Yarimo’tkazgichlarning yana bir muhim xususiyati ular elektrik o’tkazuvchanligining temperaturaga o’ta sezgirligidir


Download 1.45 Mb.
bet14/63
Sana05.01.2022
Hajmi1.45 Mb.
#221024
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63
Bog'liq
яримутказгич ва диэлектрик (1)

Signetoelektriklar

Signetoelektriklar muayyan temperaturalar oralig’ida tashqi ta’sirlar ostida muhim darajada o’zgaradigan spontan (o’z - o’zidan) qutblanishli kristalsimon dielektriklardir. Signetoelektrik hossalar birinchi marta (1920) signet tuzi NaC4 H4 4H2O kristallarida kuzatilgan, xozir bir necha yuz signetoelektrik moddalar ma’lum. Signetoelektrik xossalar paydo bo’lishi uchun kristall tuzilishda inversiya markazi bo’lmasligi va hech bo’lmaganida bitta noekvivalent yo’nalish bo’lishligi zarur. P’ezoelektrik xossalari mavjud bo’lgan kristallarning 20 ta nuqtaviy guruhlaridan 10 tasi ikkinchi shartni qanoatlantiradi. Demak, signetoelektrik modda p’ezoelektrik bo’lishi kerak, ammo har qanday p’ezoelektrik ham signetoelektrik bo’la olmaydi. Signetoelektriklarni ba’zan ferroelektriklar deyiladi. Buning sababi shuki, ferromagnetiklardagi domenlar kabi signetoelektriklarda ham domentlarning - katta spontan (o’z - o’zidan) qutblangan sohalarining (tashqi elektrik bo’lmagan maydon bo’lmaganida ham elektr dipollar tartiblangan katta

elektrik momentlari bo’lgan sohalarining) bo’lishligidir. Signetoelektriklar uchun maxsus yuqori nuqtalari deb ataladigan Ts temperaturalarmavjud. Bu temperaturadan yuqori temperaturada segnetoelektrik holat (domen) buziladi, chunki bu holda issiqlik tebranishlari amplitudasi elektrik dipollar taribli joylashishiga yo’l bermaslik darajasida kattayib qoladi. Past temperaturada signetoelektrik bo’lgan qattiq jism Kyuri nuqtasi Ts dan yuqori nuqtada χ = S/ (T- Ts) qabulchanlikka ega bo’lgan piraelektrik bo’lib qoladi. (1 - jadval)

1- Jadval.


Modda

Kimyoviy

ifodasi


с1 K

Кл / м2 s1



Bariy titanati

BaTiO3

393

2.6 10-1 (300 K)

Stronstiy titanati

Sr Ti O3

32

3.0 10-2 (4.2 K)

Kaliy niobati

KnbO3

710

3.0 10-1 (600 K)

Ammoniy

sulfati


(4 )2 S4

223

4.5 10-3 (220 K)

Signet tuzi


аС446  42



296

(yuqorisi) 255

(pastkisi)




2.5 10-3 (275 K)

Jadvalning oxirgi ustunidagi Rs kattalik Kl/ m2 birliklarda spontan (o’z - o’zidan) hajmiy qutblanishni ifodalaydi. Ba TiO3 ning spontan (o’z - o’zidan) qutblanishi kelib chiqishini ko’raylik. Bu birkma perovskit tuzilishiga ega (15- r). Ba TiO3 ning panjarasi Ts q 393 K dan yuqorida kubsimon shaklda bo’ladi, signetoelektrik xolatga o’tishda kubdan tetragonal chetlanishlar paydo bo’ladi.Ts dan past temperaturada elementar yacheykada o’zgarishlar ro’y beradi: u bir o’q yo’nalishi bo’ylab 1 % qadar cho’ziladi, bu yo’nalishga tik o’qlar bo’ylab taxminan 0.5 % qadar qisiladi. Bariy va Titanning barcha kationlari panjarasi kislorod anionlari panjarasiga nisbatan s o’q bo’ylab yuqoriga yoki pastka siljiydi, bu esa kristall energiyasini pasaytiradi. SHu ikki panjaralarning o’zaro siljishi taxminan 0.1 Ǻ ga teng bo’lib, katta hajmiy qutblanish vujudga kelishligi uchun yetarlidir.




5-rasm. Bariy titani Ba TiO3 ning tuzilishi
Tetragonal signetoelektrik Ba TiO3 kristallarda Rs panjarachalar nisbiy siljishi yo’nalishiga bog’liq ravishda , yo “yuqoriga” yoki “pastga” siljiydi. Titan (yoki bariy) har bir ioni kristall panjarasida energiyasi eng kichik bo’ladigan ikkita vaziyatga ega , ularni energetik to’siq bir – biridan ajratib turadi. Ts dan yuqori temperaturalarda bu to’siq yo’q bo’ladi. Turli signetoelektrik moddalar guruhlari uchun ularning tabiati turlicha tushuntiriladi, ammo barcha tushuntirishlar kristall energiyasining ionlar vaziyatiga bog’lanishi ikki minimumli egri chiziq ko’rinishida bo’ladi, deydi.

Yuqorida aytilganidek, Ts dan yuqori temperaturalarda signetoelektrikning spontan qutblanganligi yo’q bo’ladi, ammo qattiq jism juda katta dielektrik doimiyga ega bo’ladi. Masalan: Ba TiO3 dan tayyorlangan keramikada ε to 6000 gacha yetadi. Ts temperaturadan pastda signetoelektriklar statik qutblanishi boshqa ilmiy maqsadlarda ishlatiladi. Qutblangan signetoelektrikli kondentsator mikrofoni talabgorlari ko’p. Ba TiO3 va boshqalar lazer nurini optik (quvur) ichak ichida ham, tashqarisida ham modullash va og’dirish uchun qo’llaniladi.





    1. Download 1.45 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling