 2 sutkadan 4 sutkagacha tutib turiladi. Oliy navli yarim dudlangan kolbasalarga Poltavskiy, Armavirskiy, Krakovskiy, Kievskiy Kolbasalar, Oxotnich i kolbaski, Ukrainskiy qovurilgan, Tallinskiy, Prikarpartskiy, L vovskiy, Prima kolbasalari kiradi. Poltavskiy kolbasa 1-navli mol go`shtidan (30%) , kamyog` cho`chqa go`shtidan (30%) Va cho`chqa tushidan (40%) tayorlanadi. Kiymasining rangi -tuk-pushti, ta`mi- sal o`tkir, shurroq, sarimsoq va dud xidi kelib turadi . Batonlari -to`g`ri, jigar rang, o`rtasidan bitta boglangan bo`lib, tarkibidagi namlik- 40% bo`ladi. Armavirskiy kolbasa tarkibida kamyog` cho`chqa go`shti Poltavskiydagidan ko`ra ko`proq , 1-navli mol go`shti bilan cho`chqa tushi esa kamroq bo`ladi. Krakovskiy kolbasa tarkibi jixatdan Poltavskiyga o`xshash, lekin tarkibidagi kamyog` Cho`chqa go`shti (40%), cho`chqa go`shti (30%) o`lchami 12mm li kubiklar shaklida tugralgan Bo`ladi.
Kievskiy kolbasa faqat kamyog` va yog`siz cho`chqa cho`chqa go`shti bilan tushdan
Qilinadi. Kesilgan joyida pushtirang, cho`chqa tushi bo`lakchalari ko`rinib turadi.Juf kilib burma Bugilgan batonlarning uzunligi 20sm gacha bo`ladi. Ukrainskiy qovurilgan kolbasa faqat kamyog` cho`chqa go`shtidan kilinib, buning Yarmikiyma qilinadi, ikkinchi yarmi esa jaz kilib tugraladi. Xalkasimon shakldagi batonlarni Pechlarda bir qovurilib olinadi. Tallinnskiy kolbasa tarkibida 55% mol go`shti, 20 % kamyog` cho`chqa go`shti va 25% Cho`chqa yog`idan tayorlanadi. Batonlari-to`g`ri, pastki uchi tomonda bitta boglangan bo`ladi. 1-navli yarim dudlangan kolbasalarga – Ukrainskiy, Cho`chqa go`shtli, Minskiy, Odesskiy, Bukovinskiy, Mol go`shtli kolbasalar, kit go`shtidan kilingan – Arkticheskiy va Yujniy, Gorodskoy, Belkoviy, Moskvoretskiy kolbasalari kiradi. 1-navli kolbasalarning oliy navli yarim dudlangan kolbasalardan farki shundaki, ular 2- Navli mol go`shtidan, kamroq cho`chqa go`shti va cho`chqa tushi ishlatilib tayyorlanadi. Bu Kolbasalarning kiymasi tukroq rangda bo`ladi. Yarim dudlangan kolbasa maxsulotlarni tayerlash texnologik sxemasi Xom asheni maydalash Go`shtni tuzlash Etilish (20S, 18-48 soat) Kiyma tayerlash Aralashtirish Shpritslash Bog`lash
Tindirish (80S,2-4soat)
Qovurish(80-1000S,60-90minut) Pishirish(75-850S,60-90min) Sovutish(2-3soat) Dudlash(35-500S,12-24soat) Kuritish(120S,2-3sutka) Saqlash(120S,10sutka) Minskiy kolbasa faqat 1-navli mol go`shti (30%)bilan yog`li mol go`shtidan (68%) Qilinadi, kraxmal (2%), murch yoki qizil kalampir va sarimsoq qo`shiladi. Kolbasalarning ta`mi – Juda shur, sarimsoq va dudlanganlik xidi kelib turadi, kiymasining rangi tuk- qizil. Batonlari – To`g`ri, tepa tomondagi uchida bitta boglangan bo`ladi Download 29.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling