Yarim o‘tkazgichli asboblar slayd


Yarim oʼtkazgichlarning elektr oʼtkazuvchanligi


Download 59.81 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi59.81 Kb.
#1408835
1   2   3   4
Bog'liq
Diyorbek

Yarim oʼtkazgichlarning elektr oʼtkazuvchanligi

Yarim oʼtkazgichlarning elektr oʼtkazuvchanligi

Yarim oʼtkazgichlarga xona haroratida nisbiy elektr qarshiligi 10-5 dan 1010 Omsm boʼlgan elementlar kiradi.

Yarim oʼtkazgichlar qarshiligi boʼyicha metall va dielektriklar oralig’ida boʼlgan elementdir. Bularga: kremniy, arsenid, galliy, selen, germaniy, oksidlar, sulfidlar, nitritlar va karbidlar kiradi.

Аtom, yadro va uning atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil topgan. Elektronlar qatlamlar koʼrinishida harakatlanadi, bu qatlamlar va yadro orasidagi masofa ularni energetik sathini koʼrsatadi. Elektronlar yadrodan qancha uzoqda boʼlsa, uning energetik sathi shuncha yuqori boʼladi.

Elektron bir energetik sathdan boshqa yuqori energetik sathga harakatlanganda energiya yutiladi, teskarisiga, yaʼni yuqori energetik sathdan pastki energetik sathga harakatlanganda esa energiya ajraladi (chiqariladi).

Energiya yutilishi va chiqarilishi jiddiy aniq boʼlaklar bilan amalga oshadi, bu boʼlaklar kvantlar deyiladi.

Har bir energetik sathda ikkitagacha elektron joylashishi mumkin. Energetik sathlar orasidagi masofa energiya ortishi bilan qisqarib boradi.

Har bir energetik sathda ikkitagacha elektron joylashishi mumkin. Energetik sathlar orasidagi masofa energiya ortishi bilan qisqarib boradi.

Energetik sathning eng yuqorisida ionlashtirish sathi turadi. Bunda elektronlar ozod boʼlib, atomdan chiqib ketadigan darajadagi energiyaga ega boʼladi.

Аtom struturasi elektronlar bilan toʼliq egallab olingan (ichki) qobiq va elektron bilan toʼlmagan (tashqi) qobiqdan tashkil topgan. Tashqi qobiq yadro bilan kuchsiz bog’langan boʼlib, boshqa atomlar bilan taʼsirga oson kirishib ketishi mumkin. Bu qobiqda joylashgan elektronlar valentli elektronlar deyiladi.

Аtomlar orasida turli xil bog’lanishlar mavjud. Yarim oʼtkazgichlar uchun koʼp tarqalgan bog’lanish turi kovalent bog’lanishdir. Kovalent bog’lanish qoʼshni atomlarning valent elektronlarini birlashishidir. Masalan, germaniyda atom toʼrtta valentli elektronga ega boʼlib, qoʼshni atomning toʼrtta elektroni bilan kovalent bog’lanadi.


а)

Download 59.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling