Ярим ўтказгичли диодлар ва уларнинг турлари
Download 441.93 Kb.
|
Muhlisa yarim o\'tkazgichli diodlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yorugʻlik diodlari optik aloqa liniyalari, indikator qurilmalar, optoparalar va x.z.larda qoʻllaniladi.
Yorugʻlik diodi – bu elektr energiyasini nokogerent yorugʻlik nuriga aylantiradigan, bitta r-n oʻtishga ega boʻlgan yarim oʻtkazgichli asbob. Yorugʻlik nuri elektron – kovak juftlarining rekombinatsiyasi natijasida yuzaga keladi. Rekombinatsiya, r-n oʻtish toʻgʻri ulanganda kuzatiladi. Rekombinatsiya doim ham nurlatuvchi boʻlavermaydi va toʻgʻri zonali yarim oʻtkazgichlarda, jumladan galliy arsenidida sodir boʻladi. Bunday yarim oʻtkazgichlar spetsifik xona diagrammasiga ega boʻladilar.Nurlanayotgan yorugʻlik toʻlqin uzunligi kvant energiyasi bilan aniqlanadi. U esa nurlanuvchi rekombinatsiyada yarim oʻtkazgichning taʼqiqlangan zona kengligiga deyarli teng boʻladi. Galliy arsenididan tayyorlangan yorugʻlik diodlari uchun = 0,9-1,4 mkm. Qizil, sariq va yashil rang nurlatuvchi diodlar galliy fosfati, siyoxrang nurlatuvchi diodlar esa– kremniy karbidi asosida yasaladilar va x.z.Nurlanayotgan yorugʻlik toʻlqin uzunligi kvant energiyasi bilan aniqlanadi. U esa nurlanuvchi rekombinatsiyada yarim oʻtkazgichning taʼqiqlangan zona kengligiga deyarli teng boʻladi. Galliy arsenididan tayyorlangan yorugʻlik diodlari uchun = 0,9-1,4 mkm. Qizil, sariq va yashil rang nurlatuvchi diodlar galliy fosfati, siyoxrang nurlatuvchi diodlar esa– kremniy karbidi asosida yasaladilar va x.z.Yorugʻlik diodining energetik xarakteristikasi boʻlib kvant chiqishi (effektivligi) hisoblanadi. U zanjir boʻylab oʻtayotgan har bir elektronga yorugʻlik diodi chiqishida qancha yorugʻlik kvanti mos kelishini koʻrsatadi. Zamonaviy yorugʻlik diodlari uchun kvant chiqishi 0,01-0,04 ni, ikki va uch yarim oʻtkazgichli birikmalardan yasalgan geterooʻtishli yorugʻlik diodlarida esa ancha katta (0,3 gacha) boʻladi. Lekin doim birdan kichik boʻladi. Volt – amper xarakteristikasi oddiy diodniki kabi eksponensial bogʻliqlik bilan ifodalanadi. Yorugʻlik diodi 10-7-10-9 s da qayta ulanadi, yaʼni yuqori tezlikda ishlovchi yorugʻlik manbai hisoblanadi.Yorugʻlik diodlari optik aloqa liniyalari, indikator qurilmalar, optoparalar va x.z.larda qoʻllaniladi.Download 441.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling