Ярим ўтказгичли диодлар ва уларнинг турлари
Stabilitronlar 2. Stabilitronlar
Download 441.93 Kb.
|
Muhlisa yarim o\'tkazgichli diodlar
2. Stabilitronlar2. StabilitronlarStabilitron - yarim oʻtkazgichli diod boʻlib, uning ishlash prinsipi r-n oʻtishga teskari kuchlanish berilganda elektr teshilish sohasida tokning keskin ortishi kuchlanishning uncha katta boʻlmagan oʻzgarishiga olib kelishiga asoslangan. Stabilitronning shartli belgisi 1.b –rasmda keltirilgan. Stabilitron sxemalarda kuchlanishni barqarorlash uchun ishlatiladi.Stabilitronning asosiy parametri boʻlib, tokning IST.min dan IST.max gacha keng oʻzgarish oraligʻida barqarorlash kuchlanishi UST hisoblanadi (1 a- rasm).Stabilitron VAX sidagi ishchi soha elektr teshilish sohasida joylashadi. Barqarorlash kuchlanishi diod bazasidagi kiritma konsentratsiyasi bilan aniqlanadigan r-n oʻtishga bogʻliq. Agar yuqori konsentratsiyaga ega boʻlgan yarim oʻtkazgich qoʻllanilsa, u holda r-n oʻtish tor boʻladi va tunnel teshilish kuzatiladi. UST ishchi kuchlanishi 3-4 V dan oshmaydi.Yuqori voltli stabilitronlar keng r-n oʻtishga ega boʻlishi kerak, shuning uchun ular kuchsiz legirlangan kremniy asosida yasaladilar. Ularda koʻchkisimon teshilish sodir boʻladi, barqarorlash kuchlanishi esa 7 V dan ortmaydi. UST 3 dan 7 V gacha boʻlgan oraliqda teshilishning ikkala mexanizmi ishlaydi. Sanoatda barqarorlash kuchlanishi 3 dan 400 V gacha boʻlgan stabilitronlar ishlab chiqariladi.Stabilizatorning elektr teshilish sohasidagi differensial qarshiligi barqarorlash darajasini xarakterlaydi. Bu qarshilik qiymati dioddagi kichik kuchlanish o’zgarish qiymatining diod toki o’zgarishiga nisbati bilan aniqlanadi (1-rasm). qiymati qancha kichik bo’lsa, barqarorlash shuncha yaxshi bo’ladi. Stabilizatorning asosiy parametri bo’lib barqarorlash kuchlanishning temperature koeffitsenti(KTK) xisoblanadi. KTK- bu temperature bir gradusga o’zgarganda barqarorlashning nisbiy o’zgarishi. Ko’chlisimon teshilish kuzatiladigan kichik voltli stabilizatorlar odatda musbat KTKga ega. KTK qiymati odatda 0,2-0,4% ̸grad dan oshmaydi.Download 441.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling