Yarim o‘tkazgichli asboblar


Download 147.4 Kb.
bet2/2
Sana23.01.2023
Hajmi147.4 Kb.
#1113503
1   2
Bog'liq
08. elektrolizning texnikada qollani

m = kQ
yoki
m=kIt,
bu yerda I = elektrolitdan t vaqtda oqib o‘tgan o'zgarmas tok kuchi.
Birinchi qonunning fizik ma’nosi. Birinchi qonunning fizik ma’nosini tushunish uchun elektroliz va ionli o‘tkazish mexaniz-mini batafsilroq 0‘rganamiz.
Elektrolitdan qancha ko‘p zaryad miqdori o‘tsa, shuncha ionlar elektrodlarga yetib keladi.
Musbat ionlar katodga yetib kelib o‘ziga yetmagan elektronlami oladi va neytral atomga aylanib katodga yopishib qoladi.
Manfiy ionlar esa anodga tegishi bilan ortiqcha elektronlarini berib, u ham anodga yopishib qoladi.
Elektrodlarga yopishadigan har bir ion o'zi bilan qanchadir elektr zaryadini olib keladi. Demak, barcha ionlar tashiydigan to‘la zaryad elektrodlarga yopishib qoladigan ionlar soniga, ya’ni ajraladigan modda massasiga proporsionaldir.
Elektrokimyoviy ekvivalent. m = kQ ifodadagi proporsionallik koeffitsiyenti k moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti deyiladi. U elektrolizda elektrodda ajralib chiqqan modda massasining elektrolit orqali o‘tgan zaryad miqdoriga nisbatiga tengdir.
jadval
Ba’zi moddalarning elektrokimyoviy ekvivalenti



Modda

k, 10-6 kg/C

Kumush

1,118

Vodorod

0,01045

Mis

0,3294

Rux

0,0388


Faradeyning ikkinchi qonuni. Moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti uning atom molekular) massasi A ning valentlik n ga nisbatiga to‘g‘ri proporsional:



Atom (molekular) massaning valentlikka nisbatiga kimyoviy ekvivalent deyiladi.
ifodadagi F Faradey doimiysi deyiladi. Uning fizik
ma’nosini anfqlash uchun ni m = kQ ifodaga qo‘yamiz:

Faradeyning elektroliz uchun umumlashgan qonuni deyiladi.
Faradey doimiysi elektrolizda elektrodda ajralib chiqadigan mas-sa moddaning kimyoviy ekvivalentiga teng boMishi uchun elektrolitdan o‘tishi kerak bo’lgan zaryad miqdorini ko'rsatadi.
Faradey sonining qiymati tajribada aniqlangan va F= 9,648x xlO4 C/mol.
Sof moddalarni ajratish.
Elektroliz hodisasi texnikada va sano-atda keng qo'llaniladi. Bu usul bilan toza moddalar: temir, marga-nes, xrom, mis, rux, xlor, ftor va boshqa moddalar ajratib olinadi. Masalan, toza misni mis sulfat eritmasidan (mis kuporosidan) ajratib olishdan oldin dissotsiatsiya ro‘y beradi:

CuS04 Cu +++ S04 - -


So‘ngra esa mis kationlari elektr maydoni ta’sirida katodga to-mon harakat qiladi va unda neytrallashib mis atomini hosil qiladi:
Cu++ +2e →Cu
Galvanotexnika. Metalldan yasalgan detallar va asboblarni zang-lamaydigan qoplama bilan qoplash usuli — galvanotexnika ham sa-noatda keng qo'llaniladi.
Tez oksidlanadigan metallardan yasalgan narsalarning sirti qiyin oksidlanadigan: nikel, kumush, rux va bo-shqalar bilan qoplanadi. Nikellangan buyumlar: samovar, choynak, pichoq, qoshiq, sanchqilar shu usul bilan hosil qilinadi.
Narsalarning sirtini oksidlanmaydigan metallar bilan qoplash galvanostegiya deyiladi. Bu usul eng arzon, qulay va tez bajarila-digan usuldir.
Masalan, nikel bilan qoplash kerak boMgan buyumni yaxshilab tozalab, so‘ngra elektrolitik vannaga tushiriladi. Vannaga nikelning ikkilamchi tuzining ammiakdagi eritmasi solinadi.
Anod sifatida nikel parchasi olinsa, buyum katod vazifasini o‘taydi. Ma’lum vaqt tok o‘tkazilib, nikel qatlamining kerakli qalinligi hosil qilinadi.
Buyumlarni kumush yoki oltin bilan qoplashda kumush va oltin tuzlarining eritmalaridan foydalaniladi.
Biror shaklni hosil qilish uchun buyum sirtiga metallni elektrolitik сhoktirish usuli galvanoplastika deyiladi.
Galvanoplastika 1836-yilda rus fizigi B.Yakobi tomonidan kashf etilgan bo'lib, tezda sanoatda keng qo‘llanila boshladi.
U turli barelyeflar (naqsh), haykakhalar nusxasini tayyorlash-da, kredit kartochkalari va boshqa qog‘ozlarni chiqarish uchun klishe tayyorlashda foydalaniladi.


Download 147.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling