Yarim o’tkazgich va yarim o’tkazgichli kontakt


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana02.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1147642
  1   2   3
Bog'liq
712 SLAYD INOMOVA MAVJUDAXON



Xorijiy davlatlarning elektron 
raqamli imzo algoritmlari tahlili. 
712-21 GURUH TALABASI 
INOMOVA MAVJUDAXON 



Mavzu: Xorijiy davlatlarning elektron raqamli imzo 
algoritmlari tahlili. 
 Elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi 
mazkur elektron hujjat axborotini elektron 
raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan 
holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil 
qilingan hamda elektron raqamli imzoning 
ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi 
axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va 
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini 
identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan 
imzo. 



OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI FAN-
TEXNIKA VA MARKETING TADQIQOTLARI MARKAZIDA 2003-2009-YILLAR 
DAVOMIDA OLIB BORILGAN ILMIY-TADQIQOT ISHLARI NATIJASIDA 
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT STANDARTI OʻZ DST 1092:2005, 
OʻZ DST 1092:2009 “AXBOROT TEXNOLOGIYASI. 

Ushbu Qonun EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini yaratish, ularning 
huquqiy himoyasi va ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga 
soladi. 

Oldingi
 tahrirga qarang. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida EHM uchun yaratilgan dasturlar va 
ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi borasidagi munosabatlar 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. 

(muqaddima O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son) 


• Axborotning kriptografik muhofazasi. Elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish 
jarayonlari” [63] ishlab chiqildi. Oʻz DSt 1092:2009 standarti Oʻz DSt 1092:2005ning 
takomillashtirilgan rusumi boʻlib, ularni qisqacha Oʻz DSt 1092 deb 
belgilaymiz. Ishlab chiqishda Oʻz DSt 1092 Oʻz DSt 1092 uchun prototip sifatida AQSH standarti DSA 
tanlangan boʻlib, unda barcha oʻzgartirishlar prototip darajasida aniq va ravshan berilgan. 
Standartda imzolangan xabarni p-NEW sxemasi boʻyicha tiklash gʻoyasi va K. Shnorrning imzo 
uzunligini qisqartirishga yoʻnaltirilgan gʻoyasidan ham foydalanilgan. 
Mazkur standartni ishlab chiqish jaryonida uning mualliflari oʻz oldilariga standartning yetarli 
bardoshliligi va tezkorligini taʼminlash hamda unda xorijiy davlat standartlarida mavjud boʻlgan 
kamchiliklarni qaytarmaslik kabi maqsadlarni qoʻygan edilar. 
Maʼlumki, koʻpchilik xorijiy davlat standartlarining asosiy kamchiligi ERI soxtalashtirilgan boʻlsa, 
buni payqab olishishga oid mexanizm va maʼlumotlarning yoʻqligidir. ERIni soxtalashtirish esa 
badniyat kimsa tomonidan faktorlash, diskret logarifmlash yoki egri chiziqli diskret logarifmlash 
masalalaridan birini hal etish uchun uning vaqt va hisoblash resurslari yetarli boʻlganda amalga 
oshirilishi mumkin. Zero, kompyuter texnologiyalarining unumdorligi va murakkab hisoblash 
usullari rivoji templari yildan-yilga oʻsishi bunday murakkab hisoblash masalalarini samarali yechish 
usullari yaqin kelajakda topilmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. 



Shuni eʼtiborga olib ERIni shakllantirish jarayoniga seans kaliti 
protsedurasini kiritish bilan ERI soxtaligini aniqlashning zaxiraviy yoʻli 
belgilandi. 

Oʻz DSt 1092 standarti bardoshliligini baholash usullaridan foydalanishda 
uning DSA va GOST R 34.10–2001 standartlariga oʻxshash va oʻziga xos 
farqli tomonlarni eʼtiborga olish lozim. Oʻz DSt 1092 standartining oʻziga 
xos tomonlari uning bardoshliligini oshirishga va boshqa standartlarga xos 
kamchiliklarni yoʻqotishga yoʻnaltirilgan. 

Shu kunda mashhur boʻlgan ERI algoritmlarini quyidagi belgilar asosida 
tasnif etish mumkin: algebraik struktura, protseduralarda foydalaniladigan 
asosiy amallar, modul tipi va oʻlchamlari, daraja asosi tipi, ERI uzunligini 
qisqartirishga yondashuv, yopiq kalit shakli, ERI shakli, bardoshlilik, 
tekshirish kaliti shakli, imzo tekshirish natijasi shakli, foydalaniladigan 
protokol. 



Oʻz DSt 1092 standarti uchun bu belgilarga yana toʻrtta belgi qoʻshiladi: 
foydalaniladigan marom, birgalikdagi kalitlar tipi, soxta imzoni aniqlash kaliti 
tipi, imzoni tan olmaslik imkoniyati (agar imzo soxta, lekin uni tekshirish natijasi 
ijobiy boʻlsa). 

Quyidagi 13-jadvalda shu belgilar boʻyicha Oʻz DSt 1092 ning DSA va GOST R 
34.10-2001 bilan qiyosiy xarakteristikalari keltirilgan muammosining va birinchi 
murakkablik sathiga oid daraja parametric muammosining murakkabligiga 
asoslanadi. 

Yopiq nazorat kalitili protokol quyidagi qadamlarni oʻz tarkibiga oladi: 

muallif tomonidan (r, s, yi) shaklida ERI shakllantirish; bu yerda yi 
foydalanuvchilar jufti (i, j) uchun birgalikda maxfiy nazorat kaliti Rij asosida 
generatsiyalangan; 

(n, e, Ri) dan foydalanib “RSA tizimining analogi” da yi shifrlash va 
shifrmatnni KROMga joʻnatish, xabar M bilan (r, s, yi) ni esa qabul qiluvchi 
foydalanuvchiga joʻnatish; KROMda (n, d, Ri) dan foydalanib “RSA 
tizimining analogi” da yini tiklash va yi ni KROM maʼlumotlar bazasiga 
joylashtirish.




ERIni tekshirish bosqichida M bilan (r, s, yi) ni qabul qilgan 
foydalanuvchi (r, s) haqiqiyligini tekshiradi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling