Yarim o‘tkazgichning muhim xususiyati shundan iboratki, ularda


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana24.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1064447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Yarimo

 
 
 
 
 
 
 
 
Triodning ishlash tamoyili 
Triod [yun. tri 
— uch va (elek)trod] — termoelektron katod (bevosita yoki bilvosita 
qiziydi), boshqaruvchi toʻr va anodlardan iborat 3 elektrodli elektron lampa. Oddiy 
T.da silindrik anod (qiyin eruvchi metall 
— Ni, Mo yoki Ta dan yasaladi) ichiga 
spiralsimon toʻr (oʻsha metalldan qilinadi) joylashtiriladi. Anod va toʻrning umumiy 
oʻqiga katod (vanadiy W dan tayyorlanadi) joylashtiriladi. Vazifasiga koʻra, T.larning 
konstruksiyasi va koʻrsatkichlari qiymati turlituman, T. qabul qiluvchikuchaytiruvchi 
lampa, generator lampa sifatida ishlatiladi. T. yuqori quvvatli elektr tebranishlari 
generatorlarida, yuqori radiatsiyali va oʻzgaruvchan trali sharoitda ishlaydigan 
radiopriyomniklarda qoʻllanadi.
Ikki elektrodlielektron va yarim o‘tkazgichli asboblar 
boshqarilmaydigan asboblardandir. Ulardan o‘tayotgan to‘g’ri tok berilgan 
kuchlanishga va asbob bilan ketma-ket ulangan qarshilikni qiymatiga bog‘liq. Lekin 
elektrovakuum va yarim o‘tkazgichli asboblarga konstruktiv o‘zgartirishlar kiritib, 
ularning tokini berilgan kuchlanishga va yuklama qarshiligiga bog‘liq bo‘lmagan 
holda o‘zgartirish mumkin. Buning uchun qo‘shimcha uchinchi elektrod kiritiladi. 
Anod va katod oralig‘iga boshqaruvchi to‘r deb ataluvchi qo‘shimcha elektrod 
joylashgan elektrovakuum lampa triod deyiladi. To‘r elektronlar oqimi chiqaruvchi 
silindrsimon katodni ma’lum masofada qurshab olgan spiral shaklida yasaladi va 
uning diametri to‘r spiralining diametridan ancha katta bo‘ladi. Katodga yaqin 
joylashgan to‘r uning atrofida musbat yoki manfiy elektr maydoni hosil qiladi va 
katoddan chiqayotgan elektronlar oqimini yo kuchaytiradi yo kuchsizlantiradi. 
Anodga etib borgan elektronlar anod tokining miqdorini aniqlaydi. Shuning uchun 
to‘r potentsiali Ut asosiy anod kuchlanishi UA bilan birga anod tokining qiymatini 
boshqaruvchi qo‘shimcha kuchdir. Agar to‘r kuchlanishi UT>0 bo‘lsa, katod 
atrofidagi elektr maydonning kuchlanganligi ortib, katoddan uchub chiquvchi 
elektronlar oqimi ko‘payadi. Anod kuchlanishi Ua ortmagan holda anod toki 
qiymati ma’lum miqdorgacha ortadi. Agar to‘rga manfiy kuchlanish berilsa 
elektronlar oqimi sezilarli darajada kamayadi, bunda anod toki ham ma’lum 
miqdorgacha kamayadi. To‘r kuchlanishi ma’lum qiymatga erishganida, anod 
kuchlanishining har qanday qiymatida anod toki nolga teng bo‘lib qoladi. Bunda 
to‘rning elektr maydoni elektronlarning oqimi anodga yetmay, katodga qaytadi. 
Anod toki uzluksiz va katta tezlikda boshqarilishi mumkin. Lampadagi elektronlar 
harakatining inertsiyasi bo‘lmaydi. Shu sababli triodlar aloqa texnikasida, 
radiotexnikada va televideniyada quvvatli, yuqori chastotali signallarni 
kuchaytirish uchun keng qo‘llaniladi.



Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling