Yarim o‘tkazgichning muhim xususiyati shundan iboratki, ularda


Shottki diodining ishlash tamoyili


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana24.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1064447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Yarimo

Shottki diodining ishlash tamoyili 
Metall-yarimo'tkazgich asosidagi potensial to'siq Shottki bareri (to'sig'i), diodlar 
esa — Shottki diodi deb yuritiladi. Aytilganlardan Shottki diodlarida noasosiy 
zaryad tashuvchilarning to'planishi va chiqarib yuborilishi bilan bog'liq diffuziya 
sig'imi nolga tengligi kelib chiqadi. Natijada Shottki diodlarining tezkorligi tok va 
kuchlanishlar o'zgarganda, jumladan tok va kuchlanishlar to'g'ridan teskariga va 
aksincha o'zgarganda faqat barer sig'imning metall qarshiligi orqali qayta 
zaryadlanish vaqti bilan belgilanadi. Kichik yuzaga ega bo'lgan bunday diodlarning 
qayta ulanish vaqti nanosekundning o'nlarcha va yuzlarcha ulushlarini tashkil 
etadi. Shunga mos ishchi chastotalar 3-H5 GGs ni tashkil etadi Shottki barerli 
diodlar qayta ulanish chastotalarini o‘nlarcha GGs va undan yuqori qiymatlarga 
yetkazish, radioelektron apparatlar massa va o‘lcham]arini kichiklashtirish va 
elektr manbalar FIK ni oshirish imkonini yaratgani munosabati bilan qayta 
ulanuvchi elektr manbalarda keng ko‘lamda ishlatiladi. Shottki diodi deb potential 
bareri metall - n yarimo'tkazgich orasidagi elektr o‘tish hisobiga hosil bo'luvchi 
diodlarga aytiladi. Shottki diodi qator afzalliklarga ega. Ularning ichida eng muhimi 
— diodning yuqori tezkorligi. Ularga to ‘g‘ri siljitish berilganda elektronlarning 
metalga injeksiyasi yuz berishi va u yerda 10-I2-M0-13 sek davomida ortiqcha 
energiyasini sochishi, hamda termodinamik muvozanat holatga o'tishlari hisobiga 
yuzaga keladi. Shottki diodlarini hosil qilishda yarimo'tkazgich sifatida n — 
kremniydan, metall sifatida esa — Al, Au, Mo va boshqalardan foydalaniladi. 
Bunday diodlarda diffuziya sig'imi nolga teng, barer sig'imi esa 1 pF dan ortmaydi. 
termoelektron emissiya toki haqida ma`lumot 
Termoelektron emissiya
, Richardson effekti
— oʻtkazgichlar, qattiq va baʼzan 
suyuq jismlardan issiklik energiyasi taʼsirida elektronlarning vakuum yoki boshqa 
muxitlarga chikish hodisasi. Bu hodisa vakuumda toza metallar (W, Mo, Ta) dan 
2000
—2500 K trada va murakkab yarimutkazgichli katodlardan 1000 K trada 
kuzatiladi. Elektronlar jism sirti (emitter) dan tashqariga chiqishi uchun jism 
chegarasidagi potensial toʻsiqni yengishi zarur; past tralarda bu toʻsiqni yenga 
olmaydi. Metall qizdirilganda elektronlarning kinetik energiyasi ortib, sirtdan oʻtib, 
sirt atrofida fazoviy zaryad hosil qiladi. Fazoviy zaryadning elektr maydoni 
Termoelektron emissiya jarayonini susaytiradi. Buning oldini olish uchun fazoviy 
zaryaddan maʼlum masofada elektrod (anod)ga musbat potensial berilib, fazoviy 
zaryad tortib olinadi, yaʼni termoelektron tok hosil qilinadi. Termoelektron tok 
emitter 
— katod xossasiga, anod kuchlanishiga va traga bogʻliq. Termoelektron 
emissiya tokining maksimal toʻyinish qiymatining kuchlanishga bogʻlikligi Chayld — 
Lengmyur formulasi bilan ifodalanadi. Termoelektron emissi
ya koʻpgina 
elektrovakuum asboblar va ion asboblar ishlashining asosi hisoblanadi. Uni dastlab 
1900
—01 yillarda O.U. Richardson oʻrgangan. Richardson — Deshman formulasi 
yarimoʻtkazgichli emitterlar uchun ham oʻrinli, ammo bunda Termoelektron 
emissiya hodisasining mohiyati metallarnikidan farq qiladi. Termoelektron emissiya 
katodlar ishlab chiqarish, elektrovakuum va gazrazryad qurilmalarning asosini 
tashkil etadi. 



Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling