“yarim o`tkazgichlar va dielaektriklar fizikasi”
-rasm. Zondlarning yarimыtkazgich sirtida joylashishi
Download 1.94 Mb.
|
portal.guldu.uz-YARIM O`TKAZGICHLAR VA DIELAEKTRIKLAR FIZIKASI” FANIDAN LABORATORIYA ISHLARI TO’PLAMI
3-rasm. Zondlarning yarimыtkazgich sirtida joylashishi.
(23) Bu yerda, S–zondlar orasidagi masofa. (20) ifodadan ko’rinishicha, to’rt zondli usulning kuchlanish bo’yicha sezuvchanligi namuna orqali o’tayotgan tok kattaligiga to’g’ri proportsional, zondlar orasidagi ekvivalent masofaga esa teskari proportsionaldir: (24) Binobarin, namunaning qizishi tufayli undan o’tuvchi tok kattaligini oshirish maqsadga muvofiq emas. Ushbu holda sezuvchanlikni oshirish uchun o’lchash zondlari orasidagi S2 masofani oshirish hisobiga zondlar orasidagi ekvivalent masofani kamaytirish mumkin. SHunday qilib, S1 = S3 << S2 shart bajarilganda kuchlanish o’zgarishining sezuvchanligi ikki marta ortadi. (22) va (23) ifodalar yarimcheksiz, ya’ni o’lchamlari zondlar orasidagi masofadan juda ham katta bo’lgan namunalar uchun olingan. To’rt zondli usul va (22, 23) ifodalarning ma’lum o’lchamlarga ega bo’lgan real namuna-larga qo’llanilishining chegaraviy qiymati quyidagi shart bilan ifodalanadi: L >>3S (25) Bu yerda, L – namuna chegarasidan to’rttala yoki bitta zondgacha bo’lgan masofa, S –zondlar orasidagi masofa. Yupqa yarimo’tkazgich plastinasining solishtirma qarshiligini aniqlash uchun (22) va (23) ifodalarning qo’llanilish chegarasi quyidagi shartdan aniqlanadi: W >>3S (26) Bu yerda, W-o’lchanayotgan plastina qalinligi, S-zondlar orasidagi masofa. Agar solishtirma qarshiligi aniqlanishi kerak bo’lgan yarimo’tkazgich moddaning chizig’iy o’lchamlari ko’rsatilgan shartlarni qanoatlantirmasa, ya’ni namuna o’lchamlari zondlar orasidagi masofaga yaqin bo’lsa, (22) va (23) ifodalarga tuzatish koeffitsientlari kiritiladi. SHunday qilib, tok o’tkazuvchi chegaraga ega bo’lgan va bu chegaraga perpendikulyar ravishda undan L masofada zondlar joylashgan namunalar uchun tuzatish ko’paytuvchisi f1(L/S) bo’ladi. (22) ifoda esa quyidagi ko’rinishga keladi: (27) Izolyatsiyalovchi chegaraga ega va unga perpendikulyar holda L masofada zondlari joylashgan namuna uchun esa tuzatish ko’paytuvchisi f2(L/S) bo’ladi, (23) ifoda esa quyidagi ko’rinishni oldi: (28) O’tkazuvchan chegarali va unga paralel ravishda chegaradan L masofada zondlar joylashgan namuna uchun tuzatish ko’paytuvchisi f3(L/S) bo’ladi, (23) ifoda esa quyidagi ko’ri-nishni oladi: (29) Izolyatsiyalovchi chegara va unga paralel ravishda chegaradan L masofada joylashgan zondlarga ega namuna uchun tuzatish ko’paytuvchisi f4(L/S) bo’ladi, (23) ifoda esa quyidagi ko’ri-nishni oladi: (30) Barcha ko’rib o’tilgan hollardagi tuzatish ko’paytuvchi-larining qiymatlari 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval.
Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling